Badiiy asar mazmuni va shaklidagi qonuniyatlar o`z navbatida mavzu va g`oyada ham, ularning uzviy birligida ham namoyon bo`ladi. Chunki, badiiy asarning tasvir obyekti-hayot (mavzu), tasvir vazifasi-tuyg`ular tarbiyasi (g`oya)-quyulmadir. - Badiiy asar mazmuni va shaklidagi qonuniyatlar o`z navbatida mavzu va g`oyada ham, ularning uzviy birligida ham namoyon bo`ladi. Chunki, badiiy asarning tasvir obyekti-hayot (mavzu), tasvir vazifasi-tuyg`ular tarbiyasi (g`oya)-quyulmadir.
- “Adabiyotning mavzui butun tabiat, borliq dunyosi, insonning o`z ichki-tashqi dunyosida sezib onglag`anlaridir. Bir tomchi suvdan tengizgacha, bir uchqundan buyuk bir yog`ingacha, kichkina bir yaproqdan ulug` o`rmonlargacha nima bor esa, hammasi adib-yozg`uvchi uchun mavzu bo`larlik narsalardir” (A.Fitrat. “Adabiyot qoidalari”).
Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, hayot va insonga taaluqli barcha hodisalar adabiyotning mavzuiga asosdir; shu asosning eng mayda zarrachasida ham inson bilishi lozim bo`lgan, uning yashashi uchun zarur-hikmatlar, sirlar, mo`jizalar mujassamdir. Bu cheksiz, chegarasiz dunyodirki, unda har bir yozuvchi (shoir) o`z kuzatishi va tahlil qilishiga, hayotiy tajribasi va qiziqishiga, hayajoni va kashfiga, bilish va salohiyatiga (yana o`nlab xususiyatlariga) ko`ra hikmatni, mo`jizani (g`oyani) o`zicha (subyektiv) kashf etadi va ana shunga munosabatini fikrini-maqsadini ochib beradigan mavzu (hayot parchasi)ni tanlaydi, to`g`rirog`i unga ishq qo`yadi. Niyat ham, ishq ham yurakdan tug`iladi. Mavzu – butun borlig`ingizni, o`ylab yurgan orzu-umidlaringizni birinchi ko`rishdanoq hayajonga solgan qiz, shu qizga tushgan ishqingiz. Bu ishq Sizni maftun etadi, qizni o`rganishga, kuzatishga, bilishga maylingiz yurgan-turganingizda ham, uyquda ham kamaymaydi; tasavvuringiz (qalbingiz), ongingiz (kompyuteringiz) qudrati ila xayolingizda jonlanayotgan bo`lajakdagi uchrashuvlardan, turli-tuman holat va tuyg`ulardan lazzatlana boshlaysiz, har bir kashfingizdan yuragingiz gup-gup tepa boshlaydi, charchoq nimaligini, ochlik nimaligini, hayotning boshqa tashvishlarini nazar-pisand qilmaysiz. Qalbingiz fikr va tuyg`ular nuridan-“oziqlanadi”... - Mavzu – butun borlig`ingizni, o`ylab yurgan orzu-umidlaringizni birinchi ko`rishdanoq hayajonga solgan qiz, shu qizga tushgan ishqingiz. Bu ishq Sizni maftun etadi, qizni o`rganishga, kuzatishga, bilishga maylingiz yurgan-turganingizda ham, uyquda ham kamaymaydi; tasavvuringiz (qalbingiz), ongingiz (kompyuteringiz) qudrati ila xayolingizda jonlanayotgan bo`lajakdagi uchrashuvlardan, turli-tuman holat va tuyg`ulardan lazzatlana boshlaysiz, har bir kashfingizdan yuragingiz gup-gup tepa boshlaydi, charchoq nimaligini, ochlik nimaligini, hayotning boshqa tashvishlarini nazar-pisand qilmaysiz. Qalbingiz fikr va tuyg`ular nuridan-“oziqlanadi”...
Do'stlaringiz bilan baham: |