5-Mavzu; Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning huquqiy holati.
Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X
Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа mа`nаviyat аsоslаri
REJA:
1.Ekologik nazoratning tushunchasi, maqsad va vazifasi.
2.Ekologik ekspertizaning tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari.
3.Ekologik ekspertiza tizimi.
Ekologiya nazorati-atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik havfsizlikni ta’minlash qoida talablarini barcha vazirlik, davlat qo`mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o`rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo`llash bilan bog`liq siyosiy huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar yig`indisini o`z ichiga oladi.
Ekologik nazoratning asosiy maqsadi atrof tabiiy muhit barqarorligini saqlashdan iborat bo`lib, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borilishini taqozo etdi.
Ekologik nazoratning vazifalari;
-atrof tabiiy muhit holatini hamda xo`jalik yuritish va boshqa faoliyat ta’siri ostida unga bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatib boorish
-atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni sog`lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajarilishini tekshirish.
Ekologik nazorati murakkab jarayonni o`z ichiga oladi va turli xil chora tadbirlar tizimini amalgam oshiriladi:
-atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni kuzatish,axborot jamlanmasini shakllantirish;
-atrof tabiiy muhit holatiga antropogen ta`sirlarni o`rganish;
- ishlab chiqarish va xo`jalik yuritish jarayoning barcha jabhalarida ekologik qonunchilik qoida-talablariga rioya etilishini tekshirish;
- ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatini amalgam oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik chora- tadbirlarning belgilangan amalgam oshirilishini tekshirish;
-tabiiy resurslardan foydalanish bo`yicha ruxsatnomalar berish;
-‘kologik qoida talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash, ogohlantirish, javobgarlikka tortish;
-aholi orasida ekologik qonunchilik qoida-talablarni targ`ib va tashviqot qilish va boshqalar.
Ekologiya nazorati bilan bog`liq murakkab faoliyatini olib borshda ekologiya nazorati sub’ektlari tomonidan quyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy usullar qo`llaniladi.
1. Kuzatish- atrof tabiiy muhitda bo`ladigan o`zgarishlarni o`rganish va ma’lumotlarni to`plash.
2. Umumlashtirish- atrof tabiiy muhit holatiga zararli va havfli ta’sirlarni aniqlash, tahlil qilish asosida ma’lumotlarni tasniflash.
3. Baholash-antropogen faoliyat ishlarining zararli, havfli va noqonuniyligini aniqlash.
4. Ruxsatnoma berish-yuridik va jismoniy shaxslarga yer, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosidan foydalanish uchun litsenziya berish.
5. Ogohlantirish, cheklash va to`xtatish-ekologik havfli va zararli xo`jalik va boshqa faoliyatni cheklash, vaqtincha to`xtatib qo`yish va bekor qilish.
6. Javobgarlikka tortish-ekologik qoida talablarini buzgan, yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy javobgarlik choralarini qo`llash.
Ekologiya nazorati ekologik-huquqiy mexanizmning muhim tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy muhit barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
2. Ekologiya nazorati tizimi O`zbekiston Respublikasi ,,Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunning 29-moddasiga asosan quyidagi tarribiy qismlardan iborat:
1)Atrof tabiiy muhit holatini kuzatib boorish davlat xizmati;
2)Davlat ekologiya nazorati;
3)Idoraviy ekologiya nazorati;
4)Ishlab chiqarish ekologiya nazorati;
5)Jamoatchilik ekologiya nazorati;
Do'stlaringiz bilan baham: |