Tushuntirish-izoh yozuvi



Download 0,94 Mb.
bet7/8
Sana09.02.2017
Hajmi0,94 Mb.
#2133
1   2   3   4   5   6   7   8
> javobi uchun esa ball qo’ymang.

Agar 50 dan ortiq ball to’plagan bo’lsangiz, siz uchun sabrli va o’zini tutib tura oladigan insonga aylanish qiyin kechadi. Hamisha e’tibor berishga arzimaydigan narsalarga ham jahlingiz chiqadi. Qaysidir ma’noda hatto jahlingizni chiqarish uchun bahona ham izlaysiz, tez qiziqasiz va o’zingizni yo’qotib qo’yasiz. Faqat sizdagina emas, atrofingizdagi insonlarni ham asab tizimi borligini unutib qo’ymang.

Agar 13-49 oralig’ida ball to’plagan bo’lsangiz, siz yoqimsiz xislarni yengib o’tish uchun keragicha chidamlisiz, ularni tezda unutib yuborish qo’lingizdan keladi.

Agar balingiz 12 dankam bo’lsa, siz o’ta xotirjamsiz. Hayotga real qaraysiz, sizni tushkunlikka tushurish oson emas.



Xo’sh talabalar hamma o’zining xislatlarini bilib bo’ldimi?. Talabalar: ha juda qiziqarli ekan, to’ppa – to’g’ri chiqdi. Muslima opa mavzuni yakunladi va dars so’ngida yana bir bor davomad qildi. Keyin savol-javob o’tkazdi va bugungi ma’ruza mavzuyimiz hammaga tushunarlimi deb so’radi. Tushunmagan joylarini bemalol so’rashlaringiz mumkin, dedi. Savollar yo’q hammasi tushunarli degan javob olgandan so’ng hammaga o’qishlariga omad tilab tabassum bilan talabalar xayrlashdi.

Suvning umumiy kimyoviy tarkibiga “Veen diagrammasi” ni qo’llash.



Kislorod-juda kuchli oksidlovchidir u o'z navbatida tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibini shakllanishida juda muhim rol o'ynaydi. U yuqori ximik aktivlikka ega bo'lib toza holatda eng ko'p atmosferada uchraydi, suvda esa fotosintez orqali va yer qa'rida bioximik yo'l hamda atmosfera orqali kirishi bilan hosil bo'ladi.Kislorod organik moddalarni oksidlashda hamda organizmlarning nafas olish jarayonida sarflanadi.




Barcha tabiiy suvlarda u yoki bu gazlar erigan bo'ladilar. Yеr usti suvlarida eng ko'p miqdorda erigan gazlar qatoriga kislorodni (О2) uglerod ikki oksidi (СО2) va yer osti suvlarida esa vodorod sulfidi (Н2S) hamda metan (СН4) kiradi. Ammo barcha suvlarda u yoki bu miqdorda azot ham uchraydi (N2).





Metan gazi (СН4)- rangsiz va hidsiz gaz bo'lib kelib chiqishi bioximik bo'lmaganligi uchun suvda erimaydi. Toza holatda botqoqlikda uchrab u o'simlik qoldiqlarining chirishi natijasida hosil bo'ladi. Etan, propan va butanlar o'z holicha hosil bo'lmasdan, balki metanning gomogollaridir. Ular neft konlarida metan gazining sheriklari bo'lib, uning 20-25% tashkil etadi. Umuman ular yer osti suvlarida ham juda oz miqdorda, ya'ni 1 litrda bir necha o'n milligramni tashkil etib asosan neft-gaz qatlamlari bor joyda uchraydi.




Muammoli o'qitish usuli qo'llanilmagan.

Suvga ishlov berish va sifatini nazorat qilish” mavzusi

bo’yicha o’qitish metodikasi.
Tashkiliy qism.

Dars boshlandi. Auditoriyadagi talabalar hurmat ila o’qituvchi bilan salomlashishdi va o'quv qurollarini tayyorlab nigohlarini o'qituvchiga qaratishdi.

O’qituvchi talabalarning kiyinish madaniyatiga, o'quv qurollarining tayyorligiga nazar tashlab qo'ydi. Bir-ikki talabaga mavsumga mos holda kiyinish zarurligini uqtirib o'tdi. Kiyinish madaniyati haqida biroz to’xtalib, ya’ni ta’lim maskaniga mos libosda bo’lishlari lozimligi haqida aytib o’tdi. Keyin talabalarga xos did bilan kiyingan a'lo o'qiydigan talabalarga qarab mamnuniyat bilan quyidagi so'zlarni aytdi. Ta’lim – bu bilim olish, bilim olish- o’qish, o’qish esa o’rganish va takrorlashdir.

Kimki dilda tarbiyani olsa bisyor,

Aql yo’lidan borib yashar baxtiyor.

Aqlsizlik boshlar kishini jar tomon,

Va uqubat yo’lin aylar ixtiyor.

Tarbiya, ta’lim, taqlid, tadqiqot, tahlil, taftish, tergash va tanqid bo’lmagan joyda yuksalish ham bo’lmaydi – dedi jiddiy ohangda. Sizlar musichaning muloyimligini, musichaning ziyrakligini va burgutning o’tkir zehnini qo’shib, sokin nigohli, ziyrak va zehnli inson bo’ling. Zehn-ziyraklilar aql zakovatining o’tkir nigohi bilan, gapining ma’nosi, yurish-turishi va ko’zlarining harakatidan odamlarning pok yoki qora niyatini sezadi. Ularga g’alaba hamisha hamroh, xavf-xatar va ziddiyatlar yiroq bo’ladi. Guruhdagi talabalarning ko'pchiligi ularga havas bilan qarab qo'yishdi.



O'qitivchi ikki daqiqalar mobaynida doska oldidan auditoriya o'rtasidagi yo'lakcha bo'ylab oxirgi partagacha bordi, talabalarning xatti-harakatlarini kuzatdi va doskaning oldiga qaytib keldi. Darsda telefon apparatlarini ovozsiz rejimga qo'yib, telefonda iloji bo'lsa gaplashmaslikni va atrofdagilarning diqqatini tortmaslikni talab qildi. Shundan keyin davomatni jurnalga qayd qildi. Auditoriyada talabalar ko'p bo'lganligi bois, o'qituvchi guruh sardoriga murojat qilib, auditoriyada yo’q talabalarning ism-familyalarini va ularning kelmaslik sabablarini aytib berishni so'radi, so'ng ma'lumotlarni jurnaliga qayd qilib qo’ydi. Shu vaqtda Durdona ismli talaba darsga kirishga ruxsat so’radi. Uzr domla yo’l tirbant ekan shunga; Nega kech qolib yuribsiz? Tong soat beshda yorishadiku. Axir shunday hikmatli gaplarimni tinglamay qoldingizda –deb kulib qo’ydilar. Har doim ta’kidlayman darsga kech qolmanglar deb, “yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi”dedilar. Keyin doskaga mavzuni va rajasini yozib, qani hamma daftariga bugungi mavzuni yozsinchi. Talabalar bugun biz faqat darslik bilan ishlaymiz. Hech qanday texnik vositalar bilan ishlamaymiz. Biz darsga an’anviy usul bilan yondoshamiz. Sizlarga mavzuni tushuntirib borayotganimda, sizlar o’zingizga notanish bo’lgan tayanch so’zlarni daftaringizga qayd qilib borasiz. Dars so’ngida tushunmagan joylarini so’raysiz dedilar
Asosiy qism.
O’qituvchi avval dars materiallarini o’zaki aytib, tushuntirib berdi, kerakli joylarini aytib yozdirdi va darsni diqqat bilan tinglab kuzatib borishlarini ta'kidladi. O’qituvchi mavzuni birinchi qismini juda ham aniq tushunarli tarzda tushuntirdi va talabalar ham diqqat bilan tinglashdi. So’ng talabalarni “aqliy hujumga” tortish maqsadida savollar berdi . Xo’sh talabalar yurtimizda hozirgi kunga kelib qanday ustivor ekologik muammolar mavjud ekan? T alabalar bitta bitta turib javob berishdi. Suv muammosi, atmosfera havosining ifloslanishi, aholining o’sishi hisobiga yerlarning kamayib ketishi, o’simlik, hayvonot olamining yo’qolib borishi, aholining salomatligi. To’g’ri, siz bular qatoriga chuchuk suv muammosini kiritmadingiz. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suvning miqdori atigi 3% ni tashkil qiladi. Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo’lgan talabi ortib bormoqda. O’qituvchi talabalar bilan savol-javob o’tqazib turgan vaqtda, Sanjar ismli bolani telefonda gaplashayotganini ko’rib qoldilar va dedi; miyangni aql zakovatga, yuragingni mehr- muhabbatga, ikkala qo’ling risqu-ro’z beruvchi mehnatga, ikkala oyog’ingni fidoyilik yo’liga, ikkala ko’zingni orzu-havas bilan saodatli kelajakni ko’rishga, ikkala qulog’ingni haqiqat va adolatga boshlovchi yaxshilikni tinglashga, tilingni donolarning ma’noga to’la qimmatli so’zlariga, tanangni doimo zafarga eltuvchi harakatga va barcha borligingni tarbiya-ta’limni hamda kasb-hunarni ijro etuvchi sidqidillikka safarbar qilgin” dedilar. Bu gaplarimdan o’zing xulosa chiqargin. Bu gaplardan so’ng Sanjarning yuzi sholg’omdek qizarib ketdi va talabalar ham ziyrak tortib qoldilar.

So’ngra ma’ruzaning ikkinchi rejasini ham tushuntirdi, ham doskaga reaksiyalarni yozib bordi. Guruh sardori Hilolani imlab chaqirdi va ma’ruzalar matnidan aytib turib yozdirishni tayinladilar. O’qituvchining o’zi esa partalarni aylanib, kim yozmasdan o’tirganini, talabalarning darsga qay tarzda yondoshayotganini tekshirib chiqdi. Raxmat qizim. O’tiring.

Aziz talabalar: po’latni qancha olovda toblab, bosqonda qayta –qayta ishlov berilsa, shunchalik mustahkam va o’tkir bo’lganidek, sizlarni tarbiyalashda ham butun kuch- g’ayratimiz va mahoratimizni ishga solib, kunlik qat’iy reja asosida sizlarni turmush tashvishi va mashaqqatlarga chidamli qilib tarbiyalasak va aql, bilim, odobni qalbingizga singdira olsak, shundagina siz har qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga erishasiz” dedilar. Keyin o’qituvchi talabalarni besh guruhga bo’ldilar va “bo’merang texnologiyasi” ni qo’llashni lozim deb topdilar. Guruhdan bir kishi o’rnidan turib javob beradilar, siz faqat mavzudan olgan tushunchalaringizni dafraringizga yozing. Sizlarga yeti minut vaqt beraman va sizlarning javobingizni o’zim umumlashtiraman. Darsga chekinish hosil qildi.

Chekinish.

Bumerang texnologiyasi”


O’qituvchi vazifalarni bo’lib berdilar.

1-chi guruhga; ozonlash qanday generetorlarda amalga oshirilar ekan, va uning sarfichi?

2-chi guruhga; suvlarni yumshatish haqida qanday tushunchalarga ega bo’ldingiz?

3-chi guruhga; suvlarni tuzsizlantirishga qanaqa uaullar qo’llanilar ekan?

4-chi guruhga; sizlarga ham xuddi shunga o’xshash savol beraman ya’ni suvni temirsizlantirish usullari.

5- chi guruhga; sizlarga biologik tozalash usuli.

Bu vaqt oralig’ida talabalar ishladilar, o’qituvchi esa kitobini ochib o’qib biroz hordiq chiqardi. Ma’lum vaqtdan so’ng tayyorlanib bo’ldingizmi? Men sizlarga tik turib ma’ruza o’qidim endi sizlar menga ma’ruza o’qiysiz ekanda; deb kulib qo’ydilar.

1-chi guruh: bu jarayon ozon gеnеratorlarida, naychali ozonatorlarda amalga oshiriladi. Tozalanayotgan suv ozon bilan absorbеrlarda aralashtirilar ekan. Bu jarayon 5-20 min. davom etadi. Ozonning sarfi 0,6-4 mg/l ga tеng bo’larkan.

2-chi guruh: yumshatish jarayonini jadallashtirish uchun suv 35-40oC-gacha isitiladi va ph-ko'rsatkichi ma'lum darajada saqlab turiladi.Tеrmokimyoviy yumshatish suvni bug' qozonlarga tayyorlashda qo'llaniladi. Bu usulda suv 100o C-gacha qizdirilib ohak bilan soda yoki ishqor bilan soda ishlatilar ekan. Yuqori tеmpеraturaning ta'sirida suvdagi zarrachlar yiriklashib cho'kmaga tushadi. Bunda koagulyantlar ishlatilmaykan.

3-chi guruh: suvni tuzsizlantirishda quyidagi usullar qo'llaniladi: suvni bug'lantirib bug'ni kondеnsatsiya qilish, ion almashish, elеktrodializ. Suvni avval distillyatsiya qilib kеyinchali bug'ni kondеnsatsiyalash jarayoni ko'p bosqichli bug'lantiruvchilarda olib bеriladi. Bug'lantiruvchining birinchi bosqichida o'tkir bug' sovitilib kondеnsatsiyalashadi va tuzsizlangan suvni hosil qiladi.

4-chi guruh: suvni tеmirsizlantirish uchun quyidagi usullar qo'llanilar ekan: aeratsiyalash va filtrlash; koagullash, tindirish va filtrlash; ohaklash, tindirish va filtrlash; xlorlash, ohaklash va filtrlash. Tеmir birikmalari ko'pincha yеr osti suvlarda mavjud bo'lib, ular aeratsiya usuli bilan tozalanarkan.

5- chi guruh: biologik tozalashdan so'ng suvni chuqur dеzinfеktsiya qilish uchun xlorlash, ozonlash va ultrabinafsha nurlari bilan zararsizlantirish jarayonlari qo'llanilarkan. Aerob biologik tozalashda esa tabiiy va sun'iy sharoitda olib borilishi mumkin ekan. Tabiiy sharoitda esa oqova suv sug'orish dalalarida yoki filtrlash dalalarida tozalanadi.

Raxmat talabalar meni juda xursand qildingiz. Barcha guruhimizning javoblari menga ma’qul bo’ldi. Talabalar yodingizdan chiqmasin har doim, har qanday usul bilan tozalaganimizda suvdagi qoldiq xlor 0,5 mg/l bo'lganda zararsizlantirish samarasi 100 %-gacha bo'lishi mumkin.


Keyin o’qituvchi mavzuning uchinchi rejasini tushuntirdilar va mavzu orasida doska bilan ishladi ya’ni “klaster” usulidan foydalandi.
Klaster” usuli.

mis


tеmir



rux




og'ir mеtallar




xrom




Suvlar tarkibidagi zaharli elеmеntlar


nikеl




surma





qo'rg'oshin




bor



mishyak

alyuminiy




Suvlardagi kislota, ishqor, qo’rg’oshin, mis, simob, molibden, rux va shu kabi boshqa metallar, yiliga korxonalar hisobidan suvga oqib ketayotgan ming-ming tonnalab qimmatli metallar bilan bir qatorda tabiat in’omi – suv tarkibining ham o’zgarib boryotganligini tushuntirib berdi.

Mamlakatimizda yirik kimyo korxonalarida oqava suvlardan tuz, metall, kislota, ishqor va boshqa moddalarni tutib qoluvchi filtrlar, katalitik moslamalar, apparat, yondirish pechlari ishga tushirilib katta muammolarning oldini olish yo’lga qo’yilgani: yana metanol va glikollarni ushlab qoluvchi qurilmalar ishga tushishi bilan suv havzalari zararli moddalar ta’siridan halos qilinganini aytib o'tdi.

Hozirda kam suv ishlatuvchi texnologik jarayonlarni ishga solish, oqova suvlarni toza saqlagan holda ulardan ko’p sikllarda foydalanish yo’llari ishlab chiqilgan. Oqova suvlar alohida tozalash kolonnalariga yuboriladi. Ulardan tuzlar, sement shixtasi komponentlari va boshqa mahsulotlar olinyotgani, bu ishlar korxonaga yiliga millionlab iqtisodiy samara berayotganini ko’rishimiz mumkinligini gapirib berdi.

Yakuniy qism.
O’qituvchi darsni yakunladi va dars so’ngida yana bir bor davomad qildi. Keyin savol-javob o’tkazdi va bugungi ma’ruza mavzuyimiz hammaga tushunarlimi deb so’radi. Tushunmagan joylarini bemalol so’rashlariz mumkin, dedi. Savollar yo’q hammasi tushunarli degan javob olgandan so’ng o’qituvchi bu dars semestrdagi oxirgi dars ekanligini aytib, endi hamma 2-oraliq nazoratga tayyorlanib kelishsin, dedi va va uni bajarish tartibini tushuntirib o’tdi. Amaliyot darsida ham faol qatnashing. Men amaliyot ustozingizdan olgan ballaringizni nazorat qilib turaman. Darsda davomat yaxshi bo’lsin. Ma’ruzani daftaringizga qayd qilib boring. Daftaringizni ko’rib, baho chiqaraman. Oraliq nazorat vaqtida sizlarga tayyor shpargalka bo’ladi deb kuldilar. So’ng talabalar bilan xayrlashib auditoriyani tark etdi.
Muammoli o'qitish usuli qo'llanilmagan.
Bitiruv malaka ishining mavzusi aynan "Suv kimyosi" fani mavzularini muammoli o'qitish usulida o'qitishga yo'naltirilgan. Shu sababli muammoli o'qitish usullarini keltirish kerak. Bu yerda keltirilgan interfaol usullar - muammoli o'qitish usuli emas. Nazariy qismni yaxshilab o'qib, shuning asosida darsni tashkil qiling.


  1. Suv kimyosi fanidan talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini baholash tizimi.

Reyting nazorati jadvali


sentabr

oktabr

noyabr

dekabr

Maksimal ball

O'tish ballari

"qoniqarli"

"yaxshi"

"a'lo"

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15













JB (lab)

lab.

3




3




3




3

3






















15

8.25

10.7

13

mus.ish

1




1




1




1

1






















5

2.75

3.55

4.3

JB (amal)

amal.

























3

3

3




3

3




15

8.25

10.7

13

mus.ish

























1

1

1




1

1




5

2.75

3.55

4.3

OB (ma’r)

ma’r.



















10



















10




20

11

14.2

17.2

mus.ish



















5



















5




10

5.5

7.1

8.6

YB











































30

30

16,5

21,3

25,8

JAMI:














































100

55

71

86

Fanni o'qlashtirish ko'rsatkichi














































92

50.6

65.4

79.2

Fanning o‘quv hajmi 92 soatni tashkil qilganligi sababli fan koeffitsienti 0,92 bo‘ladi. Fan bo‘yicha o‘zlashtirishni aniqlashda talaba to‘plagan bali fan koeffitsientiga ko‘paytiriladi va butungacha yaxlitlab olinadi. YB ga kirgan talaba, unga ajratilgan ballning 55% va undan ortiq foizini to‘plagan taqdirda, olgan bali OB va JB dan to‘plagan ballariga qo‘shiladi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish