Тузувчи : Файзуллаева Н


-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi



Download 6,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/288
Sana31.03.2022
Hajmi6,61 Mb.
#521402
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   288
Bog'liq
Макроиқтисодиёт Янги УМК. 2021-2022

 
11.1-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi 
Davlat xarajatlari daromadga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas miqdor bo’lganda t qanchalik 
katta bo’lsa T chizig’i shuncha tik va iqttisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi ham 
shunchalik yuqori bo’ladi. Ammo iqtisodiy o’sishning ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini 
yotiqroq bo’lishini taqozo etadi. 
O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YAMM hajmini , uning potensial hajmi 
darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday 
darajasida mavjud bo’lishi mumkin. 
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal’ siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining 
tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) 
va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi. 
Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik 
farqi sifatida baholanadi. 
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 
1. Pul-kredit emissiyasi; 
2. Davlat zayomlarini chiqarish; 
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko’paytirish. 


121 
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul massasini 
ko’paytirish inflyatsiyaga olib keladi. 
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo’ladi. YA’ni, soliq 
to’lovchilar tomonidan davlatga to’laydigan soliqlar to’lovini atayin kechiktirish hollari yuzaga 
keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi tufayli davlat 
xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to’lovlarni 
kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib 
qo’yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi. 
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali moliyalashtirilsa, ular 
sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o’z navbatida foiz stavkasini ko’tarilishiga olib 
kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari,sof eksport hajmi va qisman iste’mol xarajatlari 
kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro’y beradi va u fiskal siyosatning 
rag’batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo’yadi. 
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul hisoblansada 
inflyatsiya xavfini ma’lum muddatga kechiktiradi xolos. CHunki muddati yetgan zayomlarni 
sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko’paytiradi. Bu esa o’z navbatida, baholar 
darajasining ko’tarishiga sabab bo’ladi. Soliq tushumlarini ko’paytirish byudjet taqchilligini 
moliyalashtirishning uchinchi yo’li bo’lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq islohati 
o’tkazilishini talab etadi. Bu islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, 
soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan ko’proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar 
zimmasiga o’tkazish orqali soliqlar tushumini ko’paytirishni ko’zda tutadi. 
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag’larini olib qo’yish 
va davlat qarzlarini to’lash kiradi. 
Davlat qarzlarini to’lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, 
baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli byudjetdagi ortiqcha 
mablag’larni muzlatib qo’yish byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyatsion 
usulidir. 
Hududlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirilishi, 
xorijiy investitsiyalarni faol jalb etilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini 
rag’batlantirilishi 2016 yilda Davlat byudjeti daromadlar qismi prognozini 101,3%ga bajarish 
imkonini berdi. 
Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq ma’murchiligini 
takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarning davom ettirilishi va iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy 
siljishlar natijasida iqtisodiyotdagi soliq yuki YAIMga nisbatan 2015 yildagi 21,3%dan 20,6%ga 
pasaydi. 
Davlat byudjeti daromadlar qismining ijrosi 2016 yilda quyidagicha tuzilishga ega buldi: 
• 
Davlat byudjeti daromadlar qismida to’g’ri soliqlar ulushi 2015 yildagi 24,1%dan 
24,0%gacha yoki YAIMga nisbatan mos ravishda 5,1%dan 4,8%gacha kamaydi; 
• 
egri soliqlar hamda resurs soliqlari va to’lovlar ulushi byudjet daromadlari tarkibiy 
tuzilishida 2015 yildagi 65,8%dan 34,4%gacha yoki YAIMga nisbatan 14%dan 13,3%gacha 
kamaydi. 

Download 6,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish