Baholash mezonlari
|
Eng yuqori ball
|
To‘plangan ballar
|
Kurs ishining sifatli bajarilishi va rasmiylashtirilishi
(40 ball)
|
Rejaning tuzilishi va izchilligi
|
5
|
|
Kurs ishining mazmuni
|
10
|
|
Ma’lumotlarning yangiligi
|
10
|
|
Savodxonligi
|
10
|
|
Xulosaning asosliligi
|
5
|
|
Himoya vaqtidagi ma’ruzasi
(30 ball)
|
Kurs ishi mavzui va mazmunini izohlay olishi
|
10
|
|
Mustaqil mulohaza va ijodiy yondashuvi
|
10
|
|
Mavzu bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bayon etishi
|
10
|
|
Himoya vaqtida berilgan savollarga javob berishi
(30 ball)
|
Mavzuga oid ilmiy-nazariy ma’lumotlarni bilishi
|
10
|
|
Mavzuga oid ilmiy-metodik tajribalardan xabardorligi
|
10
|
|
Savollarga javob berishda o‘z mulohazalarini asoslay olishi
|
10
|
|
J A M I
|
100
|
|
Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 2-“B” kurs talabasi Bazarova Rahimaning O‘zbek adabiyoti fanidan “O‘zbek mumtoz adabiyotining tur va janrlari” mavzusida tayyorlagan kurs ishi va himoyasi uchun “_____” ball (“_____” %) qo‘yildi.
“_____” __________ 2021- yil
Komissiya a’zolari: dots. S.Matyakupov
f.f.d(PhD) H.Allamberganov
REJA:
Kirish
I. Mumtoz adabiy tur va janrlarning paydo bo’lish shakllari
II. O’zbek mumtoz adabiyotida nazmiy janrlarning o’ziga xosligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Adabiyot va san’at madaniyatni rivojlantirish
xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning
mustahkam poydevoridir.
(SH.M.Mirziyoyev)
San’atning boshqa turlari kabi badiiy adabiyot ham hayotni undagi insonlarning ruhiy holati, o’y-fikrlari bilan birgalikda aks ettiradi. Adabiyotning tasvir mavzusi ham, avvalombor, insondir. “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo’lsa so’z san’ati-badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarni esa inson ruhining muhandislari deb ta’riflashi bejiz emas, albatta”.1Adabiyot va san’at asarlarining kishilarni yuksak ma’naviy-axlоqiy ruhda tarbiyalashdagi badiiy-estetik ta’sir хususiyatidan imkоni bоricha kеngrоq fоydalanish muhim ahamiyatga ega. Mumtoz adabiyot - milliy va jahon badiiy madaniyati xazinasini tashkil etgan, ko’pchilik tomonidan tan olingan mashhur asarlar silsilasi hisoblanadi. Shukronalar bo’lsinki, jannatmakon O’zbekiston bo’ylab bugun hurfikrlilik shabadasi esmoqda. Asrlar bag’rida bo’y cho’zgan mumtoz badiiy yaratmalarni o’z qonuniyatlari asosida tahlil va tadqiq qilish tobora teranlashib bormoqda. Tariqat pirlari asarlarini forsiydan turkiyga tarjima qilish, ilmiy tahlildan o’tkazish va nashr etish borasida jiddiy yutuqlarga erishildi. O’tmishda yaratilgan adabiyotshunoslikka oid asarlarni ham o’zbek mumtoz adabiyoti tarixi o’z ichiga oladi. Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a”, Davlatshoh ibn Baxtishohi Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”, Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”, “Mezonzul-avzon”, “Muhokamat ul-lug’atayn”, “Nasoyim ul-muhabbat”, Bobur Mirzoning “Muxtasar” yoki “Aruz risolasi”, Fazliy Namangoniyning “Majmuat ush-shuaro” kabi asarlari shular jumlasidandir. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda borliglini ko’rsatadurg’on oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo’qotmak-millatning ruhini yo’qotmakdur”-deb aytadi.2 Adabiyot jamiyatdagi muayyan tabaqa, toifa, soha vakillariga mo’ljallanib qolmay, ommaviylik kasb etadi. Badiiy adabiyotning obraz yaratuvchi muhim quroli so’z bo’lganligi bois o’zbek mumtoz adabiyoti bevosita til tarixi bilan uzviy aloqadorlikda ish ko’radi. Bu jihatdan o’zbek mumtoz adabiyoti ilohiyot, tasavvuf, tarix, falsafa, jug’rofiya, etnografiya (elshunoslik) singari fanlar bilan yaqin aloqada ish ko’rib, rivojlana boradi. O’zbek mumtoz adabiyotini muayyan tarixiy jarayonlar asosida davrlashtirib o’rganish u haqda ma’lum umumlashma xulosalar chiqarishga imkon yaratadi. Muayyan davrda yaratilgan badiiy asarlarning til xususiyatlari hamda so’z san’atining boshqa tamoyillarini nazarda tutib o’zbek adabiyoti taraqqiyot jarayonlarini tarixiylik nuqtai nazaridan davrlashtirish maqsadga muvofiq sanaladi. Adabiyotshunos N.M.Mallayev o’zining “O’zbek adabiyoti tarixi” kitobida o’zbek adabiyoti tarixini yuqorida qayd etilgan qamrovli tamoyillarga ko’ra 5 davrga bo’lib o’rganishni tavsiya etadi.3 Olim undagi ayrim bosqichlarni ichki bosqich - etaplarga bo’lib o’rganish mumkinligini ham e’tirof etgan. O’zbek mumtoz adabiyotini davrlashtirishda N.Mallayevning fikrlariga tayanish mumkin. O’zbek mumtoz adabiyotini quyidagi asosiy taraqqiyot bosqichlariga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir:
1. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
2. X-XII asrlar adabiyoti.
3. XIII asr va XIV asr boshlaridagi adabiyot.
4. XIV asr o’rtalaridan XVII asrgacha bo’lgan adabiyot.
5. XVII asrdan XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan adabiyot.
Bu davrlashtirish hodisasini mumtoz adabiyotimizning aksariyat yirik hajmli asarlarida o’z ifodasini topib takomillashgan. Ayniqsa, ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiy “Xamsa”sidan joy olgan dostonlarda bunday noyob adabiy hodisa namunalarini ko’plab uchratishimiz mumkin. XIII asr va XIV asr boshlarida o’zbek mumtoz adabiyoti ma’lum bir tarixiy taraqqiyot bosqichini o’tadi. Turli janrlarda ijod etila boshlandi. Ayniqsa, turkiy adabiyotga g’azal, qasida janrining kirib kelishi, “Qissasi Rabg’uziy”dek yirik hajmli nasr namunasining ijod etilishi xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-madaniy hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. XIV asrning oxirida “Muhabbatnoma” muallifi Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi kabi shoirlar barakali ijod qilishgan bo’lishsa, XV asrning birinchi yarmida Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy, Hofiz Xorazmiy kabi so’z san’atkorlari badiiy ijod bilan shug’ullanadi. XV asrning ikkinchi yarmi o’zbek mumtoz adabiyoti tarixida, haqiqiy ma’noda, Alisher Navoiy davri bo’ldi. XVI asrda esa Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Solih, Majlisiy, Xoja kabi mumtoz ijodkorlar adabiyot ravnaqiga o‘zlarining munosib ulushlarini qo’shishga muyassar bo’lishdi. XIV -XV asrning birinchi yarmida turkiy adabiyot olamida adabiy tur va janrlar ancha takomillashdi. Mumtoz adabiyotimiz tarixida muhim bosqich bo’lgan bu davrda noma, munozara, doston, hikoya, masal va memuar kabi janrlar ham vujudga kelgan. Xorazmiy “Muhabbatnoma” asari bilan noma janriga (turkiy adabiyotda) asos soldi. Bu shaklda yaratilgan asarlarda epik bayon his-tuyg‘ularning nozik ifodasi bilan badiiylashtirilishiga ko’ra, noma liro-epik turga yaqinlashdi. Liro-epik tur ham ancha ravnaq topdi. O’zbek mumtoz adabiyotida Alisher Navoiyning “Xamsatul- mutahayyirin”, “Holoti Sayid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” asarlari, Zahiriddin Muhammad Bobur “Bobumoma”sining vujudga kelishi o’zbek nasrining ancha taraqqiy etganligini dalillaydi. Shunday qilib, bu davrda juda ko’p she’riy shakllar bilan birga badiiy nasrning nodir namunalari ham vujudga keldi va takomillashdi. Alisher Navoiy turkiy adabiyotni jahoniy mavqega ko’targan ulug’ so’z san’atkori sifatida mumtoz adabiyotimizning keyingi taraqqiyot bosqichlarida yashab ijod etgan shoirlarning ma’naviy ustozi bo’lib qoldi. Nafaqat turkiy tilda ijod etgan so’z san’atkorlari, balki Sharq adabiyotining juda ko’p mumtoz namoyandalari ham bu ulug’ shoirning boy adabiy merosidan ilhomlandilar, o’sha ijodiy turtki tufayli o’zlarining yangi-yangi badiiy asarlarini ijod etdilar.
Biz an’anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga: epik, lirik va dramatik turlarga ajratamiz. Adabiy asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan diqqat markazida bo’lgan. Antik davr yunon faylasufi Aflotun o’zining “Davlat” asarida shoir o‘z tilidan (lirika), o’zgalarning gaplarini muloqot sifatida tasvirlab (drama) yoki bu ikkisini qorishiq (epos) qo’llagan holda taqlid qilishi mumkinligini aytadi.4
San’atni tabiatga “taqlid qilish” deb bilgan Arastu esa tabiatga uch xil yo’sinda: 1) o’zidan tashqaridagi narsa to’g’risida hikoya qilayotgandek (epos); 2) taqlidchi o’z holicha qolgan, qiyofasini o’zgartirmagan holda (lirika); 3) tasvirlanayotgan kishilarni faol harakatda taqdim etgan holda (drama) taqlid qilish mumkin deb bilgan.5 Adabiy asarlarning nutqiy tashkillanishi, tasvir predmeti, ob’ekt va sub’ekt munosabati kabi jihatlari bilan umumiylik kasb etuvchi yirik guruhga adabiy tur deyiladi.
Mumtoz adabiyotimizda faqirlikka alohida e’tibor berilgan. Bu borada tegishli hadislarni sharhlash va badiiy ifodalash yo’lidan borilgan. Mumtoz adabiyotda eng ko’p tasvirga olingan hadislar: “Har ummat uchun bir fitna sababi bor. Ummatimning fitnasi mol-dunyodir”, “Faqirlar bilan birga o’tirib-turish kamtarlik va ustun bir fazilatdir”, “Allohim, meni faqir o’laroq yashat va faqir o’laroq o’ldir” kabilardir. Xullas, “faqir”, tasavvufda mol-dunyoga o’ch bo’lmaslik, zohiran yo’qsul hayot kechirish, Ollohga etishish uchun qilinadigan xatti-harakat va bosib o’tiladigan maqomlarni ifodalovchi atama bo’lib qoldi. “Faqrnoma”da mana shu maqomlar aks ettiriladi.6
Do'stlaringiz bilan baham: |