«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»


“Turkiston milliy birligi” tashkiloti



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/33
Sana05.03.2023
Hajmi1,18 Mb.
#916770
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati

“Turkiston milliy birligi” tashkiloti.
Sovetlarning Turkistonda olib borgan 
bosqinchilik va mustamlakachilik siyosatiga qarshi faol kurash olib borgan 
tashkilotlardan yana bittasi “Turkiston milliy birligi”dir. U 1920-yilda Buxoroda 
tashkil etildi. Uning tashkilotchilari Ahmad Zaki Validiy To’g’on, Munavvarqori, 
F. Xo’jayev, Hoshim Shayx Qushbegiyev, A.Muhitdinov, S. Tursunxo’jayev va 
112
Жазо муддатини ўтаб бўлгач. Азиз Лазиззодага ўша ернинг ўзида яшаб қолишга рухсат этилди. Ётти 
йилдн сўнг у Тошкентга келди. 1949 йилда яна камокка олиниб, Сибирнинг Красноярск ўлкасида доимий 
яшаш учун сургун килинди. Ора-Дан беш йил ўтгач. 1954 йилда унга ўз Ватанига кайтишга рухсат берилди. 
113
СССР Халк комиссарлари қошидаги махсус Давлат сиёсий Бошкармасининг У рта Осиё (Тошкент)даги 
ваколатли вакиллиги архиви. ИИ 22291-иш, 3-ж., 15-в. 
114
'O'sha joyda, 706-bet. 


89 
boshqalar bo’ldi. 1921-yil, avgustda «Markazlar markazi» «Turkiston milliy 
birligi» nomi bilan qayta tashkil etildi
115

Bu tashkilotning tashkil etilishida otashin turkparast A.Z.Validiyning xizmati 
katta bo’ldi. U Lenin boshliq rus sovet hukumatining turk-musulmon xalqlariga 
nisbatan olib borayotgan mustamlakachilik siyosati mohiyatini juda tez anglagan 
edi. 1917-yildayoq Oktabr harbiy to’ntarishidan 22 kun o’tgach Zaki Validiy 
Boshqirdistonda milliy muxtoriyat hukumati va milliy qo’shin tuzdi. Sovet 
hokimiyatiga qarshi bosh ko’targan Kolchak uni 1918-yil, 3-fevralda sovetlar 
tarafdori sifatida qamoqqa oldi. Aprel oyida Z.Validiy qamoqdan qochib chiqib, 
harbiy vazir va hukumat boshlig’i sifatida Boshqirdiston mustaqilligini himoya 
qildi. Nihoyat 1919-yil 18-fevralda A.Z.Validiy boshliq Muvaqqat hukumati 
RSFSR hukumatiga yordam berish va ittifoqdosh bo’lishni so’rab murojaat etdi. 
Tez orada “bitim” ham imzolandi. Shundan so’ng Lenin, Stalin va boshqa Kreml 
rahbarlari bilan 15 oy hamkorlikda ishladi. Lekin bu davrda Z.Validiyning milliy 
masalada markaz bilan kelishmovchiligi, jiddiy tus oldi. Nihoyat Bokuda ish olib 
borgan Sharq xalqlari qurultoyida yashirincha borib qatnashadi va u yerda 
Turkiston vakillari (T.Risqulov, Munavvarqori, T.Norbo’tabekov, va boshqalar) 
bilan uchrashdi, o’zaro muloqot va suhbatlar chog’ida Sovetlarning hamma turk-
musulmon muxtor hukumatlari va xalqlariga nisbatan bir xil mustamlakachilik 
siyosati olib borilayotganligi oshkor bo’ldi. Zaki Validiy 1920-yil, 12-sentabrda 
Lenin, Stalin, Trotskiy va Rikovga maxsus xatlar yozib, Turkistonning milliy 
birligi g’oyasi uchun ochiq kurashishga ahd qildi. Bu xatlarida A.Z.Validiy rus-
sovet hukumatining Turkiston va Boshqirdistonga nisbatan ikkiyuzlamachilik 
siyosatini fosh etib bunday deb yozadi: “Markazqo’m bizga qarshi siyosat tuta 
boshlashidan anglashildiki, siz Preobrajenskiy, Artem va ular safdoshlarining, 
ya’ni haqiqiy millatchi rus shovinistlarining fikrlarini Sharq xalqlariga nisbatan 
olib boradigan siyosatingizning asosi qilib etibsiz. ...Turkkomissiyaning tepasida 
turgan Frunze va Kuybishev bu tashkilotning umumiy yig’ilishida yerli Turkiston 
kommunistlariga qarshi olti oydan beri riyokor bir siyosat o’tkazib kelayotganini, 
115
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob . Тошкент “Sharq” -2010. 231-bet. 


90 
Turk MIK bilan hamkorlikning yasamaligini va faqat Risqulov va uning do’stlari 
bu tashkilotdan chiqqanidan so’nggina bu siyosatning riyokorona ekanligini ochiq 
aytish imkoni hosil bo’lganini... gapirdilar. Ayni Turkkomissiya a’zolaridan biri 
esa bulardan ham o’tkazib, yerli Turkiston aholisida sinfiy kurashni atayin 
qizitmoqqa kelishilganini va millatchilar (millatparvarlar ma’nosida -mualliflar) 
mahalliy mehnatkash sinfning dushmani deb ko’rsatajaklarini Risqulov va Validov 
sheriklarini o’sha sinfing dushmani qilib o’rtaga chiqarishlarini... bildirgan”. U 
yana bu sinfiy kurash to’g’risidagi fikrni davom ettirib yozadi: “Markazqo’m bu 
xususda qay darajada xato yo’lga burilib ketganini yaqinda ko’rajak va “sinfiy 
kurash”ni faqat terror va sun’iy yaratmoq yo’liga kirajakdir... 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish