Ta’lim samaradorligini tashkil etishda dars mashg'ulotlarida quyidagi interfaol usullardan foydalanish tavsiya etiladi.
”Sinkveyn” usulining mazmun mohiyati.
Bu usulning maqsadi: ma'lum mavzu o'rganilgandan so'ng tuzilsa, uning asosiy xususiyatlari, mohiyatlari tushunilib, mavzu tushunarli tarzda yakunlanadi. Sinkveyn materiallar ustida o'ylashga, murakkab axborotni sintezlashga va uni uzoh xotirada saqlashga yordam beradi. Ijodiy ishlash imkoniyati kelib chiqadi.
Sinkveyn usuli bajarilishiga namuna:
Suv.
Chuchuk suv
Biosferaning hayot manbayi.
Barcha tirik organizmlar uchun zarur.
Tuproq
“Aqliy hujum” usulining mazmun mohiyati.
“Aqliy hujum” usulining maqsadi: guruhning barcha a'zolarini, ayniqsa, passiv, tortinchoq a'zolarini faollashtirishi bilan foydalidir. Aqliy hujumni tashkil etganda ma'lum me'yorga rioya etish kerak. Juda ko'p qo'llash uning himmatiga putur etkazadi. Mavzuga oid tushunchalarni izohlashda, mavzuni yakunlashda foydalanish mumkin. "Aqliy hujum"ni o'tkazishda ma'lum bir muammo yoki tushuncha guruhga ma'lum qilinadi va unga doir fikr va mulohazalarni, bilimlarni bayon etish taklif etiladi. Biror kishi fikrlarni qayd etib boradi. Barcha fikrlar qayd etiladi. So'ngra ularning ahamiyati muhokama qilinadi. Fikrlarning ahamiyatiga qarab belgilash ham mumkin. Har bir fan o'qituvchisi "Aqliy xujum" uchun tavsiya etiladigan mavzularni aniqlashi kerak. “Aqliy hujum” kichik va katta guruhlarda ham o'tkazilishi mumkin. “Aqliy hujum” guruhni faollashtiradi, darsni jonlantiradi. “Aqliy hujum” chog'ida bayon etilgan fikr va takliflarni o'rganish va eng maqbulini tanlab olish zarur.
“BBB” usulining mazmun mohiyati.
Bu mashg’ulotning olib borilish tartibi: har qanday mavzuni o'tishdan avval daftar varag'ining bir beti ustun shaklida teng uchga bo'linadi. Birinchi ustun tepasiga "Bilaman", ikkinchi ustunga "Bilishni xohlayman" va uchinchi ustunga "Bildim" deb yozib qo'yiladi. Talaba birinchi o'rganilayotgan mavzu bo'yicha o'ziga ma'lum bo'lgan informatsiyani yozadi. U muhokama etilgandan so'ng guruh bo'lib ikkinchi ustun to'ldiriladi. Unga talabalar bilishni istagan muammolar yoziladi. Agar talabalar qiynalsa, o'qituvchi ko'maklashadi. Yangi mavzu o'qituvchi tomonidan o'tiladi. Bunda mavzu qisqa tushuntirilib, materialni mustaqil o'qishga tavsiya etilishi, surilgan ma’ruza yoki ma’ruza va tajriba shaklida o'tilishi, tajriba ko'rsatilib tushuntirilishi mumkin. Yangi mavzu o'rganilgandan so'ng uchunchi ustun to'ldirilishi talab etiladi. Natija guruhda muhokama etiladi.
“Rezyumi” usulining mazmun mohiyati.
Mashg’ulotni olib borish tartibi: umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan. Rezyumi usulini mavzuni o'rganishning turli bosqichlarida qo'llanilishi mumkin:
boshida, o'z bilimlarini erkin faollashtirish;
mavzuni o'rganish jarayonida, uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab
yetish;
yakunlash bosqichida,olingan bilimlarni tartibga solish.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |