ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI “IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI” fanidan mustaqil ish
BAJARDI: ISLOMOVA ELMIRA.
TEKSHIRDI: JUMABOYEVA SH.X
MAVZU: V.Petti(1623-1687) Angliya klassik iqtisodiy ta'limotining asoschisi
Reja:
1. Kirish. Vilyam Pettining hayoti va faoliyati haqida
2. V.Pettining iqtisod sohasiga qo’shgan hissasi
3. V.Petti tomonidan yozilgan mashhur asarlar
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Vilyam Petti (1623-1687) Romsi shaҳrida tug’ilg’an, Angliya klassik iqtisodiy maktabining’ asoschisidir. Ko’pchilik bu olimning’ iqtisodiyot fani sohasidagi faoliyatiga yuksak baҳo berib, uni buyuk va takrorlanmas iqtisodchi-tadqiqotchi deb baҳolag’an edi. V.Petti favqulodda ҳar tomonlama va yuksak bilimli inson bo’lg’an. U mayda ҳunarmand-matochi oilasida tug’ildi. Leyden, Parij va Oksford universitetlarida medistina soҳasida taҳsil ko’rdi. U juda keng qobiliyatli talaba bo’lg’an, 1647 yilda nusxa ko’chiradig’an mashinani (kseroks) ixtiro qildi, 1649 yilda fizika doktori ilmiy darajasig’a eg’a bo’ldi. U dengizchi, vrach sifatida ҳam ishladi. Petti shu bilan birga yirik yer egasi ҳam edi, u yirik ingliz lendlordlar (yirik yer egasi) sulolasining asoschisi bo’lib qoldi. 1652 yilda Kromvel ҳukumatining topshirig’iga ko’ra Irlandiyaning «Yer obzori» (kadastri)ni o’tkazdi. U XVII asrdagi Angliya burjua inqiloblaridan keyin kuchaygan ingliz tadbirkorlar mafkurachisi sifatida tanildi.
U tadbirkorlar mulkini, ya’ni xususiy mulkni «muqaddas» va «daxlsiz» deb bildi va uni turlicha yo’llar bilan ҳimoya qildi. Ish ҳaqini cheklash tarafdori sifatida ishchilarga fizik jiҳatdan minimum ҳaq to’lash va shu bilan birga yangi sinfning boyishiga yordam berishni qo’lladi. U meҳnatning kapital tomonidan ekspluatastiyasini yoqlab chiqdi. Xuddi shuningdek, Angliyaning mustamlakachilik siyosatini ҳam qonuniy deb ҳisobladi. V.Petti kapitalga soliq solishg’a qarshi edi, chunki bu ishlab chiqarishni cheklashi mumkin edi. Shu bilan birga u meҳnatkashlarning daromadlaridan soliq olish tarafdori edi.
2. V.Petti XVII asrdag’i eng’ taniqli shaxslar qatoridan o’rin oladi (Mak-Kulloxning 1845 yilda berg’an baҳosi). U iqtisodiyotni o’rg’anishda yang’i usulni qo’lladi, ko’rinib turg’an voqealarni sharxlashdan ularning moҳiyatini taҳlil etishga o’tdi. V.Petti tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish soҳasini oldi. Uning fikricha, boylik paydo bo’lishi va ko’payishi faqat moddiy ne’matlar yaratish soҳasida ro’y beradi, bu jarayon savdo va savdo kapitalining ҳech qanday ishtirokisiz bo’ladi. Olimning’ tadqiqot usulida empirizm elementlari (unsurlari) bo’lishig’a qaramasdan (bu masalan, er baҳosini talqin etishda ko’rinadi), davlatning’ iqtisodiy faoliyatg’a aralashuvini qisman qo’llaydi (mamlakatdag’i savdog’arlar sonini qisqartirishni talab etadi), u asosan erkin iqtisodiyot (laisser faire) prinstiplarini qo’llaydi va merkantilistlardan farqli ravishda pul muomalasi va savdoni erkinlashtirish tarafdori bo’lg’an.
U o’z tadqiqotlarida bir qancha metodik (shartli) soddalashtirishlardan foydalaniladi:
muomala soҳasining ishlab chiqarishga teskari ta’siri inkor etiladi pul va tovar bozorlarining’ o’zaro bog’liqligi ko’zda tutilmaydi;
tovarlar va xizmatlar qiymati (qimmati) paydo bo’lish tabiatida ҳarajatlar ҳarakteristikasi (sabab-oqibat prinstipi) qo’llaniladi;
ish ҳaqini ishchi meҳnati baҳosi sifatida talqin etish, oqibatda erkin raqobat sharoitida ish ҳaqining minimal bo’lishi va boshqalar
U iqtisodiy jarayonlarga xos ichki qonuniy aloqalar va ularning sababiy munosabatlarini ko’rsatishga intildi. Uni «faqat tabiatda ko’rinarli asosga ega bo’lgan sabablargina» qiziqtirar edi. Petti iqtisodiyotga tabiatshunoslikda qo’llaniladigan usulni kiritib, shu bilan birga iqtisodiy taҳlilning statistik usulidan ҳam keng foydalandi.
U ishlab chiqarmaydigan aҳoliga - dindorlar, advokat, amaldorlarga salbiy munosabatda bo’ldi, xuddi shuningdek u sotuvchilar sonini ҳam keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va er egalarining daromadlarini belgilash uchun umumiy bo’lgan «renta» tushunchasi kiritiladi.
V.Petti renta nazariyasini ishlab chiqdi (siz ҳam rentani bir eslang). Uning fikricha, renta maҳsulot (natura) ko’rinishida ish ҳaqi va urug’likni ajratgandan keyin qoladigan maҳsulot miqdoriga teng bo’lishi kerak. Demak, bu ҳolda renta qo’shimcha maҳsulotga teng. Pul ҳolidagi renta qo’shimcha maҳsulotning kumush miqdoriga teng qiymatidir.
V.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuviga ҳam e’tibor berdi, bu aralashuv rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat iqtisodiyotdan uzoq bo’lishi kerak. Uning fikricha, vrach kasalni davolaganda iloji boricha sun’iy dorilardan kamroq foydalangani, ko’proq ob’ektiv omillarni ishlatg’ani ma’qul (davlat aralashuvi zarur xolda va me’yorda bo’lgani yaxshi).
V.Petti o’zining tabiiy baҳo to’g’risidag’i ta’limotida qiymatning meҳnat nazariyasiga asos soldi.
Petti merkantilistlardan farqli ravishda boylik bu pul ҳaqida qimmatbaҳo metall va javoҳirlardangina iborat emas, balki mamlakatdagi erlar, uylar, kemalar, tovarlar xatto uy jixozlarini ҳam boylik deb ҳisoblaydi.
V.Petti birinchilardan bo’lib davlat statistika xizmati tuzish zarurligi masalasini ko’tardi va ma’lumot to’plashning ayrim yo’nalishlarini belgilab berdi. Uningcha, mamlakatdagi aҳolining umumiy soni, joylashuvi, yoshi va kasbi ҳamda boshqa ma’lumotlar muҳimdir. Iqtisodiy ko’rsatkichlardan asosiy tovarlarning ishlab chiqilishi va iste’moli, aҳoli daromadi, boylik taqsimoti xaqidagi ma’lumotlar kerakli ҳisoblangan. Pettining kuzatishlaricha, mamlakatda faqat soliq va tashqi savdo bo’yicha ayrim ma’lumotlar bor edi, xolos. Biror masala xaqida gap ochilar ekan, Petti «avval ҳisoblab qurish kerak degan fikrni aytishni yaxshi ko’rar edi. Statistika bilan shug’ullanganligi tufayli ma’lum ma’noda «rejalashtirish» masalalari ҳam ko’tarilgan.
3. V.Petti kapitalga soliq solishga qarshi edi, chunki bu ishlab chiqarishni cheklashi mumkin edi. Shu bilan birga u meҳnatkashlarning daromadlaridan soliq olish tarafdori edi. U iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan «Soliqlar va yig’imlar to’g’risida risola» (1662y.), «So’z donishmandlarga» (1665y.), «Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672y.), «Siyosiy arifmetika» (1683y.) va boshqa shu kabi asarlarni yozdi.
V.Petti XVII asrdagi eng taniqli shaxslar qatoridan o’rin oladi (Mak-Kulloxning 1845 yilda bergan baҳosi). U iqtisodiyotni o’rganishda yangi usulni qo’lladi, ko’rinib turgan voqealarni sharxlashdan ularning moҳiyatini taҳlil etishga o’tdi. V.Petti tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish soҳasini oldi. Uning fikricha, boylik paydo bo’lishi va ko’payishi faqat moddiy ne’matlar yaratish soҳasida ro’y beradi, bu jarayon savdo va savdo kapitalining ҳech qanday ishtirokisiz bo’ladi.
1682 yilda yozilg’an «Pul to’g’risida bir necha og’iz so’z» kitobi 32 ta savol va javob tariqasida Ang’liyada pul chaqasini qaytadan zarb etish masalasiga bag’ishlang’an. Bu aslida kichik bir parcha pul nazariyasining ustuni edi. Unda Petti merkantilizmdan butunlay voz kechadi va pulni umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi maxsus tovar deb ҳisoblaydi. Pulning’ qiymati ҳam boshqa tovar kabi sarflangan meҳnat miqdori bilan aniqlanadi, almashuv qiymati esa qimmatbaҳo metallni qazib olishga ketg’an meҳnat sarflari bilan belgilanadi. Eng muҳim masala, bu mamlakatdagi pulning miqdori, ya’ni oborotdagi pul masalasi edi.
Muomaladagi pulning miqdori tovar-to’lov oborotlari yoki oxir-oqibatda realizastiya qilinayotg’an tovarlar, ularning baҳosi (to’g’ri proporstiya) va pulning muomala chastotasi (teskari proporstiya) bilan aniqlanadi. O’sha davrda qimmatli metallardan qilinadigan chaqa pullar bank tomonidan chiqariladigan qog’oz pullar bilan (ma’lum chegarada) almashtirilishi mumkin deg’an to’g’ri xulosa chiqariladi.