Tushuntirish-izoh yozuvi


''Suv kimyosi" fani bo'yicha o'quv maqsadlarini ishlab chiqish



Download 0,94 Mb.
bet6/8
Sana09.02.2017
Hajmi0,94 Mb.
#2133
1   2   3   4   5   6   7   8

5. ''Suv kimyosi" fani bo'yicha o'quv maqsadlarini ishlab chiqish


Pedagogik texnologiyadagi loyihalash jarayonida ham o'quv va tarbiya maqsadlari ishlab chiqishda tavsiflar va har bir didaktik bo'linmadan kutilajak natijalar ta'riflariga maxsus talablar qo'yiladi. Dastlab o'quv va tarbiya maqsadlari ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan o'quv maqsadlari asosida nazorat ishlari tuziladi va undan so'ng uslubiy qo'llanmalar va ma'ruza matnlari yaratiladi. O'quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik jihati - o'quv jarayonining so'nggi natijalari bo'lgan o'quv maqsadiga erishishga yo'naltirilganligini kuzatish mumkin. Talabaning biron bir mavzuni o’zlashtirishida umumiy maqsadni quyidagi tarzda aniqlashtirish mumkin: talaba mavzuni to’la o’zlashtirgandan so’ng, mavjud ma’lumot va xulosalarni bir biridan farqlaydi. Dalillar va taxminlarni bir biridan farqlaydi, sabab oqibat aloqalarini ajratib ko’rsatadi, mulohazalardagi xatoliklarni aniqlaydi, hodisa mohiyatiga bog’liq bo’lmagan fikrlarni ajratadi мавзу bo’yicha asoslangan xulosani yozadi.
Blum taksonomiyasi bo'yicha kategoriyalarning ifodalanishi.

Bu taksonomiyada vazifalarni aniqlash maqsadida quyidagi qadamlarni qo’llaymiz va har bir guruhda “Dars yakunida talabalarning quyidagilarni bajara olishi lozim” deb boshlaymiz. Har bir vazifa raqamlanadi, vazifani quyidagi fe’llardan boshlaymiz: sanab o’ting, eslang, so’zlab bering, ko’rsatib bering, tanlang, hisoblang va hokazo. Har bir vazifa faqat bitta natijani nazarda tutadi. Vazifa shunday qo’yiladiki, o’qituvchining o’tadigan darsining bosqichlarini emas, balki talabaning o’zini keyinchalik qanday tutish kerakligiga ishora qilinadi. Vazifalar shunday qo’yiladiki, uning ishlatilishini mezonlash va qanday qilib maqsadga erishilganligini aniqlash mumkin bo’ladi. Vazifalar bizlarga o’quv savollarini, mavzularni, bilimlarni, butun fanni, nimalarni baholash kerakligini (og’zaki, yozma yoki test uslubida) aniqlab beradi. Maqsadlarni mutlaqo to’liq taqqoslanadi chunki bundan so’ng o’quvchilarda faoliyatni kuzatish, o’lchash vositalari orqali tushuntirish imkoni tug’iladi.

O’qitish vazifalarini ya’ni taqqoslanadigan maqsadlarni ishlab chiqishni yengillashtirish uchun talabalar o’zlashtirgan malakasini ifodalovchi fe’llardan foydalaniladi. Masalan:


  • muayyan dalilni biladi;

  • qoidani biladi;

  • og’zaki bilimni matematik ifodaga ko’chiradi, chizma, grafik, diagrammalarni tushuntiradi;

  • berilgan natijalarni keltirib chiqaradi;

  • tushunchani yani vaziyatda ishlatadi;

  • ma’lum qoidani yangi holatda to’g’ri qo’llashni namoyish qiladi;

  • mavhum farazlarni ajratadi, fikrlash mantiqida xato va kamchiliklarni topadi.

"Bilish" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari:

"Suv kimyosi" fani bo’yicha keltirilgan ma’ruza matnlari orqali talaba quyidagilarni bilib oladi:

- "Suv kimyosi" fanining mazmun-mohiyatini aytib bera oladi;

- Suv tarkibidagi suv molekulalarini tuzilishi va nazariyalarini aytib bera oladi;

- Tabiiy suv turlari yani: sho'r ta'mli dengiz-okean suvi, chuchuk (ichimlik) soy va buloq (daryo, yer osti quduq va hakozo) suvlari, qor-yomg'ir suvi, minerallangan, kabi turlarini farqlay oladi;

"Tushunish" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari:
- Suv kimyosi fanini mazmun mohiyati ekologiya, atrof-muhit kimyosi, organik kimyo, analitik kimyo kabi fanlar bilan uzviy bog’liqligini izoxlay oladi;

- Fanning qonuniyatlarini, molekula, mikroorganizm, zamburug’, bakteriya va boshqa tushunchalarini muayyanlashtira oladi;

- Suvning molekulyar tuzilishi, suvdagi eritmalar va ularning ahamiyati, tabiiy suvlardagi umumiy kimyoviy tarkibi haqidagi tushunchalarni ochib bera oladi;

"Amalda qo'llash" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari


  • Suvga ishlov berish va sifatini aniqlashda misol va masalalar yechadi;

  • Suvning elektrolitik dissosialanishiga, suvdagi tuzlarning gidroliziga, suvdagi gazlarning eruvchanligiga, suvning kimyoviy tarkibida kechadigan jarayonlarni formulalarga qo’yib, hisoblaydi;

  • Suv kimyosi va mikrobiologiyasini o’rganish orqali, misol va masalalarni samarali yechish usullarini amalga oshiradi;

"Analiz" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari
O. A. Alekin tomonidan ishlab chiqilgan tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibga ko’ra sinflanishini va suvdagi barcha organik moddalar klassifikatsiyasi kimyoviy qonuniyatlarini mazmun-mohiyatini umumlashtiradi;

Fizikaviy va kolloid kimyo fanidagi reaksiyalarga asoslanib, suvdagi oksidlanish-qaytarilish kimyoviy jarayoni reaksiyalarini keltirib chiqadi;

Kimyoviy jarayonlarda suv o’tlari va bakteriyalarning turlarini tekshirib ko’radi;

"Sintez" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari


  • [Na+] + [K+] + [Ca2+] + [Mg2+] = ……reaksiyalarning davomini yozib bera oladi;



  • H, Nа, К, NH4, Cа2, Мg2, Fе2, Мn2, Аl3 kationi uchun ionlarni tanlashni biladi;




  • Ca va Mg ionlarning miqdori gidrokarbonatlar miqdoridan ko'p bo'lsa karbonat qattiqlik gidrokarbonatlar miqdoridagi


[Ca2+] [Mg2+] [HCOHCO3-]

---- + ---- > -----

20,04 12,16 61,02
[HCO3-]

Qk = -----

61,02

reaksiyaning borish sharoitlari va rejimlarini hisoblay oladi.



"Baholash" kategoriyasi bo'yicha o'quv maqsadlari

Suv kimyosi fani bo’yicha turli guruh mikroorganizmlar, bakteriyalar, ularning o’sish fiziologiyasi va tashqi muhitga ta’siri ahamiyatini asoslaydi;

Berilgan masalalarni formulalarga qo’yib, yechilishi to'g'ri-noto'g'riligini isbotlaydi;

Ushbu fan bo’yicha ham kimyoviy bilimlar, ham tajribalar va malakalarini orttirib, ichimlik suvini tayyorlash formallashning samarali usullarini nazorat qiladi;



6. Mavzular bo’yich texnologik xaritalar tuzish

"Tabiiy suvlar va ularning xarakteristikasi" mavzusi bo'yicha ma'ruza darsining texnologik xaritasi

Dars bosqichlari

Darsning borishi

Vaqt, minut

Tashkiliy qism

10

Davomat

Darsda kimlar qatnashmayotganligi so’rab bilib olinadi va elektron jurnalga yo’q talabalarning ism familyasi qayd qilib qo’yiladi.

2

Ma’naviy-ma’rifiy daqiqalar

Talabalarning darsga tayyorgarligi (o’quv qurollari, kiyinishi) tekshiriladi.

4

Takrorlash va motivatsiya

Таlabalar bilan “Aqliy hujum” usulida savol javob o’tkazilib, o’tilgan materiallar esga solinadi va yangi mavzu bilan uyg’unlashtirilgan holda, mа’ruza mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati haqida bayon qilib darsga qiziqtiriladi.

4

Asosiy qism

55

1.

Tabiiy suvlar va ularning tabiatdagi aylanishi (metodlar – kichik guruhlar usuli, “BBB”- usuli.

15

2.

Suvning gidrologik aylanma harakati. (interfaol usul qo'yish kerak)


15

-

Chekinish. “Kichik guruhlar bilan ishlash”usuli qo’llaniladi. Glossary tuziladi (glossariy darsda tuzilmaydi). (10 minut ko'plik qiladi)

10

3.

Suvning loyqaligi, rangi, xidi, ta'mi va muhit ko'rsatgichini aniqlash.

(interfaol usul qo'yish kerak)



15

Yakuniy qism

15

Xulosa

Savollarga javob beriladi, berilgan vazifa tekshiriladi.

10

E’lonlar

Mustaqil ishlash uchun topshiriq beriladi. Uyga vazifa qilib,”muammoli ta’lim” usulini nazariy qismini o’rganib kelish va berilgan har bir vazifani listga bajarib, faylga yig’ib borishlari beriladi.

5



" SUVNING IONLI TARKIBI" mavzusi bo'yicha ma'ruza darsining texnologik xaritasi

Dars bosqichlari

Darsning borishi

Vaqt, minut

Tashkiliy qism

10

Davomat

Guruh jurnalidan yo'qlama qilinadi, auditoriyada yo’q talabalar ism familyalari va sababi bilib olingandan so’ng jurnalga qayd qilib qo’yiladi.

2

Ma’naviy-ma’rifiy daqiqalar

Talabalarning darsga tayyorgarligi (o’quv qurollari, kiyinishi) tekshiriladi.

4

Takrorlash va motivatsiya

Таlabalarning mashg’ulot jarayonidagi faolligini oshirish maqsadida “Aqliy hujum”ga tortish uchun savol javob o’tkazib o’tilgan materiallar esga solinadi va yangi mavzu bilan uyg’unlashtirilgan holda, mа’ruza mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati haqida bayon qilib darsga qiziqtiriladi.

4

Asosiy qism

55

1.

Suvning ion tarkibi, ishqoriyligi va qattiqligi. (interfaol usul qo'yish kerak)


15

2.

Oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari.

(interfaol usul qo'yish kerak)



15

-

Chekinish. “Tushunchalar tahlili” usuli va “rezyumi” usuli qo’llaniladi. (10 minut ko'plik qiladi)

10

3.

Suvdagi kimyoviy va biokimyoviy elementlar tarkibi. (interfaol usul qo'yish kerak)

15

Yakuniy qism

15

Xulosa

“Veen diagrammasi” usuli orqali mustaxkamlanadi.

13

E’lonlar

Mustaqil ishlash uchun topshiriq beriladi. Uyga vazifa qilib, mavzuni chuqur o’rganib mustahkamlash topshirig’i beriladi.

2

Suvga ishlov berish va sifatini nazorat qilish” mavzusi bo’yicha ma'ruza darsining texnologik xaritasi



Dars bosqichlari

Darsning borishi

Vaqt

Tashkiliy qism

10

Davomat

Guruh sardorlaridan darsga kimlar qatnashmayotganligi so’rab bilib olinadi va jurnalga yo’q talabalar qayd qilib qo’yiladi.

2

Ma’naviy-ma’rifiy daqiqalar

Talabalarning darsga tayyorgarligi (o’quv qurollari, kiyinishi) tekshiriladi.

4

Takrorlash va motivatsiya

Таlabalar bilan savol-javob o’tkazib o’tilgan materiallar esga solinadi va yangi mavzu bilan uyg’unlashtirilgan holda, mа’ruza mashg’uloti mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyati haqida bayon qilinib, darsga jalb qilinadi.

4

Asosiy qism

55

1.

Suvni ozonlash, yumshatish usullari.

(interfaol usul qo'yish kerak)



15

2.

Suvni tеmirdan mexanik va biologik usullar bilan tozalash.

(interfaol usul qo'yish kerak)



15

-

Chekinish. Talabalarning ta’lim tarbiyasiga oid ma’noli so’zlar. “Bumerang texnologiyasi” ni qo’llash. (10 minut ko'plik qiladi)

10

3.

Suvni barqarorlantirish, dizentfiksiya qilish va qo’shimch tozalash usullari.

(interfaol usul qo'yish kerak)



15

Yakuniy qism

15

Xulosa

“Klaster” usuli bilan ma’ruzani yakunlash, olingan bilimlarni mustaxkamlash.

8

E’lonlar

Vazifa qilinib, amaliyot fanidan topshiriqlarini topshirish, 2- ON ga tayyorlanish.

7

Tabiiy suvlar va ularning xarakteristikasi” mavzusi bo’yicha o’qitish metodikasi.



Tashkiliy qism.

Kafedra dotsenti, 52 yoshlarni qoralagan Dildora Ashurova belgilangan vaqtda auditoriyaga kirib keldilar. Bu o’qituvchi xolerik tipga ega bo’lib,“хоle” ma’nosini bildirib, kishining harakatchanligini ifodalaydi va jahldor, qat’iyatli, mas’uliyatli. Psixologik sifatlari: betoqat, odamlar bilan munosabatda keskin va rostgo’y, qat’iyatli va tashabbuskor, qaysar, tortishuvda topqir, tirishqoqlik bilan ishlaydigan, tavakkal qilishga moyil, arazlamaydigan, tez poyma-poy nutqqa ega, kamchiliklarga toqatsiz, ifodali imo ishoralarga ega.



Dars boshlandi. Talabalar birin-ketin auditoriyaga kirib kela boshladi. O’qituvchi o’rnidan turib, xo’sh o’rtoq talabalar dars boshlandi shekilli, deb tanbeh berdi. Shunda talabalar, hali salomlashmaganliklarini angladilar va biroz mulzam bo’lib, balandroq ovozda salom berdilar. Salomni ham so’rab olaman shekilli, salom ollohning qarzi hisoblanadi. Keyin o’qituvchi auditoriyani ko’zdan kechirdi va shu orada sinf tozaligiga, talabalarni darsga tayyorgarligiga, doskani tozaligiga qaradi. Chunki, bu o’qituvchi tozalikni juda ham yaxshi ko’radi, ayniqsa doskani toza yuvilgan holda ko’rmasa jahli chiqadi. Kiyinish madaniyatiga biroz to’xtalib, kiyim insonning o’ziga qulay va yarashibgina qolmasdan balki atrofdagilarni e’tiborini tortmaydigan, ortiqcha bezaklarsiz, ya’ni ta’lim maskaniga mos liboslar bo’lishini ta’kidladilar. Keyin intizom bilan kiyingan talabalarga qarata: “yaxshi so’z til bezadi, yaxshi kiyim inson bezagi” deb xalq maqolidan keltirib o’tdi. So’ng, talabalarni yo’qlama qildi. Bugun davomat juda yaxshi, har doim shunaqa bo’lsin va darsga kech qolib kelmanglar. Kech qolganlarni o’n minutdan so’ng auditoriyaga kiritmayman dedilar. Keyin mavzuni va rejani doskaga yozib qo’ydilar. Talabalarni “aqliy hujumga tortish maqsadida savolga tortdi. Xo’sh talabalar yangi mavzu boshlashdan oldin bilimingizni bir sinab ko’rsak deb, takrorlash o’tqazdilar. Qani kim biosferaning qismlarini va qobig’ini sanab beradi? Anvar ismli talaba javob berdi. Biosfera quyidagicha qismlardan tashkil topgan ya’ni atmosfera, yerning havoli qobig’ida 25-30 km balandlikkacha ega. Gidrosfera yerning suvli qobig’ida 10 km chuqurlikkacha bo’ladi. Litosfera yerning tuproqli qatlamida 3-4 km chuqurlikni tashkil etadi. Juda tog’ri javob berdingiz, biz biosferaning va atmosferaning tuzilishini tushunmasdan turib bu fanning mazmun mohiyatini chaqa olmaymiz dedilar.

Asosiy qism.
So’ng o’qituvchi yangi mavzuni og’zaki aytib tushuntira boshladi. Dars orasida o’qituvchi qoshini uchirib, imlab chaqirib guruh sardoriga vazifa berdi. Guruh sardori o’rnidan turib, hech kimga halal bermasdan, proektordan ma’ruza matnini slayd tarzida yozilganini ochib berdi. So’ng o’qituvchi talabalarga mavzuni va reja qismini yozishni aytdilar. Talabalar biz bugun darsga yangilik kiritamiz ya’ni darsga yozmasdan, o’qituvchi talaba faoliyatidan foydalanib, hamkorlikda ishlaymiz va telefondan foydalanishga ham ruxsat beraman.
O'xshamagan
Bu orada o’qituvchi partalarni aylanib chiqib, yurgan holatda mavzuning birinchi rejasini tushuntirib bo’ldi. So’ng savol-javob usulini qo’lladi. Xo’sh talabalar suv yer sharining umumiy hajmini ya’ni 15 mlrd m3 ni tashkil etsa unda suvning umumiy hajmi qancha? chuchuk suvchi? quruqlikchi? Tezlik bilan telefoningizni kankulyatorida hisoblab ko’ringchi? Azizbek ismli talaba: uztoz suvning umumiy hajmi 1350 mln.m3ni tashkil etsa unda ichimlik suvi 41 mln.m2 ni tashkil etadida. Dilnoza ismli talabamiz: uztoz quruqlik 146 mln.m2. ni tashkil etar ekan. To’g’ri javob berdingiz.

Tabiatda suv doimo aylanma harakatda bo’ladi. Okеan va quruqliklardan suv bug'lanishi natijasida hamda o'simlik va tirik organizmlar suv ajratib chiqarishi hisobiga atmosfеra suv bug'lari bilan to'yinadi. Kondеnsatsiya jarayonlari natijasida suv qaytib еrga tushadi. Shu suvdan 65-75 %-i to'g'ridan to'g'ri okеanlarga tushadi, qolgan qismi esa 146 mln. km2 quruqlikda taqsimlanadi.c:\users\bekzod\appdata\local\microsoft\windows\inetcache\content.word\1429134211_umumjahon-yer-kuni.jpg



Biosfеra suvining hammasi aylanma harakatda ishtirok etmaydi. Uning ma'lum qismi o'simlik, hayvonot, tirik organizmlarda, hamda muzliklarda, qorlarda, tuproq tarkibida saqlanib turadi.
Keyin o’qituvchi ma’ruzaning ikkinchi rejasini tushuntira boshladi. Mavzuni aytib tushuntira turib, kitobining orasidan ko’proq qog’ozlar chiqardi va talabalarga tarqatib berishni Shohlo ismli qizga topshirdi. Talabalar qog’ozga tikilib hayronu lol bo’lib turishganda; talabalar bu interfaol usul hisoblanadi. Buni darsning so’ngida olaman. Bu usul BBB- jadvalidir, unga uchta jadval keltirilgan va siz darsdan olgan bilimlaringizni, tushunchalaringizni qayd qilib borasizlar. Ikkinchi rejani ham tushuntirib bo’lgandan so’ng o’qituvchi darsga chekinish hosil qildi va talabalar hamma telefonini internetini yoqsin biz hozir “glossary”usulidan foydalanamiz deb guruhni ikkiga bo’ldi. Men proektordan rasm qo’yaman siz suvning turlarini ajratasiz rus va ingliz tillarida daftaringizga yozasiz. O’qituvchi ikki guruhga uchtadan qilib rasmlarni bo’ldi va rasmlarning javoblarini oq ranga bo’yab qo’ygan edi. Sizlarga besh minut vaqt beraman. Fozil ismli talabamiz; ustoz maylimi oynalarni ochib qo’ysak?Mayli oching “toza havo tanga davo”deyishadiku, tushunmadim nega issiq kunda galustuk. Darsda bo’yinbog’larni yechib bemalol o’tiring, men xohlamayman siqilib o’tirishingizni. Belgilangan vaqtdan so’ng o’qituvchi, qani hamma ruchkalarni qo’yib proektorga yuzlansinchi!

Chekinish.

c:\users\bekzod\appdata\local\microsoft\windows\inetcache\content.word\1419323084_slayd9.jpg

dengiz-okean suvi

морская и океанская вода

sea- ocean water


реки и озера (обои)

soy va buloq suv

речная, родниковая вода, вода с колодца

stream, spring and well water

c:\users\bekzod\appdata\local\microsoft\windows\inetcache\content.word\1434203727_suv44.jpg

chuchuk suv

титьевая вода

po-table water (drinking water)

большой каньон в гренландии

qor-yomg'ir suvi

снег и дожевая вода

snow- rain water

река дрина в сербии

daryo suvi

реки вода

river water

f:\13668100459010.jpg

minerallangan suv

минеральная вода

mineral water

Qani hammaning yozgan javobi to’g’ri ekanmi? Yo’q ustoz bizda bitta xato bor ekan dedi; birinchi guruh. Ikinchi guruh; bizda hammasi to’g’ri ekan. Juda yaxshi javob berdingiz. Vaqtdan nechog’li unumli foydalansangiz, erishgan yutug’ingiz shu qadar zalvorli va o’zingiz saodatda yashashga musharraf bo’lasiz. Xalqimiz “vaqtdan yutgan, baxtdan yutadi” deyishadi. Keyin o’qituvchi mavzuning uchinchi rejasini tushuntira boshladi. Bu orada talabalar berilgan vazifani ham bajarib, ham mavzuni tinglab borishdi.



Yakuniy qism.

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

Suvning tafmi tarkibidagi tabiiy yo'li bilan kelib tushgan yoki oqova suvlar bilan ifloslanishi natijasida tushgan moddalarga bog'liq. Organoleptik analizda faqat ichimlik suvlarni ta!mi tekshiriladi. Suvning ta!mi sho'r, shirin, achchiq, nordon deb ko'rsatiladi. Bundan tashqari suvga ishqoriy, metall va boshqa ta'mlar xos bo'lishi mumkin. Suvning tafmini aniqlash uchun 10-15 ml suv namunasini og'izga olib bir necha daqiqa ushlab turiladi, keyin esa tuflab tashaladi. Analizda temperatura ham ko'rsatiladi. Kopincha ichimlik suvning xech qanday ta'mi yo'q. Yer osti suvlarning tafmi shor va achchiq bo'lishi mumkin, tarkibidagi tuzlarning miqdoriga qarab.

Suv ta'minoti uchun asosan chuchuk suvlar ishlatiladi, chunki ular doimiy qayta tiklanib turadi. Dengiz va yer osti suvlarni ishlatish uchun ularga maxsus ishlov berish kerak, bu esa katta elektr energiya talab qiladi va texnologik ancha murakkab masaladir. Oqova suvlardan foydalanish, yani aholi istemoli uchun ishlatish mumkinmi? Tozalash moslamalari yaratish mumkinmi?

Suv bilan ta'minlash manbalari sifatida ham yer yuzasidagi, ham yer osti suvlaridan foydalaniladi. Lekin, suvni sarflash, uni tabiiy to'latish jarayonida oshib ketsa tabiatdagi muvozanat buzilib ketishi mumkin. Masalan, katta miqdorda yer osti suvlaridan foydalanish ularning sathi pasayishiga olib keladi.


BBB jadvaliga namuna

Yakunlovchi qismda kechikib kelganlar uchun yana bir bor davomad qilib, savol javob o’tkazdi va mavzu bo’yicha savollar berishlarini so'radi, savollarga javob berdi. Hamma ma’ruzalar matnini bluts orqali telefoniga o’tqazib olishlarini, uyga vazifa sifatida “muammoli ta’lim” usulini o’rganib kelishlarini taklif etdi. O’qituvchi uyga vazifaga tayyorlanishni va mavzuni takrorlab o’qib chiqib qanchalik muhim ekanligini tushunib olishlarini aytdi. Keyingi darsgacha talabalar bilan xayrlashdi va auditoriyadagilarni yaxshi o’qishlarini aytib chiqib ketdi.
Muammoli o'qitish usuli qo'llanilmagan.
SUVNING IONLI TARKIBI” mavzusi bo’yicha o’qitish metodikasi.
Tashkiliy qism.
Katta o’qituvchi Husainova Muslima opa institutni imtiyozli diplov bilan bitirib, magistraturani ham shu institutda davom ettirgan. U ko'rkam, yosh ko'rinadi, doim did bilan o'qituvchi kasbiga mos kiyinadi. U belgilangan vaqtda auditoriyaga kirib keldi. Auditoriyadagi talabalar hurmat bilan bilan Husainova Muslima opa bilan salomlashishdi va o'quv qurollarini, tayyorlab diqqatini o'qituvchiga qaratishdi. Raxmat. Samimiy salom bergan kishining qalbi ham hurmat va ehtiromga to’liq ekanidan dalolat beradi. Salom ohangi inson dilining yorqin yoki tundligini aks ettiruvchi oynadir. Samimiy salom berish va lutf bilan hol- ahvol so’rash mehrni o’lchaydigan mezondir. Shu tarzda insonlarda bir-birlariga nisbatan mehr uyg’onadi dedilar. O’qituvchi talabalarning kiyinish madaniyatiga, tashqi ko'rinishlariga, o'quv qurollarining tayyorligiga ko’z tashlab qo'ydi. Keyin xotirjamlik bilan darsdan chalg’itadigan narsalarni olib qoyishni, telefon apparatlarini ishlatmaslikni, faqat kerak bo’lgan holatlardagina aloqa qilish uchun ruxsat berishini, telefonlarni ovozini o’chirib qo’yishni aytdi, shuningdek gaplashib boshqalarning diqqatini bo’lmaslikni aytdi. So’ng hozirgi kunga kelib, dolzarb ekologik muammolar qatoriga qo’shilib qolgan Orol dengizi haqida so’z ochdilar.

Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitga sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Jumladan iqlim o’zgarishlari, atmosfera, litosfera va suv ifloslanmoqda. Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o’zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’siri mahalliy, mintaqaviy, umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inqirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan Orol muammosi vujudga keldi. Orol dengizining satxi 22 metrga pasayib ketdi, ekvator maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravarigacha (1064 kub dan 70 kub km) ga kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112g/l gacha yetdi. Aziz talabalar siz bu muamolar haqida eshigansiz. Men o’ylaymanki, siz bu fanni yaxshi o’zlashtirib, yurtimiz kelajagi uchun o’z xissangizni qo’shasiz degan umiddaman. Bir donishmand aytgan ekanlar: - Odamlar aql zakovat hukmi asosida ish yuritsalar edi, hayotda birorta ham noxush voqea dilxiraliklar va ziddiyat yuz bermas edi. Tabiat juda saxiy, u sizning shavqatingiz va mehnatingizga yarasha muruvvat ko’rsatib taqdirlayveradi, aksincha siz befarqlik bilan tabiatga ozor beraversangiz, u ham sizga shavqatsizlik bilan zarar yetkazadi. Tabiat ham tirik mavjudotlar silsilasi, yaxshilikka yaxshilik bilan, yomonlikka yomonlik bilan javob qaytaradi. Aytishadiku: ummon oldida tursang ham bir tomchi suvni qadrla- deb.



Asosiy qism.

O’qituvchi doskaga mavzu va rejani yozib qo’ydilar so’ng proyektordan ma’ruzani elektronney shaklidagini ochdilar. Talabalar mavzuning hammasini yozishingiz shart emas, asosiy qismlarini yozing men sizga ma’ruzalar matnini fleshkangizga yozib berganman. Ma’ruzani o’g’zaki aytib tushuntirib, ham talabalar proektordan yozib olayotgan bir vaqtda, Shahlo ismli talaba kelinimizni sumkasidan nimadir olib yeyayotganini ko’rib qoldilar. Jahli chiqib dedi; qani o’rningizdan turingchi? Nega dars vaqtida ovqatlanib o’tiribsiz? Oshxonamiz borku? Ruxsat so’rasangiz javob berardimku, hali birinchi paradan qorningiz ochdimi? dedilar. Shunda Shahlo uzr domla boshqa qaytarilmaydi dedi. O’tiring. Biz ham kelin bo’lganmiz, azonlab turib qaynona-qaynotamizni xizmatini qilib, duosini olishga shoshilardik. Axir aytishadiku, oltin olma, duo ol deb. Qarisi bor uyning parisi bor deyishadiku! Mavzuni davom etamiz dedilar so’ng biroz vaqt o’tgach, mavzuning birinchi rejasini tushuntirib bo’ldilar.

Aqliy hujum” metodidan foydalanib, talabalarga savollar bilan murojaat etdilar; qani aytingchi suvning yumshoqligi necha mg.ekv/l dan bo’lishi lozim? Sardor ismli talabamiz javob berdi: ustoz biz ichadigan ichimlik suvimizning yumshoqligi 4 mg.ekv/l dan oshmasligi lozim;- dedi. Juda to’g’ri javob berdindiz. Agar biz istemol qiladigan suv 4-8 mg.ekv/l dan oshib ketsa, o’rta qattiqlik hisoblanadi. Unda ayting chi juda qattiqlik necha bo’lar ekan? Gulasal ismli talaba qizimiz javob berdilar: ustoz o’zingiz dars orasida suvning xarakteristikasiga baho berayotganingizda 8-12 mg.ekv/l bo’lsa qattiq hisoblanadi dedingiz! Unda 12 mg.ekv/l dan ham yuqori bo’lsa juda qattiq hisoblanar ekanda?- dedi. To’g’ ri javob berdingiz, talabalar agar kim uyida iste’mol qilayotgan suvingizning qattiqligini bilmoqchi bo’lsangiz olib keling tekshirib ko’ramiz. Talabalar: ustoz olib kelish mumkinmi? Biz hovli uyda turamiz va kachalka krandan foydalanamiz, hech hali tekshirib ko’rmagan ekanmizda, keyingi darsda olib kelaman- dedi Baxrom ismli talabamiz. Talabalar yer osti suvlarning qattiqligi yеr yuzasidagi suvlarga nisbatan yuqoridir. Ichimlik suvni qattiqligi standart bo'yicha 7 mg ekv/`l-ga tеng o'lishi kеrak. Ishlab-chiqarish jarayonlarida, masalan; bug' qozonlarida, suv bilan qayta ta'mirlash tarmoqlarida, sеllyuloza va boshqa tеxnologik jarayonlarda qattiq suvni ishlatib bo'lmaydi.



So’ng Muslima opa mavzuning ikkinchi rejasini tushuntira boshladi, talabalar lozim deb topgan qismini yozib bordilar. Shu vaqtda Abror ismli talabamiz yonidagi o’rtog’iga tinmay gapirayotgan edi, o’qituvchi ko’rib qoldi va maqol keltirib o’tdilar: “yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqsh kabidur”. Talaba ustozidan so’ragan ekan: - ustoz o’g’irlab bo’lmaydigan bitmas-tuganmas boylik nima? Ustoz dedi: eng makkor o’g’rilar ham o’g’irlay ololmaydigan bitmas – tuganmas boylik aql, bilim va odobdir” deb, mavzuni davom etdilar. Mavzuning ikkinchi qismini tushuntirib bo’lgandan so’ng, talabalarni to’rt guruhga bo’ldilar.
Hali asosiy qism hali bayon qilinmasidan chekinish qo'llanilgan. Bu noto'g'ri.
Chekinish.

Tushunchalar tahlili usulini” qo’lladi. Vazifani daftaringizga bajaring.



Birinchi guruhga: siz ion almashinish reaksiya turiga misol qilib rux xlorid aralashmasining natriy gidrooksid bilan reaksiyasini keltiring.

Ikkinchi guruhga: siz gidrokarbonat va karbonatlar gidrolizi yani, HCO3- + H2O ↔ H2CO3 + OH- reaksiyasini davom ettiring.

Uchunchi guruhga: siz suvning mineral ion tarkibining asosiy qismini va bu asosiy ionlar suvning ximiyaviy turini aniqlab berishini dars orasida aytib o’tdim. Siz uning komponentini ham keltirasiz.

To’rtinchi guruhga: siz mavzuning tushungan rejasi bo’yicha “rezyumi” usulini qo’llaysiz- dedilar va yeti minut vaqt berdi. Belgilangan vaqtdan so’ng talabalar javob berdilar:

1 -chi guruh: ZnCl2 + 2NaOH = Zn (OH)2 + 1NaCl

Zn2+ + 2OH- = Zn(OH)2



2-chi guruh: HCO3- + H2O ↔ H2CO3 + OH-

CO3- + H2O ↔ HCO3- + OH-.



3 –chi guruh: Cl-, SO2-4, HCO-3, Na+, Mg2+, Ca2+ va К+. Bu ionlar suvning mineral tarkibining asosiy qismini tashkil etadi, asosiy ionlar suvning ximiyaviy turini aniqlab beradi yoki uning makrokomponenti deyiladi.

4-chi guruh: ustoz biz suvdagi biogen moddalarga “rezyumi” usulini qo’lladik.


Afzalligi

Kremniy kislotasi o'zining tarqalishi bo'yicha yer qa'rida kisloroddan keyin ikkinchi o'rinda turadi. U tabiiy suvlarning tarkibida asosiy komponent bo'lib qatnashadi.



Kamchiligi

Azot va fosfor birikmalari konsentrasiyalari va ularning rejimi bioximik va biologik jarayonlarga bog'liqdir. Oxirgi paytlarda bu biogen moddalarni o'rganishga e'tibor kuchaytirildi, chunki u suvni birinchidan ifloslantirsa ikkinchidan zaharlaydi.



Xulosa: Fyuronning ta'kidlashicha agar suvdagi nitratlar miqdori 150 mg/l bo'lib bu suvni yosh bola ichsa u ko'karish (siney) ya'ni toksik sionoz kasaliga uchraydi, shuning uchun ham nitrit miqdori ichimlik suvida GOST 2874-82 bo'yicha 9 mg/l dan oshmasligi kerak.

Raxmat talabalar mavzuni yaxshi tushunibsiz dedilar va uchinchi rejaning bayonini proektordan tushuntira boshladi. Talabalar ham yozib bordilar. Mavzuni to’liq yoritib bo’ldi va soatiga qarab oldi. Voy –bu! hali o’n besh minut vaqtimiz bor ekanku, men sizlarga test tayyorlab kelganman deb sumkasidan qog’ozlar oldi va Maftuna ismli talabamiz barchaga yetarli qilib tarqatib chiqdi.

Yakuniy qism.
Test. Siz jahldormisiz?.

Doimiy asabiylashuv insonni jahldor va qiziqqon qilib qo’yadi va bu bizning xatti harakatlarimizda, mimikamizda namoyon bo’ladi. Ushbu test sizga o’zimizni qanchalik boshqara olishimiz to’g’risida bilib olishga ko’mak beradi.

Quyidagi holatlarda jahlingiz chiqadi:


  1. Kimdir sizga juda yaqin turib olsa (hatto o’z ixtiyori bilan bo’lmasa ham- avtobusda, navbatda turganda, tirband joylarda;

  2. Kimdir sizga aql o’rgatib boshlasa;

  3. Kimningdir bemavrid kulgusini eshitsangiz;

  4. Ko’rishga shaylanib turgan filmingizning syutjetini aytib qo’ysa

  5. Jamoat joylarda baland ovozda suhbatlashishsa;

  6. Suhbatdoshingiz gapirayotib ko’p imo-ishora qilsa;

  7. Davradoshlaringiz yoningizda chet tilida so’zlashishsa;

  8. Atirning kuchli hidiga;

  9. Sizga keraksiz narsani sovg’a qilishsa;

  10. O’sib ketgan kir tirnoqlarni ko’rsangiz;

  11. Ayol kishi sigareta cheksa;

  12. O’zini yosh ko’rsatgisi kelgan qariyani ko’rsangiz;

  13. Birov sizga qarab yo’talsa;

  14. Sevib o’qiydigan jurnalingizning varog’i g’ijimlanganini yoki yirtilganini ko’rsangiz;

  15. Do’stingiz belgilangan joyga kechikib kelsa;

  16. Teatrda yoningizda o’tirgan odam spektaklni izoxlayversa;

Agar javobingiz <>, bo’lsa 1 ball, <> deb javob bersangiz 3 ball qo’ying, <


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish