Pedagogik texnologiyadagi loyihalash jarayonida ham o'quv va tarbiya maqsadlari ishlab chiqishda tavsiflar va har bir didaktik bo'linmadan kutilajak natijalar ta'riflariga maxsus talablar qo'yiladi. Dastlab o'quv va tarbiya maqsadlari ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan o'quv maqsadlari asosida nazorat ishlari tuziladi va undan so'ng uslubiy qo'llanmalar va ma'ruza matnlari yaratiladi. O'quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik jihati - o'quv jarayonining so'nggi natijalari bo'lgan o'quv maqsadiga erishishga yo'naltirilganligini kuzatish mumkin. Talabaning biron bir mavzuni o’zlashtirishida umumiy maqsadni quyidagi tarzda aniqlashtirish mumkin: talaba mavzuni to’la o’zlashtirgandan so’ng, mavjud ma’lumot va xulosalarni bir biridan farqlaydi. Dalillar va taxminlarni bir biridan farqlaydi, sabab oqibat aloqalarini ajratib ko’rsatadi, mulohazalardagi xatoliklarni aniqlaydi, hodisa mohiyatiga bog’liq bo’lmagan fikrlarni ajratadi мавзу bo’yicha asoslangan xulosani yozadi.
Blum taksonomiyasi bo'yicha kategoriyalarning ifodalanishi.
Bu taksonomiyada vazifalarni aniqlash maqsadida quyidagi qadamlarni qo’llaymiz va har bir guruhda “Dars yakunida talabalarning quyidagilarni bajara olishi lozim” deb boshlaymiz. Har bir vazifa raqamlanadi, vazifani quyidagi fe’llardan boshlaymiz: sanab o’ting, eslang, so’zlab bering, ko’rsatib bering, tanlang, hisoblang va hokazo. Har bir vazifa faqat bitta natijani nazarda tutadi. Vazifa shunday qo’yiladiki, o’qituvchining o’tadigan darsining bosqichlarini emas, balki talabaning o’zini keyinchalik qanday tutish kerakligiga ishora qilinadi. Vazifalar shunday qo’yiladiki, uning ishlatilishini mezonlash va qanday qilib maqsadga erishilganligini aniqlash mumkin bo’ladi. Vazifalar bizlarga o’quv savollarini, mavzularni, bilimlarni, butun fanni, nimalarni baholash kerakligini (og’zaki, yozma yoki test uslubida) aniqlab beradi. Maqsadlarni mutlaqo to’liq taqqoslanadi chunki bundan so’ng o’quvchilarda faoliyatni kuzatish, o’lchash vositalari orqali tushuntirish imkoni tug’iladi.
O’qitish vazifalarini ya’ni taqqoslanadigan maqsadlarni ishlab chiqishni yengillashtirish uchun talabalar o’zlashtirgan malakasini ifodalovchi fe’llardan foydalaniladi. Masalan:
muayyan dalilni biladi;
qoidani biladi;
og’zaki bilimni matematik ifodaga ko’chiradi, chizma, grafik, diagrammalarni tushuntiradi;
berilgan natijalarni keltirib chiqaradi;
tushunchani yani vaziyatda ishlatadi;
ma’lum qoidani yangi holatda to’g’ri qo’llashni namoyish qiladi;
mavhum farazlarni ajratadi, fikrlash mantiqida xato va kamchiliklarni topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |