Yenisey bitiklari – mashhur rus xaritashunos olimi S.U.Remezov tomonidan XVII asr oxirida yenisey havzasidan (hozirgi Xakas avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. S.U.Renezovdan keyin ushbu bitiklar haqida shvetsiyalik harbiy asir F.Stralenberg (Tabbert) ham ma'lumot beradi. U yenisey havzasidagi qabrlardan toshga o‘yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuvlar haqidagi ma'lumotlar birinchi marta XIX asrning birinchi choragida “Sibirskiy vestnik” jurnalida e'lon qilingan. 1889 yili fin olimlari yeniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini tuzganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |