Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq ekologik huquqiy munosabatlar;
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog`liq ekologik huquqiy munosabatlar;
Aholining ekologik havfsizligini ta’minlash bog`liq ekologik huquqiy munosabatlar;
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish - jamiyatda yer, yer osti boyliklari, suv, o`rmon, hayvonot va o`simlik dunyosi hamda atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hosilalar va ekologik komplekslarni saqlash, qayta tiklash, atrof muhitning biologic xilma-xilligini ta’minlash bilan bog`liq qoida-talab, chora-tadbirlarning yig`indisi hisoblanadi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari, qoida-talablari muhofaza ahamiyatidagi ijtimoiy ekologik munosabatlarni tartibga soladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish-jamiyatning ehtiyojlarini qondirijsh maqsadida yer, yer osti boyliklari, suv resurslari, hayvonot va o`simlik dunyosi hamda atmosfera havosidan foydalanishga qaratilgan ilmiy jihatdan davlat dastur va rejalari, qonunchilik hujjatlari qoida-talablari yig`indisidan iboratdir.
Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog`liq umummajburiy qonunchilik hujjatlari qoida-talablari foydalanish ahamiyatidagi, ijtimoiy ekologik munosabatlarni tartibga soladi.
Aholining ekologik havfsizligini ta’minlash - antropogen ta’sirlar natijasida paydo bo`ladigan ekologik vaziyati va ofati mintaqalarida barqaror tabiiy muhitni saqlash, aholining hayoti va sog`lig`iga ta’sir ko`rsatuvchi ekologik havfli va zararli ta’sirlarni oldini olish bilan bog`liq keng qamrovli chora-tadbirlar tizimidan iborat.
Ekologik havfsizlik o`n yillar davomida respublikamiz hududida tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik va tabiatni muhofaza qilish qoida talablariga amal qilmaslik sharoitida xalq xo`jaligi sohalarida olib borilgan ishlab chiqarish jarayoni natijasida yuzaga keidi.
Ekologik havfsizlik- tabiat-jamiyat tizimining barqaror holati bo`lib, bunda atrof tabiiy muhit, tabiiy resurslar holati, jamiyat hayoti vainson sog`lig`ga havfli ta’sirlarni oldini olishni ko`zda tutadi.
Ekologik havfsizlikni ta`minlash bilan bog`liq huquqiy munosabatlar tizimi- ftrof tabiiy barqarorligi, aholining sog`lig`iga havfli ta’sir etuvchi omilarni kamaytirish, oldini olish, cheklash va bartaraf etishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy sohadagi quyidagi chora-tadbirlarni o`z ichiga oladi;
-ekologik havfki hudud, ekologiya ofati mintaqalarini aniqkash;
-ekologik ekspertezani joriy etish;
-ekologik havfli va zararli ishlab chiqarish ob`ektlarini pasportlashtirish;
-havfli va zararli ishlab chiqarish turlari faoliyatiga ruxsatnomalar berish;
-tabiiy ofat, sel, toshqin va texnogen avariyalarni aniqlash, oldini olish;
-aholining ekologik- huquqiy madaniyatini oshirish;
-aholining sanitariya- gigiena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar.Usbu tavsiflangan ekologik huquqiy munosabatlar davlat ekologik siyosatining asosiy yunalishlarini tashkil etadi.
Ekologiya huquqi-huquq tizimining alohida sohasi sifatida ijtimoiy huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini o`rganish vatartibga solishni qamrab oluvchi o`z predmetiga egadir.
Ekologiya huquqining predmeti- atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlash jarayonida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tomondan tartibga solishdan iboratdir.
4. Har bir fan sohasi, shu jumladan ekologiya huquqi fani ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida o`z yo`nalishlari, ya'ni tamoyillarga ega bo`lib, o`z navbatida har bir fan sohasining maqsad va vazifalaridan kеlib chiqadi.
Ekologiya huquqining tamoyillari- tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro munosabatlar yo`nalishi, chegaralarini belgilab berishda ekologik-huquqiy mexanizmning barqarorligini kafolatlashda va qonunchilik qoida-talablarining ekologik munosabarlarni tartibga solish tartibini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Ekologiya huquqining tamoyillarining asosiy vazifasi tabiiy qonuniyatlarning ustivorligini tan olgan holda jamiyat a’zolarining tabiatga bo`lgan xatti-harakatlarini ilmiy asoslangan holda ilmiy yo`naltirishdan iboratdir.
Tabiyat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar juda xilma-xil va murarrab bo`lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini qo`yidagi tizimga bo`lishimiz mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |