4-Mavzu: Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi.
Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X
Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа mа`nаviyat аsоslаri
Reja;
1.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi, xususiyatlari va tizimi.
2.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlari tizimi.
3.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining vakolati.
1.Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi davlat organlari tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tashkil qilishda namoyon bo`ladi va jamiyatda ijtimoiy boshharuvning tarkibiy hismi bo`ladi..
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini shakllantirish orqali davlat o`zining ekologik vakolatini va ekologik siyosatini amalga oshiradi. Ushbu boshqarishni tasgkil etish asosida inson atrof muhitni yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadlari turadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi orqali davlat tabiiy resurslarining miqdori sifatida tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etish maqsadida ularni tassaruf etish huquqini amalga oshirishadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat organlarining tabiiy resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo`yicha ijro etrish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.
Davlat boshqaruvi organlarining ijroiya faoliyati ushbu ijroiya hokimiyatiga taalluqliligidan kelib chiqib, qonun va vakillik organlarining qarorlarini amalgam oshirishga qaratilgan.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi ularning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy ko`rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish beriish faoliyati atrof tabiiy resurslar to`g`risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi qo`yidagi tamoyillarga asoslangan:
-Boshqarishning qonuniylikka asoslanishi;
-Tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirishga, ya’ni, ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, ham har bir tabiiy resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishning ta’minlanishiga qaratiladi.
-Ekologiya sohalarini hal qilishda har tomonlama yondoshishga, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishda respublika xalq xo`jaligi va aholini tabiiy resurslarga bo`lgan ehtiyojlarini hondirishni ta'minlash.
-Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda tabiiy resurslardan foydalanish va nazorat qilishni ajratish, ya’ni ekologiya sohasida tabiiy resurslardan foydalanuvchilar nazorat qilish vakolatiga ega bo`lmasligida, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarini shallantirish hamda ularni faoliyatlarini tashkil qilishda foydalanish va nazorat qilish vakolatlarini tartibga solishda ifodalanadi.Masalan , oh va suv xo`jaligi vazirligi huzurida O`rmon xo`jaligi bosh boshharmasi o`rmondan foydalanishni tashkil hiluvchi davlat organidir va uning korxona ,tashkilotlari, o`rmon xo`jaliklari o`rmondan asosiy foydalanuvchilar bo`lib hisoblanadi.Shuning uchun ushbu organ o`rmondan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib borish vakolatiga ega emas.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi ma’lum bir shakllarda va usullarda amalga oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo`lib, huquq ijod qilish, ijroiya va huquqni muhofaza qilish faoliyati hisoblanadi.Ijroiya organlari huquq ijod qilish yo`li bilan qabul hilingan mе'yoriy hujjatlarida qonunlarda bеlgilangan qoidalarnil yanada rivojlantirib, ijtimoiy munosabatlarni batafsil tartibga soluvchi mе'yorlarni bеlgilaydi. Masalan, Yer to`g`risidagi kodеksning va “Davlat Yer kadastiri to`g`risida”gi qonunning qoidalaril O`zbyokiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 y.31 dеkabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat Yer kadastrini yuritish to`g`risida”gi Nizom va O`zbyokiston Rеspublikasi Yer rеsurslari davlat qo`mitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gеodеziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshharmasi tomonidan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 1999 y.27 mayda 736-son bilan davlat ro`yxatiga olingan “Yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga olish tartibi to`g`risida”gi Yo`riqnoma bilan tartibga solinadi.
Davlat boshqaruvi organlarining ijroiya faoliyati qonun hujjatlarini amalga oshirish bo`yicha amaliy faoliyati hisoblanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari huquqni muhofaza qilish faoliyati orqali tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari buzilgan taqdirda aybdor shaxslarni jinoiy, ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortish masalasi huquqni muhofaza qilish organlari yoki u ishlaydigan tashkilotning ma’muriyati oldiga qo`yiladi, agar ekologik nazorat organlari ma’muriy javobgarlikka tortish huquqiga ega bo `lsalar, ushbu masalani hal qiladilar, sud organlarida atrof tabiiy muhitga etkazilgan zararni undirish bo`yicha da’vo arizalarni qo`zg`atadilar, tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat boshqaruvi organlari boshqarish uslublarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar sub’ektlariga davlat ta’sir ko`rsatish usullarini qo`llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, majburiy ko`rsatmalar berish kiradi.
Davlat boshqaruvining ruxsat berish uslubi asosan tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda qo`llaniladi.Tabiiy resurslardan maxsus foydalanish faqat vakolatli davlat organlarining ruxsati asosida vujudga keladi.
Rozilik berish (sanksiyalash) uslubi deb davlat organlarining foydalanuvchilar tomonidan tayyorlangan me’yorlarni hamda foydalanishga oid boshqa qoida va tartiblarni tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi.
Masalan, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash bo`yicha yo`l qo`yiladigan doiradagi normativlarni tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangandan so`ng, mazkur zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash mumkin. (, Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunning 8-moddasi), yoki qishloq xo`jalik korxonalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan ichki yer tuzilish sxemalariga muvofiq yerdan foydalanishni amalgam oshiradilar (Yer kodeksining 13-moddasi).
Ekologiya sohasida boshqaruvni taqiqlash uslubi atrof-muhitni muhofaza qilishni tashkil etishda keng qo`llaniladi va tabiiy resursdan foydalanish yoki tabiiy hududlarda ma’lum bir faoliyatni amalga oshirishni taqiqlash orqali man etishda ifodalanadi.Masalan,suvdan umumiy foydalanishning turi bo`lgan cho`milish aholini xavfsizligini ta'minlash maqsadida ma'lum suv ob'еktlarida man etilishi mumkin yoki suv muhofaza zonalarida daraxt va butazorlarni kеsish,yoqilhi va moy quyish shaxobchalarini joylashtirish va ishlatish,zaharli ximikatlarni ho`llash,chorvachilik fYermalarini joylashtirish va boshhalar tahihlanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshharuv organlarining vakolat doirasida qabul hilingan qarorlari ekologik munosabatlar sub'еktlariga nisbatan majburiy hisoblanadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari qonun hujjatlariga muvofiq, ma’lum vakolatlarni amalga oshiradilar. Ushbu vakolatlar qo`yidagilardan iborat:
Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha me’yoriy hujjatlarni qabul qilish; atrof tabiiy muhitni muhofazasini ta’minlovchi me’yorlarni belgilash, ekologik standartlash, ekologik sertifikatsiyalash; tabiiy resurslarning davlat hisobini va davlat kadastrlarini yuritish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalashtirish; tabiiy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash; tabiiy resurslarni hududiy joylashtirish; ekologik nazoratni amalgam oshirish; nizolarni hal qilish.
2. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlarning doirasi kengdir.O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalgam oshiradigan organlar umumiy va maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlariga bo`linadi.
Maxsus vakolatga ega bo`lgan organlar o`z navbatida, tarmoqlararo va bir tarmoqqa oid turlarga bo`linadi.
Umumiy vakolatga ega bo`lgan organlarga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyat organlari kiradi.
Ekologiya sohasida davlat boshharuvida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari O`zbyokiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida (98mod),O`zbyokiston Rеspublikasining 1993 yil 6 may “Vazirlar Mahkamasi to`g`risida”gi qonunini 9,10,11,12,20-moddalarida hamda tabiiy rеsurslar to`g`risidagi qonunlarning tngishli moddalarida bеlgilanan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo`yicha normativ hujjatlar (qaror, nizom, qoida va tartiblar) qabul qiladi: Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi; tabiiy resurslardan foydalanish uchun soliq va to`lovlar miqdorini belgilaydi;atrof tabiiy muhit monitoringgi, tabiiy resurslar davlat kadastrlarini yuritilishini tashkil etadi; maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.Davlat ekologik nazoratini tashkil etadi; yer uchastkalariga egalik qilishga , foydalanishga, shu jumladan ijaraga beradi, yer uchastkalariga bo`lgan huquqini bekor qiladi;yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beradi va uni bekor qiladi, yer osti boyliklardan foydalanishni litsenziyalash tizimini tashkil etadi; umum tarqalgan foydali qazilmalar ro`yxatini belgilaydi; ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi; tabiiy ofatlar va yerik avariyalar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarni amalgam oshiradi; ekologiya sohasida xalqaro aloqalarni o`rnatadi va rivojlantiradi.
Ekologiya sohasida davlat boshharuvida mahalliy davlat hokimiyat organlarining vakkolatlari Konstitutsiyada (100),o`zbyokiston Rеspublikasining 1993 y.3 sеntyabr “Mahalliy davlat hokimiyat organlari to`g`risida ”gi qonunda (10,24,25- moddalari), “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunda (10- modda) va tabiiy rеsurslar to`g`risidagi qonunlarning tеgishli moddalarida bеlgilangan.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o`z hududlarida ekologiya sohasida davlat boshharuvining quyidagi vakolatlarini amalga oshiradilar:mintaqada tabiatni muhofaza qilishning asosiy yunalishlarini bеlgilaydilar,tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning hududiy dasturlarini bеlgilaydilar;atrof tabiiy hududlarga zarar еtkazayotgan ob'еktlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to`xtatish va qayta ixtisoslashtirish to`g`risida qarorlar qabul qiladilar; foydalanishni tashkil qilish maqsadida tabiiy rеsurslarni taqsimilaydilar va shunday foydalanish huquqlarini bеkor qiladilar;atrof-tabiiy muhit monitoringi tabiiy rеsurslar davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etadilar;tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyati asosan ekologik munosabatlarni tartibga solish bilan bog`liq bo`lganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb nomlanadilar.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organlari ichida markaziy o`rinni O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi egallaydi. O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo`ysunadi va unga hisobdordir.Tabiatni muhofaza qilish davlat ho`mitasi Majlisining 1996 y.26 aprеldagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofih tabiatni muhofaza qilish, tabiiy rеsurslardan foydalanish va qayta taqsimlash sohasida davlat nazoratini hamda tarmohlararo boshharuvni amalga oshiruvchi,idoralardan ustun turuvchi hamda muvofihlashtiruvchi maxsus vakolatli organlardir.
O`zbekiston Respublikasi Er resurslari davlat qo`mitasi 1998 yil 24 iyuldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tashkil etilgan. Ushbu organ er monitoringi, davlat er kadastrini yuritadi; er uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`exatiga oladi, er resurslarini davlat hisobini olib boradi,erdan oqilona foydalanish vf uni muhofaza etilishi ustidan davlat nazoratini olib boradi; er tuzish ishlarini tashkil etadi va boshqa vakolatlarni amalgam oshiradi.
Geodeziya,kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi shaharlar va boshqa aholi punktlarida yuridik va jismoniy shaxslarning erga bo`lgan huquqlarini davlat ro`yxatga oladi va davlat er kadastrini yuritadi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qumitasi shaxslarda erlarni foydalanishga ajratib berishda va erlardan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi.
O`zbekiston Respublikasi Geologiya va meniral resurslar davlat qo`mitasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 9 dekabrdagi 435-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 7 fefraldagi Farmoniga muvofiq, foydali qazilmalarni qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog`liq bo`lmagan er inshoatlarining qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish hujjatlarini beradi; er osti boyliklaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi.
O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligu va uning organlari davlat suv hisobini va davlat suv kadastrini er osti suvlarining iste`mol qilish qismida yuritadi, suvdan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi, suvdan limitli foydalanish bo`yicha shartnomalar tuzadi;sun`ie suv havzalaridan va kanallardan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi.
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ichimlik suvlarning ifloslanishi ustidan sanitary nazoratini, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta`sir ko`rsatilishi ustidan davlat nazoratini olib boradi.
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati avtotransportlar tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi ustidan davlat nazoratini olib boradi.
O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligu huzurida O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 7 fefraldagi Farmoniga muvofiq, o`rmon xo`jaligini yuritishning davlat boshqaruvini amalgam oshiradi.
3. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolatlari deganda, ularning shu sohadagi faoliyatlarining alohida turlari tushunilishi lozim.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari qo`yidagi vakolatlarni amalga oshiradilar.
Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo`yicha me’yoriy hujjatlarni qabul qilish yo`li bilan davlat organlari qonun va hukumat qarorlaridagi qoidalarni ya’nada rivojlantiruvchi va detallashtirilgan idoraviy normativ hujjatlar qabul qiladilar.Masalan, O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida yer solig`iga oid me’yorlar kiritilgan va uning 99-moddasiga muvofiq, yer solig`i stavkalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.Bundan tashqari, yer solig`ni hisoblash va undirish bo`yicha munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi davlat qo`mitasi tamonidan 1997 yil 28 noyabrda tasdiqlangan va Adliya vazirligiga 4-noyabr 1998 yil 401-1 raqami bilan davlat ro`yxatiga olingan.,,Yer solig`ini hisoblash va to`lash tartibi to`g`risida”gi yo`riqnoma bilan tartibga solinadi. Idoraviy me’yoriy hujjatlar asosida me’yoriy hujjatlarda texnik va tabiiy fanlar talabini kiritish lozim bo`lganda qabul qilinadi. Bunday yo`riqnomalar geologiya va konlardan foydalanish sohasida ko`p qabul qilingan.
Davlat organlari atrof tabiiy muhitining muhofazasini ta’minlovchi normativlarni qabul qiladilar. Bularga: suvda ifloslantiruvchi moddalarning yo`l quyiladigan darajada to`planishi atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologic organizmlarning yo`l qo`iladigan darajada to`planishi, fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvshi va boshqa zararli ta’sirlar ko`rsatishning yo`l qo`yiladigan darajalar kiradi.
Ekologik standartlash orqali asosan ishlab chiqarish mahsulotlarining ekologik talablar javob berishi belgilanadi. O`zbekiston Respublikasining, Standartlash to`g`risida”gi qonunning 8-moddasida tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va Sog`liqni saqlash vazirligi standartlash organlari sifatida belgilangan va ular ekologik standartlashni amalgam oshiradilar.
O`zbekiston Respublikasining, “Sertifikatsiylash to`g`risida”gi va, “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunlariga muvofiq, ekologik sertifikatsiylash ser- tifikatsiya qilinadigan mahsulotni belgilangan ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash bo`yicha faoliyatdir. Ushbu qonunning 5-moddasiga muvofiq, ekologiya sohasidagi davlat organlarini va boshqa yuridik shaxslar ekologik sertifikatsiya qilish uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbekiston Respublikasining standartlash metroligiya va sertifikatsiya markazi organlarida akkreditatsiyadan o`tadilar, ya’ni ushbu faoliyatni amalga oshirish bo`yicha ruxsat beriladi.
Tabiiy ob’eklar to`g`risida ma’lumot yig`ish maqsadida davlat organlari ularning davlat hisobini amalga oshiradilar. Ushbu vakolatlar orqali tabiiy ob’eklarning son va sifat ko`rsatgichlari, ya’ni ularning miqdori, tarqalganligi, joylashgan joyi va boshqa tavsiflar aniqlanadi.
Tabiiy resurslar davlat kadastrlarini yuritishdan maqsad tabiiy ob’eklar haqida to`g`ri va to`liq ma’lumotlarni olish, ularning holatini aniqlashdan iborat. Tabiiy ob’eklarning miqdori va sifati, ularning huquqiy, tabiiy, xo`jalik holati, foydalanish darajasi to`g`risidagi ma’lumotlar tizimi tabiiy ob’ektlar kadastrlar deb nomlanadi.
Tabiiy ob'еktning kadastri shu tabiiy rеsursni idora etuvchi maxsus davlat organoari tomonidan yuritiladi va davlat byudjеti mablag`laridan moliyalashtiriladi.
Davlat kadastrlarini yuritishda tabiiy rеsurslardan foydalanuvchilardan olinadigan ma'lumotlarga asoslanadi,masalan Yer egalari va Yerdlan foydalanuvchilar Yerdan foydalanishdagi o`zgarishlar to`g`risida davlat organlariga ma'lumot berishlari lozim.
Tabiiy rеsurslarni oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ishlari rеspublika xalh xo`jaligi,viloyatlar,tumanlar,shaharlar va boshha aholi punktlarinining rivojlantirish istihbollarini bеlgilash chohida umumiy vakolatga ega bo`lgan organlar tomonidan rеjalashtiriladi.
Tabiiy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash bu valokatli organlarning davlat mulki bo`lgan tabiiy resurslarni davlat nomidan tasarruf etib, ulardan foydalanishni tashkil etishdan iborat. Yer uchastkalarini egalikka foydalanishga va ijaraga berish to`g`risidagi qarorlarni O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 4-7, 23-moddalariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat organlari qabul qiladilar. Suvlardan maxsus foydalanish bo`yicha ruxsatnomalar tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi organlari tomonidan beriladi. O`rmonlardan foydalanish huquqi ega o`rmon xojaligi davlat organlari yoki ular kafolat bergan o`rmon xo`jaligi korxona, muassasa va tashkilotlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida vujudga keladi.
Ekologik nazorat vakolati tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza etilishi ustidan ko`zatuv va tekshiruvlar orqali amalgam oshiriladi. Ekologik nazoratni umumiy va maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlari olib boradilar. Bugungi kunda ekologik nazorat to`g`risida me’yoriy hujjat bo`lmasa ham, uni amalga oshiradigan organlarning vakolatlari ,,Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunda, Yer kodeksida tabiiy resurslar to`g`risidagi boshqa qonunlarda hamda tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, yer resurslari davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash Vazirligi, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi to`g`risidagi nomzodlarda o`z aksini topgan.
Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish chog`ida foydalanuvchilar davlat organlari va boshha shaxslar o`rtasida kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda davlat organlari qatnashadilar.
Аdаbiyotlаr.
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000.
2.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi qonun.O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m.
3.”Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m.
4.O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m.
16.Natsionalny doklad «O sostoyanii okrujayushey sred i ispolzovanii prirodnx resursov Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000.
5.Karimov I.A.Islohotlar strategiyasi –mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir.O’zR Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni.
6.Xolmshminov J.,Xayitboev E.”Ekologik xavfsizlik:ekologik huquqiy ta‘lim va tarbiya masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003.
7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992.
8.Ayubov U.T.Lishenie,ogranichenie i priostanovlenie prav svyazannx s prirodopolzovaniem.Ekologicheskiy vestnik Uzbekistana.1996 g.№3,26-28 str.
9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999.
9.Yerofeev B.B.Ekologicheskoe pravo.M.,1998.
Do'stlaringiz bilan baham: |