Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа mа`nаviyat аsоslаri


Ekologiya sohasida jamoat nazorati



Download 451,5 Kb.
bet12/20
Sana04.04.2023
Hajmi451,5 Kb.
#924730
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Ekologiya huquqi

Ekologiya sohasida jamoat nazorati –jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari, siyosiy partiyalar, turli uyushms va jamiyatlar, fuqarolar tomonidan amalgam oshiriladi.
3. Ekologik ekspertiza- ekologik huquqiy mexanizmning tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy muhitning barqarorligini saqlash, tabiiy boyliklardan unumli va samarali foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.
Ekologik ekspertizaning huquqiy holati konstitutsiyaviy qoidalarda, O`zbekiston Respublikasi ,,Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi, ,, Ekologik ekspertiza to`g`risidagi qonunlarda, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining ekologik ekspertizani o`tkazish tartibi to`g`risidagi me’yoriy hujjatlarida belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi, Ekologik ekspertiza to`g`risida”gi qonunning 3-moddasiga asosan ekologik ekspertiza qo`yidagi maqsadlarda o`tkaziladi;
-mo`ljallanayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatni amalgam oshirish to`g`risida qaror qabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
-atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning etarliligi va asosliligini aniqlash;
-rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa hil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog`ligiga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin bo`lsa, bunday faoliyatning ekologik havfsizlik darajasini aniqlash.
Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va aholining hayoti va sog`lig`iga havfli va zararli ishlab chiqarish va xo`jalik ob’ektlarining ta’sirlarini oldini olish, bartaraf etish bilan bog`liq preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Ekspertiza ob’ekti sifatida qaraliyotgan loyihalarga baho berishda atrof tabiiy muhit barqarorligi, aholining hayoti va sog`lig`iga ta’sir ko`rsatuvchi omillarga e’tibor berish ustunligini ko`zda tutadi.
Navbatdagi tamoyil ham ekologik ekspertizasining o`ziga xos tamoyillardan biri bo`lib, har bir xo`jalik va ishlab chiqarish ob’ekti belgilangan tartibda o`tkazilgan ekspertiza xulosasi asosidagini ekologik jihatidan havflilik darajasi aniqlanadi.
Ekspertiza natijalari to`g`ri, oqilona bo`lishi uchun biologiy kimyoviy, fizikaviy, texnologik, demografik, agro-ekologlik, iqtisodiy va boshqa jabhalardagi bilimlarni jamlagan holda keng qamrovli ijodiy mehnat mahsuli bo`lishi va tekshirilayotgan ob’ektga nisbatan real, ob’ektiv xulosa berish mumkin.
Ekologik ekspertiza jarayonida turli shakldagi qo`yidagi usullardan foydalangan holda ko`zda tutgan maqsadga erisqiladi.
-ma’lumotlar to`plash- ekspertizadan o`tayotgan muayan ob’ektga tetishli bol`gan barcha axborot ma’lumotlarni yig`ish va to`plash;
-umumlashtirish-ob’ekt haqidagi to`plangan iqtisodiy, texnologik, ekologlik, gidrologik, kimyoviy va boshqa ma’lumotlarni o`z yo`nalishlari bo`yicha ma’lum tizimga keltirish;
-tahlil qilish- umumlashgan ma’lumotlar bankini o`z yo`nalishi va hususiyatlari bo`yicha alohida o`rganish, tasniflash;
-baholash- ekspertiza o`tkazilayotgandan ob’ekt yo`nalishlari, bo`limlari, tashkil etuvchi qismlari bo`yicha havfli va zararlik darajasini aniqlash;
-xulosa berish- ekspertiza o`tkazilayotgandan ob’ektning ekologik jihatidan zararli yoki zararsiz, havfli yoki havfsiz, ekologik qioda talablariga mosligi yoki ushbu ushbu qoidalarga zid ekanligi haqida yakuniy, adolatli, ob’ektiv xulosaga kelish.
4. Tabiat-jamiyat tizimida ekologik ekspertizaning bir necha turlari, yani ijtimoiy-iqtisodiy ekspertiza, siyosiy-huquqiy ekspertiza, ilmiy-texnikaviy ekspertiza, sanitariya-ekologiya ekspertiza, jamoatchilik ekologiya ekspertizalari qo`llanishi mumkin.
Amaldagi qonunchilik hujjatlarida ekologik ekspertizaning ixcham tizimi e’tirof etiladi.
O`zbekiston Respublikasi, Ekologik ekspertiza to`g`risida”gi qonunning 4-moddasida ekologik ekspertiza qo`yidagi tizimi belgilangan: ,,Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalgam oshiriladi”.
,, Ekologik ekspertiza to`g`risida”gi qonun 2000 yil 7-iyun qabul qilingan..
Shuni alohida ta’kidlab o`tish kerakki, ekologik ekspertiza tizimining poydevorini davlat ekologik ekspertizasi tashkil etadi.
Davlat ekologik ekspertizasini O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi olib boradi va asosiy vakolatlarga ega hisoblanadi.
-davlat ekologik ekspertizasini tayinlaydi va o`tkazadi;
-ekologik ekspertizasiga tetishli bo`lgan me’yoriy –texnik, huquqiy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqaradi va tasdiqlaydi;
-ekologik ekspertizasi komissiyasi, uning a’zolari va ekspertlar guruhini tuzadi;
-davlat ekologik ekspertizasi xulosalari talablarni bajarilishini nazorat qiladi va xokozo.
Ekologik qonunchilik hujjatlarida ekspertiza o`tkazilishi shart bo`lgan ob’ektlar belgilangan bo`lib, ular jumlasiga;
-davlat dasturlarining, konsepsiyalarining ichlab chiqarish kuchlarini, ijtimoiy va iqtisodiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarini ajratish materiallari;
-loyiha oldi va loyiha hujjatlari;
-tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog`liq xo`jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi me’yoriy-texnik va yo`riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari;
-texnik, texnalogiya, materiallar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar.
-atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar hayoti vasohg`lig`iga zararli va havfli ta’sir ko`rsatuvchi ishlab chiqarish jarayonini amalgam oshirayotgan barcha turdagi korxonalar.
-shahar soliq hujjatlarining barcha turlari;
-maxsus huquqiy rejali ob’ektlar va boshqa ob’ektlar.
Ushbu ob’ektlarga nisbatan davlat ekologik ekspertizasini o`tkazish majburiy hisoblanadi, va mulkchilik shakli hamda ma’muriy bo`ysunishidan qat’iy nazar hech bir ob’ektga bu borada imtiyoz berilmaydi.
Davlat ekologik ekspertizasining sub’ektlari bo`lib odatda buyurtmachi, pudratchi, iste’molchi hisoblanadi. Buyurtmachi ekspertizasini tayinlash, tashkil etish huquqiga ega bo`lgan maxsus vakolatli organdir.
Pudratchi- muayan ob’ektni ekspertiza qiladigan tashkilot, bular qatorda ilmiy-tadqiqot institutlari, korxona yoki maxsus komissiya, ekspertlar guruhi bo`lishi mumkin. Iste’molchi bo`lib, ekologik ekspertizasi hisoblangan korxona, tashkilot, muassasa hisoblanadi.
Davlat ekologik ekspertizasi jarayoni har bir ob’ektning hajmi va o`ziga xos xususiyatlariga k`ora bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi.
1)tayinlash- ob’ektga nisbatan ekologik ekspertiza tayinlash va maxsus komissiya, ekspertlar guruhitizimi;
2)ob’ekt haqida ma’lumotlarni to`plash, umumlashtirish va baho berish bosqichi;
3)ob’ektning ekologik qoida-talablariga mos yoki zid ekanligi haqida xulosa tayyorlash va uni tasdiqlash;
4)ob’ekt haqidagi xulosani bank muassasalariga yuborish;
5)davlat ekologik ekspertizasi xulosasi yuzasidan nizolarni hal etish.
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi muhim ahamiyatga ega bo`lib ob’ekt haqida salbiy xulosa berilgan taqdirda, bank muassasalari ushbu ob’ektni moliyalashtirmaydi va faoliyat bekor bo`lishi mumkin.
Jamoatchilik ekologik ekspertizasi-nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar tomonidan amalgam oshirilib, rejalashtirilayotgan, amal qilinayotgan turli ob’ektlar yuzasidan o`tkazilishi mumkin.
Jamoatchilik ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o`tkazganligidan qat’iy nazar amalga oshiriladi.
Ekologik audit-ekologik auditorlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o`tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sir ko`rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir.
Ekologik audit davlat ekologik ekspertizasidan farqli ravishda xo`jalik va ishlab chiqarish ob’ekti mulkdorining qaroriga binoan o`tkaziladi.
Ekologik ekspertiza muhim va murakkab jarayon bo`lib, atrof tabiiy muhitni barqarorligini saqlash, tabiatdan samarali foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlardan iboratdir.



Download 451,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish