Oltoydan topilgan bitiklar – Chorish, Katandi daryolari. Qo‘shog‘och hamda tog‘li hududlardan topilgan bitiklarni aytib o‘tish mumkin. Ushbu bitiklarning O‘rxun – yenisey bitiklaridan farq qiladigan tomonlari shundan iboratki, bu bitiklar etnografik materiallarga boydir. Oltoydan topilgan yozuvlar P.M.Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, V.M.Nadelyaev, D.D.Vasilev tomonidan e'lon qilingan.
Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar – Turfon vohasidagi g‘orlarda joylashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar alohida o‘rin tutadi. Bitiklar asosan V.Tomsen tarafidan chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |