ISHLANMASI
“Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri, bolani asta sekin tebratish, ikkinchisis esa, uni uxlatish uchun aytish odat bo’lib qolgan musiqa va alladir”
Abu Ali ibn Sino
Karmana tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi musiqa fani o’qituvchisi Abdiyeva Shaxnozaning
4- sinf o’quvchilari bilan “To’xtasin Jalilov hayoti va ijodi” mavzusida ochiq dars
Kuy qo’shiq insonga berar ozuqa, Raqslar olami turli joziba. Sozanda chaladi ko’ngil torini, Insonga hamisha hamroh musiqa
Sana: _______
Sinf 4
Fan: Musiqa
Mavzu To’xtasin Jalilov hayoti va ijodi
Ta'limiy
Tarbiyaviy
Riivojlantiruvchi:
- O'quvchilarga To’xtasin Jalilov hayoti va ijodi haqida tushuncha va ma'lumotlar berish
- O'quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Milliy kuy qo’shiqlarni yosh avlodga o'rgatish. Musiqamizga hurmat ruhida qarash
- O'quvchilarni to'g'ri qo'shiq kuylashga va tinglashga o'rgatish
Darsning maqsadlari
Dars turi
Yangi bilim berish
Dars usuli
Aqliy hujum, klaster
Dars jihozi
T. Jalilov surati, krossvord, tarqatmalar
Darsning borishi
I Tashkiliy qism
II Uyga vazifani nazorat qilish
IIIO’tilgan mavzuni mustahkamlash
IV Yangi mavzu bayoni
V Yangi mavzuni mustahkamlash
VI O’quvchilarni baholash
VII Uyga vazifa berish
O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarga to‘g‘ri javob beradi, muloqotda muomala odobiga rioya qiladi,
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalari haqida tushunchaga ega bo‘ladi, mavjud axborot foydalana oladi.
I Tashkiliy qism I Tashkiliy qism O’qituvchi: Bolajonlar omonmisiz Bugun darsga tayyormisiz O’quvchilar: Biz hammamiz omonmiz Bugun darsga tayyormiz. Darsda kimlar yo’q bugun. O’quvchilar: Bugun darsda hamma bor Biz darsingizga intizor. O’qituvchi: Ko’p tillarni bilmoqlik Yoshlarga zo’r imkoniyat O’qib izlanib doim Ochar barcha qulflarni. O’quvchilar: To’g’ri aytasiz ustoz Til bilgan el biladi. Ingliz tilida qo’shiq Kuylamoqchimiz hozir. O’quvchilar ingliz tilida qo’shiq kuylaydilar. O’qituvchi: O’quchilar, 9- fevral qanday kun? O’quvchilar: Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavallud topgan kun. O’qituvchi : Alisher Navoiyning bu yil necha yilligini nishonlayapmiz? O’qituvchi: 14-fevral qanday kun? O’quvchilar: Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Bu yil 532 yilligini nishonlaymiz. O’quvchilar Alisher Navoiy va Bobur ijodidan she’rlar aytadilar. Texnik vositadan Navoiy g’azaliga bastalangan qo’shiq tinglanadi. Uy vazifalarini nazorat qilish. Uy vazifalarini nazorat qilish. Qanday marosim va mavsum qo’shiqlarini bilasiz? Gap gashtak nima? Dirijorlik o’lchovi nima? O’tilgan qo’shiqni kuylash Ovoz sozlash mashqi 1. 2. Damin doirani Diyoraga dumalatdi Diyara doirani Daminga dumalatdi 3. Suvdan ko’tardim ko’za Ko’zada oltin g’oza. Ko’za-yu g’oza qo’limda, Yalilabobo yalli Yangi mavzu bayoni 0‘zbekiston xalq artisti, sozanda va bastakor To‘xtasin Jalilov (1896—1966) Andijon shahrida aravakash Jalil ota oilasida tug'ilgan. U bolaligidan musiqani sevgan va dastlab Oppoq Oxun va Muhammad tanburchilardan cholg'uchilik ko‘nikmasini olgan. Keyinchalik qo'qonlik Yusufjon changchidan xalq musiqa boyliklarini mukammal o‘rganib, ularni idrok etish malakasini hosil etgan.
Do
re
mi
fa
sol
lya
si
do
Ustozlarning saboqlari kelajakda T. Jalilov mohir sozanda va ovozi yoqimli ashulachi bo'lib yetishishida, qolaversa, xalqchil kuy, qo‘shiq va ashulalar ijod etishida muhim zamin bo'ldi. Ayni paytda, ustaning yangi zamon ruhi bilan sug'orilgan musiqiy asarlari bilan o‘zbek bastakorligi jabhasida yangi davr ham boshlandi. T.Jalilovning «Aziz Vatanim», «Ey, hur Vatanim», «To'ylar muborak», «Kokiling», «0‘ynasin» kabi qo'shiq va ashulalari xalqimiz orasida mashhur bo‘lib ketgan. Shu bilan birga T.Jalilov 0‘zbekistonda musiqali drama janri shakllanib, riyojlanishiga ulkan hissa qo'shgan san’atkordir. Jumladan, usta «Halima», «0‘rtoqlar», «Gulsara», «Nurxon», «Tohir va Zuhra», «Ravshan va Zulxumor», «Farg‘ona hikoyasi», «G‘un- chalar», «Alpomish» kabi sahna asarlariga musiqa bastalagan. T.Jalilov jami 40 dan ortiq sahna asarlariga musiqa ijod etgan. Ustozlarning saboqlari kelajakda T. Jalilov mohir sozanda va ovozi yoqimli ashulachi bo'lib yetishishida, qolaversa, xalqchil kuy, qo‘shiq va ashulalar ijod etishida muhim zamin bo'ldi. Ayni paytda, ustaning yangi zamon ruhi bilan sug'orilgan musiqiy asarlari bilan o‘zbek bastakorligi jabhasida yangi davr ham boshlandi. T.Jalilovning «Aziz Vatanim», «Ey, hur Vatanim», «To'ylar muborak», «Kokiling», «0‘ynasin» kabi qo'shiq va ashulalari xalqimiz orasida mashhur bo‘lib ketgan. Shu bilan birga T.Jalilov 0‘zbekistonda musiqali drama janri shakllanib, riyojlanishiga ulkan hissa qo'shgan san’atkordir. Jumladan, usta «Halima», «0‘rtoqlar», «Gulsara», «Nurxon», «Tohir va Zuhra», «Ravshan va Zulxumor», «Farg‘ona hikoyasi», «G‘un- chalar», «Alpomish» kabi sahna asarlariga musiqa bastalagan. T.Jalilov jami 40 dan ortiq sahna asarlariga musiqa ijod etgan. Texnik vositadan To’xtasin Jalilov “Tohir va Zuhro” dramasidan Otmagay tong qo’shig;i tinglanadi. Yangi mavzuni mustahkamlash
1
T. Jalilov kim va qanday unvon olgan?
2
T. Jalilovning ustozlari kimlar?
3
T. Jalilov kuy va qo’shiqlarining nomlari
Sirli sandiq sharti (sahna ko’rinishi) -Kanizaklar: Oh, go’zallik timsoli Malikam. Yoningizga kirishga ijozat eting. -Bugun sizga yangiliklar bisyor. Huzuringizga ilmga tashna ilm ahli tashrif buyurishgan. Malika: Men hayotimni kuy qo’shiqsiz, raqssiz tasavvur eta olmaman. Kim ekan –u? mening huzurimga haddi sig’ib tashrif buyuribdi? -Biz Malikam. Malikam sizning qo’lingizga sehrli sirli sandiq etsangiz. Undan barcha foydalansa. Saroyda turganidan ne foyda. -Bo’pti ko’ndirdingiz. Siz mening bir shartimga rozi bo’lsangiz, sandiqni emas, sandiq kalitini ochib taqdim etaman. Nimadir u inson bilan hamrohdir? Nimadir u hasrat g’amni unutdirar? Nimadir u harakatga chorlaydi? Nimadir u yashahsimga undaydi?
“Topqirlik tanlovi” sharti
| | |
Bastakor
|
Qo’shiq
|
Yaratadi
|
Xonanda
|
Qo’shiq
|
Kuylaydi
|
Sozanda
|
Kuy
|
Chaladi
|
Raqqosa
|
Raqs
|
Tushadi
|
Musiqa
|
Biz
|
Bilan
| Dars yakuni: O’quvchilarni baholash. Dars yakuni: O’quvchilarni baholash. Uyga vazifa qo’shiqni yod olish
Cholg’u asboblari
nay
karnay
surnay
dutor
rubob
tanbur
chang
doira
G’ijjak
chanqobuz
tor
Do'stlaringiz bilan baham: |