Turkiy guliston yoxud axloq so’zboshi o



Download 0,82 Mb.
bet28/35
Sana14.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#794388
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
Turkiy Guliston yoxud Axloq. html

GIYBAT
G’iybat deb bir kishining kamchilik va qusurini orqasidan so’ylamakni aytilur. G’iybat so’ylamak harom o’ldig’i kabi eshitmak ham haromdur. Kishi o’z nafsiga lazzat umidi-la birovni g’iybat qilub, etini chaynamak gunoh ham insoniyat nomina yarashmagan eng yomon axloqi zamimalardandur. Inson boshqa gunohlarni nafsining lazzati uchun qiladur. Ammo g’iybat sohibi lazzat o’rniga o’z boshiga yoki bir boshqa kishining boshiga bir balo hozirlaydur. Chunki so’z borub g’iybat qilinmish kishining qulog’iga yetar. G’azab qoni harakatga kirar, g’iybatchidan o’ch olmak dushmanlik tushar. Oxiri o’limgacha borub tiralur. Shul tariqa g’iybatdan tug’ulgan adovat cho’zilmoqg’a oid bo’lub, dushmanlik zo’rayub, o’z oralaridagi xususiy janjallar ila aziz umrlarini uzdirub, umumiy xalq foydasi uchun ishlanadurgan milliy ishlardan mahrum bo’lmaklari ila barobar aholining orasidan ittifoqning yo’qoluviga sabab bo’lurlar. Alhosil, qaysi bir millatning orasida birlik ko’tarilub, nifoq va adovat hukm surgan bo’lsa, ul
qavmning inqiroz dunyosiga yuzlanganlig’i tarix sahifalaridan ma’lumdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «G’iybatdan saqlaningiz, g’iybat zinodan ham yomonroqdur», – demishlar.
Agar jurm-u gunah bolsun desang oz, Tilingni saqla giybatdan qish-u yoz. Quloqqa paxta tiq, giybat eshitma, Shikoyatchi kishiga bolma damsoz.
HAQORAT
Haqorat deb bir kishining hafsiga, iffatiga tegadurgan so’zlar ila qadr va e’tiborini tushurmak niyatida yomon muomala qilmakni aytilur. Ulamolar diniy kitoblarda: «Tashbihi zino gunohi kabiradur, -birovni haqorat qilish ulug’ gunohlardandur», – demishlar. Lekin bizlarning oramizda xotun-qizga borushub, bir-birimizni haqorat qilmak odat hukmig’a kirmishdur. Buning sababi axloqsizlik, gunoh va savobni farq qilmog’onimizning samarasidur. Haqorat tahqir qilingan kishining diliga o’rnashub, shunday yomon jarohatlarni ochurki, fursatni g’animat topub o’ch va intiqom olmaguncha tuzalmaydur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Ikki odam bir- birini so’ksa, gunoh boshlovchiga bo’lur. Magar qarshi bo’lgan kishi ortuq ketsa, har ikkisi ham gunohda o’rtoq bo’lurlar. Yana mo’min qarindoshini so’kmak fosiqlik, onlar ila urushmak kufrdur», – demishlar. Shul xususda Mirzo Bedil:
Zi harfi no muloyim zahmati dilho mashav Bedil, Ki har jo jinsi sangi hast, boshad dushmani ayno.
Tarjimasi:
Yomon sozlar ilan dillarga zahmat bermagil Bedil, Ne yerda toshni jinsi bolsa, bolgay shishaga dushman,
deb insonlarning dilini shishaga, haqorat va yomon so’zlarni toshga

Mol va dunyoga mag’rur bo’lub, har kimga haqorat ko’z ila qaragan kishilar tezgina o’zlari ham xor va haqoratga duchor bo’lurlar. Haqorat va birovni xo’rlamak so’z va ish ila o’ldig’i kabi qalam va yozuv ila ham bo’ladur. Ba’zi adab va tarbiyadan mahrum muharrir va shoirlar bo’ladurki, dillariga kelgan narsalarni qaytarmasdan, axloq va adabni rioya qilmasdan, xalqdan ibo qilmasdan, bachcha va juvonlar sha’niga muvashshahmi, yoki bir mo’min birodarlarining haqida hajv va istehzomi yozub, matbuot va adabiyot dunyosini iflos va mulavvas qilmak ila barobar o’zlariga hamsuhbat bo’ladurgan yoshlarning axloqini buzulmog’iga sabab va namuna bo’lurlar.
tashbih qilub, yomon so’z kishining shisha kabi nozuk dilini parcha-parcha qiladur, – demishlar.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish