Tushuntirish-izoh yozuvi



Download 0,94 Mb.
bet2/8
Sana09.02.2017
Hajmi0,94 Mb.
#2133
1   2   3   4   5   6   7   8

1. Kirish


O’zbekiston Respublikasida 1997 yil 29 avgustda “Ta'lim to'g'risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlarining qabul qilinishi o’ziga xos milliy o’qitish tizimining paydo bo’lishiga olib keldi. Toshkent shahrida 2012 yil 16-17 fevral kunlari Prezident I.A. Karimovning tashabbuslari bilan bo’lib o’tgan xalqaro anjumanda ishtirokchilar O’zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish borasidagi tajribalarni har tomonlama chuqur o’rganib, ta’lim tizimiga oid o’ziga xos tamoyillar va yondashuvlarni to’liq qullab quvvatladilar.

Ushbu anjumanda Prezident I.A. Karimov quyidagilarni ta'kidlab o'tdilar: "Ta’lim tizimini tubdan isloh etish odamlarimizning ongu tafakkuri va dunyoqarashini o‘zgartirish, ularning siyosiy va grajdanlik faolligini, o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchini oshirishning eng muhim omili va mustahkam asosiga aylandi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Eng muhimi shundaki, bizning yangi avlodimiz, bilimli, o‘tmishning har qanday illatlaridan ozod bo‘lgan yoshlarimiz bugungi kunda mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish, uni yangilash va ishonchli tarzda ravnaq toptirishning hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda"1. Ushbu so’zlar yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarga berilgan haqqoniy baho deyish mumkin. Keyingi o’tgan davrlarda oliy ta’lim tizimidagi islohatlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2001 yil 16 avgustda Vazirlar Mahkamasining 343-sonli “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori ham qayta ko’rib chiqilib, unga 2015 yil 10 yanvarda Vazirlar Mahkamasining 3-sonli Qarori bilan muhim o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlarda oliy va o’rta maxsus ta’lim davlat ta’lim standartlarini xalqaro standartlar bilan uyg’unlashtirish maqsad qilib qo’yilgan. Shunga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi farmonida oliy o’qiv yurtlarida, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida ayrim maxsus fanlarni, xususan texnik mutaxassisliklar bo’yicha o’qitish chet tillarda olib borilishi belgilab qo’yilgan. Shuningdek, ta’lim standartlari, o’quv dasturlari va rejalari darsliklarni ishlab chiqishda xorijiy tajribalardan foydalanish masalalari kun tartibiga qo’yildi.

Ushbu tadbirlar hozirgi kunda fan o’qituvchilaridan o’z ustida ishlashlarini talab qilmoqda, ingliz tilini puxta o’zlashtirib dunyodagi fan sohasidagi innovatsiyalarni o’zlashtirib olishlariga katta turtki bo’lmoqda. Ayrim fanlar tajriba sifatida hozirdanoq oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ingliz tilida o’qitilmoqda.

Respublikamizda Oliy va o’rta maxsus ta’limi tizimidagi islohatlar yanada davom ettirilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi Farmonida pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi tubdan yangilandi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, Oliy ta’lim sohasida oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilarini muntazam qayta tayyorlash bo‘yicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy qilindi. 15 ta tayanch oliy o‘quv yurtida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslarda oliy o‘quv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin o‘qituvchisi malaka oshirdi2.

Ushbu o’qutuvchilar darsni yuqori samarali zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, ilg’or xorijiy tajribani keng qo’llagan holda, global internet tarmoqlaridan, ta’limning interfaol usullaridan foydalangan holda, yuksak pedagogik mahoratidan foydalanib tashkil qilishsa, albatta yuqori samaralarga erishiladi.

Prezidentimiz so’zlari bilan aytadigan bo’lsak, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy omili va mezoni sifatida biz tanlagan “o’zbek modeli” deb nom olgan besh tamoyil prinsipiga asoslangan, bosqichma-bosqich rivojlanishning O’zbekiston yo’li naqadar to’g’ri ekanligi tasdiqlab bermoqda. Bu modelning afzalligi va bugun o’zini butunlay oqlaganini O’zbekistonga xos bo’lgan turli tabiiy, tarixiy, milliy, demografik va ekologik xususiyatlarini to’la hisobga olganida ko’ramiz3.

Prezidentimiz I. A. Karimov global ekologik tahdid va muammolar haqida to’xtalib, "Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog’liqdir", deb ta’kidlaganlar4.

Ekologik, biologik xavfsizlik muammosi milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylanganiga yarim asrdan oshdi. Tabiat va inson o’zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo’lar ekan, bu qonuniyatlarni buzish o’nglab bo’lmas falokatlarni insoniyat boshiga solishi hozirgi kunda hammaga ayon. Dunyoning qaysi burchagiga nazar tashlamang, turli xil ekologik muammolarga duch kelishimiz mumkin. Ayniqsa suv muammolarini hal qilish uchun eng avvalo ular haqida har bir inson, ayniqsa, kasb-hunar kollejlarida ekologiyaga oid fanlardan dars beruvchi bo'lg'usi mutaxassislar suvlarning turlari, ularning o'ziga xos xossalari haqida batavsil ma'lumotlarga ega bo'lishlari, shungdek, ushbu fanlarni o'qitishning eng ilg'or pedagogik usullarni o'zlashtirib olgan bo'lishlari zarur.

Respublikamiz kimyo sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 563010 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (kimyoviy va oziq-ovqat sanoati) bakalavriat ta’lim yo’nalishi joriy etilgan. Ushbu yo’nalishning ilk ixtisoslik fanlaridan biri sifatida “Suv kimyosi” fani tasdiqlangan. Mazkur fan 2014 yilda tasdiqlangan o'quv rejalar asosida amalga kiritilgan bo'lib, 2016-2017 o'quv yilidan boshlab 4-kursning 7-semestrida o'qitila boshlaydi.

Tasdiqlangan ishchi dasturga muvofiq “Tabiiy suvlar va ularning xarakteristikasi”, “Suvning ion tarkibi”, “Suvga ishlov berish va sifatini nazorat qilish” kabi mavzulari o'qitilishi belgilab qo'yilgan. Yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqib; umumiy kimyo, organik kimyo, ekologiya va atrof-muhit kabi fanlarni zamon talablari asosida qayta ishlab chiqish va fanga kiritish hozirgi kundagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Mazkur bitiruv malakaviy ishining maqsadi: "Suv kimyosi" fanini o'qitishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish va ushbu mavzuni o'qitish bo'yicha ta’limning samarali usullaridan foydalangan holda zamonaviy dars ishlanmasini ishlab chiqishdir.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo'yildi:


  • fanning o'quv dasturi va ma'ruza matni, hamda amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari uchun ishlab chiqilgan uslubiy qo'llanma va uslubiy ko'rsatmalar bilan tanishish;

  • berilgan mavzuning maqsadi va vazifalarini ishlab chiqish;

  • mavzu bo'yicha talabalarning o'zlashtirishiga qo'yiladigan (bilim, ko'nikma va malakalar) talablarni ishlab chiqish;

  • mavzuning boshqa fanlar va mavzular bilan aloqadorlinini o'rganish;

  • mavzuga ajratilgan ma'ruza, amaliy, laboratoriya va mustaqil ta'lim soatlarini belgilash;

  • mavzuning mazmun-mohiyatini ochib berish;

  • mavzuni o'qitishning interfaol metodlarini tanlash, mohiyatini ochib berish;

  • mavzu bo'yicha o'quv maqsadlarini ishlab chiqish;

  • dars mashg'ulotlarining texnologik xaritasini ishlab chiqish;

  • mavzu bo'yicha yaratilgan ishlanma bayonini keltirish.

Bitiruv malakaviy ishining yangiligi quyidagilardan iborat:



  1. Fanning tanlab olingan mavzulari hozirga qadar an’anaviy usulda o’rganilib kelingan, bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida esa muammoli ta'lim texnologiyasi tadbiq qilindi.

  2. Tanlangan mavzular bo’yicha o’quv maqsadlari, ishlanmalar va o’qitish metodikasi qayta ishlab chiqildi.

  3. “Tabiiy suvlar va ularning xarakteristikasi”, “Suvning ion tarkibi”, “Suvga ishlov berish va sifatini nazorat qilish” mavzularini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, turli interfaol usullar yordamida ta’lim olishning samaradorligi ko’rsatib berildi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish