«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/33
Sana05.03.2023
Hajmi1,18 Mb.
#916770
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati

“Milliy istiqlol” tashkiloti.
1925-yilda Munavvarqori tashabbusi bilan “Birlik 
ittihod”, “Ittihodi milliy”, “Milliy istiqloll” degan nom bilan qayta tashkil etiladi. 
Bu tashkilotning tuzilishiga O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining 
tashkil etilishi hamda Turkistonning parchalab tashlanishi, Turkiston birligi uchun 
kurashning o’ta mushkul bo’lib qolganligi sabab bo’ldi. O’zbekiston jadidlari endi 
o’z oldilariga asosiy vazifa qilib, mustaqil O’zbekiston uchun kurashni qo’ydilar. 
Lekin bu bilan ular umumturkiy olam birligi g’oyasi, Turkiston qadimiy ota va ona 
makon ekanligi, turkiy milliy madaniyat va qadriyatlar o’chog’i g’o-yasini inkor 
etmaganlar. “Ittihodi taraqqiy” va “Milliy ittihod” mustaqil Turkiston uchun 
kurashgan edi. “Milliy ittihod”ning tashkiliy tizimi, kurash usullari “Milliy 
istiqlol”da ham saqlanib qoldi. “Milliy istiqlol” Markaziy “uchlik” boshqaruvi 
Munavvarqorining ishongan shogirdlari Aziz Lazizzoda, Salimxon Tillaxonov va 
G’ofurjon Musaxonovlardan iborat bo’ldi. 
Aziz Lazizzoda 1926-yil O’rta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetini 
ikki yilda tugatgan yosh zamonaviy ziyolilardan edi. Shu yilning oxirida
Moskvadagi nokommunistik universitetga o’qituvchi qilib yuborildi va 
111
Мунавварқори Абдурашидхонов. Хотираларимдан. T-2001… 74-bet. 


88 
auditoriyaga ma’ruza o’qish uchun kirgan kuniyoq qamoqqa olinib, uch yilga 
Qalmiqistonga surgun qilindi
112

Tashkilotning Namangan, Andijon, Samarqandda bo’limlari bor edi. 
Tashkilotga rahbarlikni maxfiy suratda Munavvarqori Toshkentda turib amalga 
oshirdi. Munavvarqori qamoqqa olinguniga qadar asosiy maqsadi O’zbekistonni 
mustaqil ko’rishdan iborat bo’lgan “Milliy istiqlol” tashkilotiga rahbarlik qildi. 
Uning haqida Salimxon Tillaxonov GPU tergovichisi so’rog’iga bergan javobida 
bunday degan edi: “Bizning tashkilotimizning (ya’ni “Miliy istiqlol”-ning - 
mualliflar) dasturi yo’q edi. Uning dasturi ham rahbari va ilhomchisi ham 
Munavvarqorining o’zi bo’lgan”
113

Aziz Lazizzoda ham o’z ustozining siyosiy faoliyati haqida quyidagini yozib 
qoldirgan: “U tashkilotning yakka-yu yagona rahbari, teran aqllik mafkurachisi
ilhomlantiruvchi strategi, usta diplomat va boshqa shu kabi juda ham ijobiy kishi 
hisoblanadi. Uning aql-zakovati har doim hissiyotdan ustun bo’lgan, shuning 
uchun ham o’z harakatida kamdan kam xatolikka yo’l qo’yadi. Agar Munavvarqori 
tashkilotga rahbar bo’lmaganida, bu qadar muvaffaqiyatlarga erishmas edi”
114

“Milliy istiqlol” o’z yig’ilishlarini uning a’zolari xonadonlarida “gap” bazmi, har 
xil mehmondorchilik bahonasi ostida o’tkazgan. Tashkilot faollaridan biri 
Fatxiddin Maxsum Ismatullayevning guvohlik berishicha shunday “gap”lardan biri 
Munavvarqorining bog’ida o’tkazilgan.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish