Mo‘g‘ulistondan topilgan bitiklar. Bular orasida To‘nyuquq, Kul tegin, Bilga xoqon va Ongin bitiklari muhim o‘rin tutadilar.
To‘nyuquq bitigi – Ulan-Batordan 66 km janubiy – sharqda, Bain Sokto manzilida joylashgan. Ikkinchi turk hoqonligining asoschisi Eltarish hoqon (681 – 691 y.y.)ning maslahatchisi sarkarda To‘nyuquqqa atalgan bo‘lib, 712 – 716-yillarda yozilgan. Er–xotin Klemenslar tomonidan 1897 yili topib o‘rganilgan. V.V.Radlov tomonidan 1899 yili, V.Tomsen tomonidan 1922 yili, X.Sheder tomonidan 1924 yili, D.Rodss tomonidan 1930 yili, G.Aydarov tomonidan 1971 yili yaxshi o‘rganilgan. Bitik nemis, daniya, ingliz va rus tillariga tarjima qilinib, chop etilgan. G‘.A.Abduraxmonov hamda A.Rustamov tomonidan o‘zbek tiliga qisqacha tarjima qilinib 1982 yili chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |