Ilk qadam
ORZULAR
Ko‘zlarimga uyqu kelmagan tunlar,
Qog‘oz-qalam bilan so‘zlashdim biroz.
Sen-la o‘tgan go‘zal baxtiyor kunlar,
Yodga olsam mahzun yuragim yig‘lar.
Kunlar o‘tib ketdi bo‘rondek tezda,
Alloh menga go‘zal sabrni berdi.
Ko‘zlarimda qolgan sening surating,
Ko‘zyoshlarim bilan yiroqlab ketdi.
Qoldi orzularim armonlar bo‘lib,
O‘zim yoqqan gulxan ichra yondi.
Ko‘zlarim javdirab la lillah dedim,
Karami kengligim dardimni oldi.
Men bu hayotda yashashni bildim,
Maqsadim bor mening orzularim bor.
Kim uchundir umrim qurbon qilmayman,
Axir meni sevgan go‘zal Robbim bor.
Sen mendan ketib bevafoginam,
Meni o‘zligimni qaytarib berding.
Suyganim Alloh-u quchganim Onam,
Har kech tushlarimda jannatni ko‘rgum.
75
Do'stlaringiz bilan baham: |