ALLA. “Alla” istilohining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Kimdir uni arabcha “olloh” so‘zining fonetik o‘zgarishga uchragan shakli desa, kimdir o‘zbekcha “aldamoq” so‘zidan kelib chiqqan, shunga ko‘ra u bolani aldab-avrab uxlatish ma’nosiga ega deya izohlashga urinadi. Bu izohlarning soxtaligi va haqiqatni aks ettirmasligi o‘z-o‘zidan ayonlashib turibdi. L.Z.Budagov chig‘atoychada “allala” boshning orqasi, ya’ni “ensa”ni anglatishini qayd etgan. Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda uxlanadi. Chaqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi - allalasi bilan chalqanchasiga cho‘zilib uxlaydi. Bolaga uyqu chaqirishda qo‘llanishi shu vazifasidan kelib chiqqan. Bunda “allala”shakli “alia, alla-yo, alla-yo alia” tarzidagi ko‘rinishlar bilan to‘lishib, uyquga chorlovchilik mohiyatini kasb etgan. Chaqaloq yoshini to‘ldira borishi jarayonida bu so‘zdagi tovushlarni idrok etishi tufayli uyqusi kelganda o‘zining ham “alla” so‘zi lug‘aviy jihatdan “bosh orqasi” va “uxlamoq” ma’nolarini anglatsa, istilohiy ma’nosiga ko‘ra uyqu chaqirmoq, uxlatmoq asosiy vazifasiga aylangan silsilaviy qo‘shiq turini anglatadi. Abu Ali ibn Sino allaning shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday e’tirof etgan: “.. bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak: Biri, bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun aytish odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil qilinadi” Bu mulohazadan to‘rt narsa ayonlashadi: birinchisi, allaning bundan ming yil ilgari - Ibn Sino zamonida ham mavjudligi bo‘lib, janrning genetik asosiga nazar solish imkonini beradi. Ikkinchisi, allaning ijrosi - sekin-asta tebratishga omixta holda kechishi, uchinchisi esa, bolani uxlatishgagina xizmat qilishi va nihoyat to‘rtinchisi, bolaning ham jismoniy, ham ma’naviy chiniqishida muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘ri ilg‘angan.
Alla, odatda, bolaning emizikli davrida - to 3 yoshini to‘ldirgunigacha aytiladi. Bolalaming shu yoshi bilan bog‘lanishi qat’iy bo‘lib, beshik qo‘shig‘i sifatida tavsiflanishiga yo‘l ochgan. Allani ona suti bilan bog‘lab “sutda qorilgan va mehrga yo‘g‘rilgan qo‘shiq” tarzida muqaddaslashtirish sababi shunda
Alla faqat kuylanadi. Uni shunchaki aytish, yo deklomatsiya qilish mumkin emas. Monoton ohang o ‘zbek allalari uchun mushtarak xususiyatdir. Odatda, alla kuyi bilangina bolaga orom bag‘ishlaydi, uni elitadi. Bola uchun uning so‘zi emas, balki kuyi muhim. Chunki u hali so‘zni anglamaydi. Alladagi so‘zlar ona uchun muhim: ular ona qalbining nidolari. Allaning bir maromdagi tebranishga mos mayin ohangi bola ma’naviy ehtiyojining dastlabki qondirgichi sifatida xizmat eta boshlaydi. Zero, tadqiqot va kuzatishlarning tasdiqlashicha, chaqaloq tug‘ilgach, uchinchi kundan e’tiboran kuy va ovozni idrok eta boshlaydi. Birinchi oydaligidayoq musiqiy idrokni - ritm va ohangni idrok eta olishini namoyon qila boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |