Turkistonda rossiya imperiyasi mustamlaka boshqaruv tuzumining qaror topishi



Download 135,5 Kb.
bet1/5
Sana08.08.2021
Hajmi135,5 Kb.
#142040
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5260762096336898632


TURKISTONDA ROSSIYA IMPERIYASI MUSTAMLAKA BOSHQARUV TUZUMINING QAROR TOPISHI

Reja:
Kirish

  1. Turkistonda Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi.

  2. TASSRning tashkil topishi va uning 1918, 1920 yillardagi Konstitutsiyalari.

  3. 1918-20 yillardagi Turkiston qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish

1917 yil 27 fevralda Petrogradda burjua-demokratik inqilobi g‘alabasi Turkiston o‘lkasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Natijada Turkistonda ham ishchi va soldat deputatlari Sovetlari va har xil toifalar vakillaridan tuzilgan ijroiya komitetlari tashkil etila boshlandi. Toshketning hamma daxalari vakillari to‘planib «Sho‘roi Islom» tashkilotini tuzishgan.

1917 yilning mart oyida o‘lka muxtoriyati masalasi Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida asosiy masala bo‘lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g‘oyasi nafaqat demokratik ziyolilar o‘rtasida, hatto oddiy fuqarolar orasida ham keng tarqalgan.1

31 mart kuni rus podshosining o‘lkadagi tayanchi- Turkiston general gubernatori hokimiyatni tark etdi. 1917 yil 7 aprelda Mu-vaqqat hukumat qarori bilan Shchepkin raisligida Turkiston komiteti tashkil qilingan. 9 kishidan iborat bu komitet a’zolarining 4 tasi: Davlat Dumasining a’zosi A.Bukeyxonov, II-chaqiriq Davlat Dumasi a’zosi Maxmudjon Tinishpaev, III-chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi Sadri Nizamovich Maqsudov va general mayor Abdulaziz Davlatshin bor edi.

Aslida, Muvaqqat hukumat Turkiston general-gubernatorligi bilan almashtirilib, o‘lkani mustamlakachilik usulida boshqarishning tashqi lavhasigina o‘zgartirilgan, uning mohiyati esa avvaligicha qolavergan. Natijada, Turkiston qo‘mitasi bilan mahalliy jamoat tashkilotlari o‘rtasida qarama-qarshilikni vujudga keltirdi.

Turkiston mahalliy aholisining oshib borayotgan ijtimoiy-siyosiy faolligi sharoitida Toshkentda 1917 yil 16 aprelida «Sho‘roi Islomi”ning Toshkent tashkiloti tashabbusi bilan chaqirilgan Butunturkiston musulmolarining I-qurultoyi ish boshladi. Bu se’zda o‘lkadagi barcha tub xalqlarning vakillaridan iborat 150 ta delegat qatnashgan. Rayosat tarkibiga Munavvar qori, Ubaydulla Xo‘jaev, Sherali Lapin, Mustafo Cho‘kaev, Toshpo‘latbek Norbuta-bekov, Ahmad Zaki Validiy, Sodiq Sattorov, I.Shoaxmedov, Abduraxmon O‘razaev, Mulla Abdumaxmud Maxmudov, Serekboy Akaev, Axmadbek Qo‘ybokarov, Sobirjon Yusupovlar hukumatga munosabat; Rossiyada idora qilish shakli to‘g‘risida; Ta’sis majlisiga tayyorgarlik ko‘rish haqida; Turkistondagi mahalliy fuqarolar muassasalari; Turkistonda diniy-shariat muassasalari; maktablar, madrasa-lar va vaqflar; moliyaviy ishlar; avvalgi zamondan qolgan muassasa-larni yangilash; Turkistondagi barcha musulmonlarga rahbarlik qiluvchi islom diniy boshqaruvini tuzish to‘g‘risida» oziq-ovqat masalasi; urushga munosabat; front ortida (mamlakat ichkarisida) xizmat qiluvchilar haqidagi masala; «Sho‘roi Islomni» o‘lka miqyosida birlashtirish to‘g‘risida; «Sho‘roi Islomiya»ning ijroiya qo‘mitalariga munosabat; Rossiya Umummusulmonlar s’ezdiga delegatlar saylash haqida; yer-suv to‘g‘risidagi masalalar kiritilgan edi.2

S’ezdning so‘nggi majlisida Markaziy rahbarlik organi – Turkiston o‘lka musulmonlar Sho‘roi (O‘lka mus sho‘rosi)ni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘lka musulmon sho‘rolarini tuzish milliy harakatga uyushgan va markazlashgan tus bag‘ishlash uchun barcha tarqoq, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan musulmon jamiyatlari, qo‘mitalari va ittifoqlarini birlashtirishni ko‘zda tutardi.

O‘lkamussho‘roning 1917 yil …Bo‘lib o‘tgan majlisida Nizom qabul qilindi. Nizomga muvofiq barcha shahar, uezd, volost, musulmon sovetlari va «Sho‘roi Islom», «Ravnaq-ul islom», «Mirvaj-ul-islom», «Muallimlar jamiyati», «Talabalari jamiyati» kabi boshqa jamoat tashkilotlari milliy va sinfiy tafovutlariga qaramay, musulmon deputatlari volost, uezd va shahar Sho‘rolariga birlashish-lari, ularning hammasi birgalikda musulmon deputatlari Turkiston Markaziy Sho‘rosiga bo‘ysunishlari lozim edi. O‘lkamussho‘ro biron-bir sinf, partiya yoki qabilalarning organi bo‘lmay, balki qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi vakolatli umummusulmon rahbarlik organi sifatida tuzilayotgani haqida aniq izoh berilgan edi.

Dasturda yozilishicha, muxtor jumhuriyatlar parlamenti va mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv tashkilotlariga saylovlar, umumiy asosda, yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, millatning 20 yoshga yetgan barcha a’zolari jinsi, sinf yoki dinga mansubligidan qat’i nazar teng saylov huquqiga ega bo‘lib, o‘zlari ham saylana oladilar. Musulmon ayollarining saylovdagi ishtiroki esa «shariat qonun-qoidalari asosida o‘tishi lozim»3 deyiladi.

Jumladan, ular o‘z dasturlarida muxtoriyatga erishgan o‘lkalar ichki boshqaruv masalalarida, moliya, shariat, madaniyat, adliya va xalq maorif masalalarida mustaqil bo‘lmoqlari kerak, degan fikrni olg‘a suradilar. Bunda har bir respublika, viloyat, uezdlarga bo‘linib, ularga mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish huquqi, Rossiyada yashab kelayotgan barcha turkiy millatlar va elatlarga esa tegishli masa-lalarni hal etish yuzasidan umumiy milliy-madaniy uyushma tashkil etish huquqi berilishi lozimligi ta’kidlandi.

Diniy masalalarni hal etish uchun maxsus «Mahkamai sharia» tashkilotini tuzishni, uning viloyatlardagi boshqarmalariga, qish-loqlarda esa bo‘linmalari bo‘lgan qozixonalarga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Rossiya musulmonlariga taalluqli barcha muammolarni hal etish uchun Shayxulislom tomonidan boshqariladigan umumiy kengash saylash mo‘ljallangan.

Dasturda fuqarolarning huquqlariga bag‘ishlangan bo‘lim, ayniqsa, e’tiborga loyiq bo‘lib, unda «Jumhuriyatning butun aholisi, dini va millatidagi farqidan qat’i nazar, qonun oldida bir xil javobgardir» deb qayd etilgan edi.

Vijdon erkinligi, ayniqsa shaxs daxlsizligi ya’ni shaxs hibsga olingandan so‘ng 24 soat ichida ayb e’lon qilinishi, pasport tartibini bekor qilish, soliq hajmi daromad va foydadan kelib chiq-qan holda belgilanishi zarurligi, barcha davlat mulklari musodara qilinib, aholiga ijara uchun berish yoki fuqarolarga sotish taklif etildi.

Dasturda ishchilar uyushmalari, jamiyatlar tuzish, ish tashlash usuli bilan o‘z huquqlarini himoya qilishi mumkinligi bayon etildi. Uning himoya qilish uchun alohida qonunlar zarurligi to‘g‘risida maxsus modda kiritilgan.

Muxtor jumhuriyatning qonuniy tizimi sud va yustitsiya tashkilotlari biror kimsaning aralashuvidan holi bo‘lib, faqat shariat va qonunga bo‘ysunmog‘i zarurligi, sud ishlari advokat ishtirokida olib borilishi lozim.

Bilim olish huquqi, maktabning mustaqilligi, boshlang‘ich maktab bepul, umumta’lim majburiyligi, o‘qitish tillari haqida to‘xtalib o‘tilgan.

O‘lkamusshuroning tashkiliy bo‘limi tarkibi quyidagilardan : ya’ni, Zaki Validiy, Farid Toxiriy, Tolibjon Musoboy, Yamin Yanboev, Muhammadamin Afandizoda, Nizomiddin Asaliy, qori Ziyoboy, Murodxo‘ja Salimxo‘ja, Shokirjon Raximiy, Tuzel Jonboy, Abdulla Avloniy, Salohitdin Muftizoda, Piri Mursilzoda va Muhammadjon Poshshaxo‘jaevlardan iborat bo‘lgan.4

O‘lkamussho‘ro huzurida maorif bo‘limi ham tashkil qilingan. Uning tarkibiga Munavvar qori, Zaki Validiy, Burxon Xabib, Po‘latxon Poshshabekov, Abdulqosi Aminzoda, Abdusalim qori, Rustambek Yusufbek, Ibrohim Toxiriy va boshqalar saylangan. Turkistonning birligi va yaxshi tomon muhim qadam qo‘yildi.5

Birlashish jarayonlari har doim ham bir tekisda rivojlanavermaydi. Munavvar qori boshchiligidagi, Sho‘roi Islomiyadagi 1917 yil iyun oyida asosan diniy ulamolardan tashkil topgan «Sho‘roi Ulamo» ajralib chiqqan.

Toshkentdagi ishchi va soldat deputatlari Soveti musulmonlar o‘rtasidagi ushbu bo‘linishdan ustalik bilan foydalanishga urinishgan. Sentyabr voqealari natijasida Toshket Soveti hokimiyatni qo‘lga olishga harakat qilgan.

1917 yil 10 sentyabrda Toshkentda Butunturkiston musulmon-larining II-qurultoyi ochildi. Ushbu qurultoy hokimiyatni soldat ishchi va dehqon deputatlari Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Sentyabr voqealari jamiyatdagi siyosiy qarama-qarshiliklarni kes-kinlashtirib, o‘lkadagi ishchilar harakati bilan milliy harakatning keyingi yo‘llarini bir-biridan ajratib yubordi.

Toshketda 1917 yil 17-20 sentyabrda Turkistonlik va qozoq musulmonlarining qurultoyida «Sho‘roi Islomiya», «Sho‘roi Ulamo», «Turon» va boshqalarni biriktirish yo‘li bilan butun Turkiston va uchun umumiy bo‘lgan «Ittifoqi muslimin” degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilingan.6

«Ulamochilar» qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o‘lkasi-ning bo‘lg‘usini siyosiy boshqaruvi to‘g‘risida bo‘lib, unda demokratik Rossiya tarkibida hududiy federatsiya «Turkiston federativ Respublikasi» tuzilishi g‘oyasi olg‘a surildi. Fevral inqilobining ta’siri bilan Turkistonda kasaba uyushmalari ommaviy ravishda tashkil etildi, mahalliy xalqlar tillarida gazetalar chiqa boshladi.

1917 yil sentyabr oyida bolsheviklashgan Toshkent Soveti soldatlarni va asli Rossiyalik ishchиlarnи o‘z tomonиga torta olgan edи. Toshkentdagи oktyabr to‘ntarиshи qatnashchиlarи 1 noyabrda Bosh komиssar general Korofиchenko va Muvaqqat hukumatnиng Turkиston komиtetиnи qamoqqa olиshgan va shu kunи Turkиstonda Sovet hokиmиyatиnи o‘rnatиlganlиgи e’lon qиlиndи. qurollangan rusиyzabon иshchиlar, asosan temиryo‘lchиlar, Toshkent garnиzonиnиng soldatlarи bиlan bиrgalиkda bиr guruh mahallиy bиnokor иshchиlarnиng xayrи-xohlиgи bиlan davlat to‘ntarиshиnи o‘tkazdиlar.

Turkиston bolshevиklarи o‘lkadagи butun hokиmиyatnи o‘z qo‘llarиga olиsh uchun shafqatsиz kurash olиb bordi.7

1917 yиl 15-22 noyabrda Toshkent shaharda bo‘lиb o‘tgan иshchи soldat va dehqon deputatlarиnиng III-o‘lka se’ezdиda hokиmиyat masalasи hal qиlиndи. Bunda 15 kиshиdan иborat Turkиston Xalq Komиssarlarи Sovetи tuzиldи. (18 so‘l esar va 7 bolshevиk). hukumatga mahalliy aholidan birorta ham vakil kiritilmadi. Sherali Lapin boshchiligidagi «Ulamochi»lar, menshevik va so‘l eserlarning O‘lka Soveti tarkibiga musulmon vakillarini ham kiritish borasi-dagi takliflari inobatga olinmadi.

Rossiya Xalq Komissalari Soveti 2 noyabrda «Rossiya xalqlari huquqlari deklaratsiyasi va 20 noyabrda «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga» murojotnoma e’lon qildi. Deklaratsiya-da xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquq rasmiy ravishda tan olindi; hattoki ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqi berildi; hamma va har qanday milliy va mustaqil davlat tuzish huquqi berildi; hamma va har qanday milliy, diniy va boshqa cheklanishlar bekor qilindi.

Ko‘p o‘tmay, Turkiston XKS «Sho‘roi Islomiya», «Sho‘roi Ulamo» tashkilotlarini tarqatib yuborilgan.

2. Turkiston ASSRning tashkil topishi va uning 1918, 1920 yillardagi Konstitutsiyalari.

1917 yil 26-28 noyabrda Qo‘qon shahrida Turkiston o‘lkasi musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining yevropali vakillari ham keng huquqli bo‘lib ishtirok etishgan. Turkistonning boshqarish tuzumi to‘g‘risidagi masala uch kun davom etgan qurultoyning diqqat markazida turgan.

Qurultoyning barcha viloyatlaridan vakil bo‘lib kelgan qariyib 200 ga yaqin qatnashchilari bilan muxtoriyat va mustaqillik e’lon qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladilar.8

qQurultoyda qabul qilingan qarorda «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z taqdirini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Rossiya tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qildilar».

28 noyabrda tarkib topayotgan davlatning nomi aniqlanib «Turkiston muxtoriyati» deb ataladigan bo‘lgan. Butunrossiya ta’sis majlisi chaqirilgunga qadar, hokimiyat Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston xalq (millat) majlisi qo‘lida bo‘lishi kerak edi. Turkiston Muvaqqat kengashi a’zolaridan tuzilgan Muvaqqat huku-mati hay’ati tarkibiga 8 kishi Muhammadjon Tanishboev- bosh vazir, ichki ishlar vaziri, Islom Shoaxmedov bosh vazir o‘rinbosari, Mustafo Chukay- tashqi ishlar vaziri, Ubaydulla Xo‘jaev- harbiy vazir saylandi, ulardan 4 o‘rin rusiy zabon aholi vakillariga ajratilgan.

Qurultoy jarayonida Turkiston Millat majlisi 54 kishidan iborat qilib saylandi, shunday 2/3 qismi, ya’ni 36 nafari mahalliy aholidan edi.

Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa fursat ichida xalq o‘rtasida katta e’tibor qozondi. Fitrat muxtoriyat e’lon qilingan kunni «milliy laylaturqadrimiz» deb atadi.9

Turkiston Muxtoriyatini ko‘pgina nomusulmon firqa va jamoat tashkilotlari ham qo‘llab-quvvatladilar. Shaharlarda tantanali namoyishlar bo‘ladi, milliy va rus matbuotida uni madh etuvchi, barcha millatlar manfaatiga mos ekanligi haqida o‘nlab maqola va chaqiriqlar bosiladi. Shunga qaramay, u 72 kun hayot ko‘rdi. Sho‘ro hukumat 1918 yil fevralida Muxtoriyatni va Qo‘qon shahri aholisi-ni qonga botirdi, uch kunlik qirg‘inda shaharda 10 000 kishi o‘ldirildi.

Turkiston Muxtor Sovet Respublikasi Turkiston o‘lkasi Sovetlarining V-qurultoyida tashkil etildi. O‘lka Sovetlarining qurultoyi 1918 yil 20 aprelda o‘z ishini boshladi. Unda 263 ta mandatga ega bo‘lgan vakillar qatnashdilar. Shulardan 86 kishi firqasiz edi. qurultoy ishtirokchilarining atiga 20%gina mahalliy xalq vakillarini tashkil etardi.

23-26 aprel kunlari qurultoy sanoat korxonalarini milliylashtirish, temir yo‘l trasportidagi ishlarning borishi, yer-suvga doir tadbirlarni amalga oshirish, harbiy qurilish, Turkistondagi oziq-ovqat masalasining ahvoli kabi masalalarni muhokama qildi va qaror qabul qildi. 27 aprelda qabul qilingan «Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining navbatdagi vazifalari to‘g‘risida»gi dek-laratsiyasida ochiqdan ochiq mustamlakachilik ruhidagi qaror qabul qilindi. Unda: «Turkiston Rossiya Federatsiyasining tarkibiy qismi bo‘lib qoladi» deyilgan edi.

30 aprelda shaxsan V.I.Leninning ko‘rsatmasiga asosan, qurultoy RSFSR tarkibiga kiruvchi Turkiston Muxtor Sovet Respublikasini tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi va shu davlat to‘g‘risidagi Nizom qabul qilinadi. Turkiston Muxtor Sovet Respublikasi haqidagi Nizomga ko‘ra:

1) Turkiston o‘lkasi Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi va unga Xiva va Buxorodan tashqari butun Turkiston jug‘rofiy hududi kiritildi.

Turkiston ASSR 1918 yil Konstitutsiyasi Turkiston Respub-likasining quyidagi mustaqil huquqlarini belgiladi:



  1. Konstitutsiya miqyosida belgilangan qonunchiliklar;

  2. Turkiston Respublikasining yerlari, suvlari va zahirala-rini tasarruf etish va boshqarish;

  3. Mehnatga haq to‘lash me’yorlari va lavozimlarni, boshqaruv-ning federal hukumat sohalaridan boshqa barcha sohalariga mansab-dor shaxslarni tanlash, federal hukumatlarga nisbatan o‘z ixtiyoriga ko‘ra nomzodini qaytib olish va nazorat qilish huquqini ta’sis etish;

  4. Federal hukumat tomonidan qabul qilingan mahalliy shart-sharoit, harbiy muassasalar asoslariga nisbatan qo‘llanadigan o‘zgarishlar;

  5. Mahalliy xo‘jalik, qo‘shnichilik va militsiya masalalari bo‘yicha federal vakillar orqali yon mamlakatlar bilan bevosita munosabatda bo‘lish;

  6. Rossiya federatsiyasi miqyosida qarz va moliyaviy bitimlar;

  7. Federal soliq va to‘lovlardan tashqari boshqa soliqlarning o‘rnatilishi;

  8. Respublikaning maishiy xususiyatlarini hisobga olgan holda fuqarolik va jinoiy sud tizimi va sudlov asoslari, shuningdek, fuqarolik va jinoyat qonunlarining o‘zgarishlari;

  9. Turkiston respublikasi miqyosida umumiy va qisman amnistiya;

  10. Vakolatxona me’yorlariga nisbatan saylov qonunining o‘zgarishlari;

  11. Turkiston respublikasi tarkibiga kiruvchi viloyat va milliy uyushmalar chegara va vakolatlarini belgilash va o‘zgartirish kiritish, o‘zaro bahslarning yechimini topish;

  12. Turkiston respublikasi tarkibiga Rossiya federatsiyasi miqyosida yangi a’zolarning qabul qilinishi va unga ilgari a’zo bo‘lganlarning chiqishini tasdiqlash;

  13. Turkiston respublikasi umumiy ma’muriy-hududidiy bo‘linishi;

  14. Turkiston respublikasi hududida federal hukumat tomonidan ishlab chiqilgan xo‘jalikni rivojlantirish rejalariga asoslangan xalq xo‘jaligi rejasining mustaqil o‘rnatilishi;

  15. O‘z byudjetiga ega bo‘lish;

Ko‘rsatilgan huquqlarni belgilashda Turkiston respublikasi-ning markazdan uzoqligi, ulkan hududi, etnografik, topografik va maishiy xususiyatlari e’tiborga olindi.10 Mazkur xususiyatlar Tur-kiston Kengashining IX-s’ezdi tomonidan Turkiston ASSRning mustaqil huquqlarini mustahkamlagan yangi Konstitutsiyasini tas-diqlashda ham hisobga olingan. Turkiston ASSRning 1920 yil Konstitutsiyasi TASSRning 1918 yil Konstitutsiyasining Turkres-publikasining huquqlari to‘g‘risidagi ayrim bandlariga aniqlik kiritdi, ayrimlarini chiqarib tashladi. Shunday qilib, TASSRning 1920 yil Konstitutsiyasiga muvofiq, Turkiston respublikasi quyi-dagi mustaqil huquqlarini amalga oshirdi:

  1. Turkiston respublikasi sarhadlarida joylashgan yer, yer osti boyliklari va suv zahiralarini tasarruf qilish;

  2. Konstitutsiyada belgilanganidek qonunchilik va boshqaruv;

  3. Lavozimlar ta’sis qilish va ish haqi me’yorlarini belgilash, federal hukumatlariga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa barcha sohalari mansabdor shaxslarini tanlash va tayinlash;

  4. Federal hukumat tomonidan belgilangan soliq va to‘lovlardan qat’i nazar soliq va to‘lovlarni belgilash;

  5. Respublikaning mehnat qiluvchi aholisiga tatbiq qilina-digan sud tizimi va sudlov asoslari huquqiy me’yorlarini belgilash;

  6. Turkiston ASSR tarkibiga kiruvchi viloyat va milliy uyushmalar hududlari chegaralari va vakolatlarini belgilash va o‘zgartirish;

  7. Turkiston ASSR ma’muriy-hududiy bo‘linishini belgilash;

  8. Turkiston ASSR miqyosida umumiy va qisman avf etish va amnistiya;

  9. Turkiston ASSR byudjetini belgilash va tasdiqlash uchukn Butunittifoq markaziy ijroiya qo‘mitasiga taqdim qilish;

Turkiston ASSR 1920 yilgi konstitutsiyasi Turkiston respublikasining quyidagi huquqlarini chiqarib tashladi:

A) federal hukumat tomonidan qabul qilingan mahalliy shart sharoitlarga asoslangan qarbiy muassasalarni o‘zgartirish huquqi;

B) Mahalliy xo‘jalik, qo‘shnichilik va militsiya masalalari bo‘yicha federal vakillar orqali yon mamlakatlar bilan bevosita munosabatda bo‘lish huquqi;

V) Rossiya federatsiyasi miqyosida qarz va moliyaviy bitimlar huquqi;

D) Turkiston respublikasi tarkibiga Rossiya federatsiyasi miqyosida yangi a’zolarning qabul qilinishi va unga ilgari a’zo bo‘lganlarning chiqishini tasdiqlash huquqi va boshka huquqlar.11

Turkiston ASSRning 1918 yilgi konstitutsiyasida mudofaa, tashqi aloqalar, pochta, telegraf, dengiz ishi, temir yo‘llar, tashqi savdo, sanoat va moliya federal boshqaruv vakolatlariga mansubligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da. Shunga qaramay bu masalalar bilan bevosita turkiston markaziy ijroiya qo‘mitasiga bo‘ysunuvchi maxsus kommisa-riatlar shug‘ullangan.

TASSRning 1918 yilgi konstitutsiyasiga ko‘ra Turkiston respublikasida Tashqi Ishlar bo‘yicha Kommisariat, harbiy Ishlar bo‘yicha Kommisariat, Pochta va Telegraflar Kommisariat, Moliya Ishlari bo‘yicha Kommisariat, Aloqa yo‘llari bo‘yicha Kommisariat va boshqalar faoliyat ko‘rsatgan. Bularning hammasi o‘sha paytda federal organlar va Turkiston respublikasi organlari o‘rtasida faoliyat doiralarining chegaralanishi hal bo‘lmagan.

Boshqa sovet respublikalaridagi bo‘lgani kabi Turkiston ASSRning xarakterli belgisi avtonomiyaning Sovet hokimiyati asosida, proletariat diktaturasi printsiplari asosida qurilgan-ligi edi.

Davlat va jamiyat tashkilotlarining tizimida yetakchi o‘rinni Turkiston Kommunistik Partiyasi – ishchilar kommunistik partiyasining tarkibiy va bo‘linmas kismi egallagan.

Rossiyadagi 1917 yilgi fevral inqilobi, 300 yildan ortiqroq hukmronlik qilgan Romanovlar sulolasining taxtdan ag`darilishi o`lkadagi taraqqiyparvar kuchlar tomonidan ham zo`r hursandchilik bilan qarshi olindi. Petrogradda Muvaqqat Hukumat tuzildi. Bu hukumat hokimiyatni Ta`sis majlisiga qadar boshqarib turishi kerak edi. Yangi hukumat imperiyaning barcha xalqlari uchun demokratik -siyosiy erkinliklar e`lon qildi.

Ayni paytda mahalliy ilg`or ziyolilar ham zudlik bilan milliy jamiyat va nashrlar uchun harakat boshladilar.12

1917 yil mart oyining boshlarida o`lka musulmon ziyolilarining «Sho`roi Islomiya» jamiyati tuzildi. Bu tashkilotning vujudga kelishi tasodifiy bo`lmay, balki Turkiston xalqlari siyosiy fikrlari tadrijiy rivojlanishi­ning qonuniy mahsuli edi. Uning tarkibini turli xil dunyoqarashdagi, biroq, milliy ozodlik g`oyalarini o`zlarining asosiy maqsadi deb bilgan o`lka ziyolilari tashkil qilar edi.

Ushbu tashkilotning yuzaga kelishida Turkiston jadidlari muhim rol o`ynadilar. Tez orada turli shaharlarda «Sho`roi Islomiya»ning sho``balari tashkil topdi. Jadidlar ommani «Sho`roi Islomiya» atrofida jipslashishga da`vat etdilar.

Turkiston o`lkasiga muxtoriyat berish masalasi birinchi bor musulmonlar­ning I Butun-Turkiston s`yezdida (1917 i. aprel) qo`yildi. Shuningdek, bu masala «Sho`roi Islom» Markaziy Qo`mitasi doirasida ham muhokama qilingan edi. «Kengash» gazetasining dalolat berishicha, Markaziy Qo`mita a`zolari muxtoriyatni shunday tushunishar edi: Turkistonning o`ziga maxsus idora va ijroiya muassasalari, ya`ni qonun ishlab chiqadigan parlamenti, ish yuritadigan hukumati bo`lishi lozim. Tashqi siyosat, moliya, yo`llar, harbiy ishlar Umumros­siya Federasiyasi hukumatining ishi deb hisoblandi. Maorif ishlari, mahal­liy yo`llar masalasi, mahalliy idoralar, adliya hamda yer masalalarining hammasi mahalliy muxtoriyat hukumati doirasidagi ishlar deb qaraldi.

Muxtoriyat masalasi musulmonlar orasida 1917 yil may oyining boshida Moskvada bo`lib o`tgan Butunrossiya musulmonlarining birinchi s`yezdidan keyin yanada faolroq qo`yila boshladi. Biroq s`yezd rahbarlari har qancha harakat qilish­ma­sin, yagona fikrga kelish nihoyatda mushkul bo`ldi. Chunki, mamlakatning musulmonlar yashaydigan hududlari muxtoriyati xususidagi masala keskin bahs va tortishuvlarga sabab bo`lgan edi. Muxtoriyat xususidagi tortishuvlar, chiqishlar s`yezdni ikkiga bo`lib yubordi. Natijada, Rossiyaning Turkiston, Qirg`iziston, Kavkaz, Qrim va hokazo o`lkalari vakillari federativ respublika tarafdori bo`lganliklari uchun o`zlarini «federalistlar», Rossiyaning ichki guberniyalari va Volga bo`yi musulmonlari vakillari esa unitar (bir butun, qo`shma) respublika tarafdori bo`lganliklari uchun o`zlarini «unitaristlar» deb atadilar. Lekin, har qalay s`yezd demokratik ruhdagi qarorni qabul qilishga muvaffaq bo`ldi. Unda Ta`sis majlisiga saylovlar o`tkazish haqidagi qonun loyihasini tayyorlash bo`yicha maxsus komissiya tuzildi. Turkiston o`lkasidan Ubaydulla Xo`jayev ana shu komissiya tarkibiga a`zo bo`lib kirdi.13

1917 yilda Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim masalalardan biri, bu Turkistonda yangi boshqaruv usulidagi davlatchilikni tashkil etish edi. O`sha tarixiy shart-sharoitlarda milliy davlatchilikka ega bo`lish g`oyasi turli tashkilot va partiyalarning o`zaro kurashida asosiy qurolga aylangan edi. Jadidlarning intilishlari Turkistonda federasiya asosida milliy-demokratik davlatchilikni barpo etishga qaratilgan edi.14 Jadidlar­ning muxtoriyat (avtonomiya), davlatchilik to`g`risidagi g`oyalari o`sha paytdagi Rossiyada mavjud siyosiy-ijtimoiy va inqilobiy ahvol bilan bog`liq holda shakllanib keldi. Ular mustamlaka xalqlarning Rossiyadan butunlay mustaqil bo`lib chiqib ketishlarini hali kun tartibiga qo`yolmagan edilar. Chunki Rossiya­dek qudratli imperiya changalidan asta-sekinlik bilan, oqilona nozik siyosat yurgizish orqali butunlay mustaqillikkka erishish mumkinligini jadid­lar yaxshi anglaganlar.

12-14 iyul kunlari Skobelev shahrida Farg`ona viloyat musulmon tashkilotlari vakillarining navbatdagi s`yezdi bo`lib o`tdi. Ushbu s`yezdda 137 delegat ishtirok etdi. Anjuman barcha musulmon tashkilotlarini siyosiy jihatdan birlashishga chaqirdi.

Ushbu s`yezdning muhim ahamiyati, «Turk Adami Markaziyati» firqasining tuzish haqida qaror qabul qilinishi bo`ldi. Delegatlar tuzilajak firqaning nizomnomasi va maromnomasi loyihasi bilan qisqacha tanishtirildilar. Turkis­ton­ning ko`plab shaharlarida yangi partiyaning tashkiliy yig`ilishlari bo`lib o`tdi. Jumladan, 23 avgust kuni Andijonda «Havaskoroni maorif», «Turon», «Talabalar jamiyati» tashkilotlari vakillari tomonidan «Turk Adami Markaziyati» federalistlar firqasining Muvaqqat qo`mitasi tuzildi. 20 avgustda Marg`ilon shahrida 2 000 kishilik miting bo`lib o`tdi. Unda mahalliy «Sho`roi Islomiya» tashkiloti faollari yig`ilganlarni shaharda federalistlar firqasi sho``basini tuzishga chaqirdilar.15

Taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan ishlab chiqilgan firqaning maromnomasini o`lkada demokratik ko`rinishdagi davlat qurishning nazariy asosi edi deyish mumkin. Bu fikrni Maromnomaning quyidagi bandlari bilan izohlash mumkin: «Firqaning maqsadi: 1)Rusiyada mahalliy va milliy adami markaziyat (federasiya) asosi uzra Xalq Jumhuriyati tashkil etmakdur. 2) Firqa Turkiston, Qirg`iziston, Qofqoz va Boshqirdiston qit`alari ( o`lkalari) uchun va boshqa milliy va mahalliy muxtoriyat, Idil bo`yi ila Qrim totorlari uchun va boshqa Rusiyada yashaydurgon turk qavmlari uchun milliy muxtoriyat talab qiladur...4)Millatning yigirma yoshga yetub, aqliyat paydo qilg`on har bir fardi: er bo`lsun, xotun bo`lsun- sinf, din va mazhab ayirmasig`a boqmasdan saylamak va saylanmak haqina molikdur. 5)Yuqorida mazkur barcha muxtoriyatli qit`alar markaziy hukumat ila Vatan mudofaasi, pul chiqarmak, boj va xorijiy hukumatlar ila munosabatda bo`lmoq xususlarida aloqa va irtibotini (bog`liqlikni) muhofaza qilur. 6) Muxtoriyatli qit`alar dohiliy mas`alalar (idoriy, moliy, shar`iy, madaniy, adliy va maorif ishlari)da mustaqildur...».

1917 yil fevral inqilobi bergan demokratik imkoniyatlar Turkiston xalqlari uchun katta ahamiyatga ega edi. Ayni shu kezlarda yurt mustaqilligi uchun harakatga milliy ziyolilarimiz astoydil intildilar. 1917 yil fevralidan keyin Turkistonda tez orada «Kengash», «Yurt», «Tirik so`z», «Hurriyat», «Ravnaqul Islom», «El bayrog`i» «Najot», «Ulug` Turkiston» kabi gazeta-jurnallar dunyo yuzini ko`rdi. Jadidlar matbuot sahifalarida chop ettirgan maqolalari orqali mavjud ijtimoiy jarayonlarga nisbatan o`zlarining siyosiy munosabatlarini bildirib bordilar. Demokratik Rossiya tarkibida muxtoriyat tashkil qilish uchun kurash 1917 yil davomida taraqqiyparvarlarning asosiy maqsad - intilishlari bo`ldi.16

Turkistonning ilg`or jadid ziyolilari va qadimgilari orasidagi ziddiyatlar milliy ozodlik kuchlari safida parchalanishga olib keldi. Tashkiliy jihatdan bu xol 1917 yil iyun oyining o`rtalarida «Sho`roi Islom» tashkilotidan ajralib chiqib, «Sho`roi Ulamo» jamiyati tuzilishida ifoda­landi. «Sho`roi Ulamo» jamiyati a`zolari ruhoniyat tarafdorlari bo`lib maydonga chiqdilar. Ular o`z g`oyalarini targ`ibot qilish uchun «Al-Izoh» jurnalini chiqara boshladilar. Jurnal noshiri va muharriri Abdumalik Hoji Nabiyev bo`lib, uning birinchi soni 1917 yil 19 iyunda chiqqan edi. Jurnal sahifalarida asosan diniy masalalarga ko`proq, e`tibor berilib, ahloq, madaniyat, ijtimoiy hayot ruhoniyat nuqtai nazaridan targ`ibot qilindi.

1917 yil kuzida davom etayotgan imperialistik urush natijasida mamlakatda ocharchilik, ishsizlik avj oldi, iqtisodning tanazzuli yanada chuqur­lashdi. Bu esa o`z navbatida mehnatkash ommaning noroziligini kuchaytirdi hamda markaz va joylarda hokimiyatning inqiroziga olib keldi. Bunday vaziyatdan foydalangan Toshkent ishchi va soldat deputatlari Soveti (Tashsovet)ga kirgan bolsheviklar «Butun hokimiyat Sovetlarga» degan shiorni ko`tarib chiqdilar va tezda inqilobiy Qo`mita tashkil qilishni taklif etdilar. Biroq, mahalliy milliy tashkilotlar boshqa fikrda edilar. Markaziy «Sho`roi Islom»ning tashabbusi bilan 1917 yil 7—11 sentabrda Toshkentda bo`lib o`tgan II O`lka musulmonlar s`yezdida quyidagicha qaror qabul kilindi: «S`yezd hokimiyat ishchi, soldat va krestyanlar Sovetlariga o`tishiga qarshi chiqadi. Hokimiyat koalision bo`lishi va mamlakatning hamma kuchlariga tayanishi, bu degani umum xalq hokimiyati bo`lishi kerak».

Mahmudxo`ja Behbudiy ham din va millatni ittifoq etishga, islohot o`tkazishga, ziyoli va taraqqiyparvarlarni, boy va ulamoni birlashtirishga da`vat etdi. U taraqqiyparvar ulamolarning xalq, orasida obro`si unchalik katta emasligi, shu bois qadimchi ulamolar bilan ittifoqsiz ish olib borish mumkin bo`lmay qolgani to`g`risida kuyunib so`zlagan edi.

Aynan shu nuqtai nazar 1917 yil 17—20 sentabrda ulamochilar tomonidan chaqirilgan umummusulmon s`yezdi vakillarining chiqishlarida ham o`z aksini topdi. S`yezd «Sho`roi Islom» va «Turon»ni tugatib, ular o`rniga yagona «Ittifoqi muslimin» siyosiy partiyasini tuzish haqida qaror qabul qiladi. Karorda «Sho`roi Islom», «Turon», «Sho`roi Ulamo»-barchasi xalq jamiyatlari bo`lib, birgalashib, yagona kuch sifatida ish qurish vaqti kelgani aloxida ta`kidlangan edi.

Biroq, s`yezdning ahamiyati milliy-siyosiy tashkilotlarning ruhoniylar bayrog`i ostida birlashishga bo`lgan harakati bilan cheklanib qolmasdi. Eng asosiysi shunda ediki, uning jo`g`rofiy qamrovi keng bo`lib, s`yezdning 500 ishtirokchisi orasida Turkistondan tashkari O`ral va To`rg`ay viloyatlari vakillarining borligi, turkiy musulmon xalqlarning birligini yuzaga kel­tirish, birgalikda yagona davlat tuzish uchun birinchi qadam qo`yilganligida edi.17

Turkiston xalqlari, ularning ijtimoiy-siyosiy tashkilotlari va milliy yetakchilari o`lkada erkinlik va mustaqillik uchun, uning demokratik Rossiya tarkibida muxtor respublika shaklidagi milliy davlat tuzilishi uchun fidokorona kurash olib borayotgan, shu bilan birga bularning hammasiga tinch vositalar bilan erishishga intilayotgan bir paytda Turkiston bolsheviklari o`zlarining garazli maqsadlari yo`lida urush va xo`jalik sohasidagi vayronagarchilik tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy va oziq-ovqat qiyinchiliklaridan foydalanib, hokimiyatni qo`lga kiritish uchun jon-jahdlari bilan hozirlik ko`rdilar.

1917 yilning iyun oyidayoq bolsheviklar yetakchisi Lenin sovetlarning I Butunrossiya s`yezdida o`z partiyasining mamlakatdagi butun hokimiyatni qo`lga olishga tayyor ekanligini oshkora bayon qilgan edi. 1917 yil 26 iyuldan 3 avgustgacha bolsheviklar partiyasining Petrogradda bo`lib o`tgan VI s`yezdi hokimiyatni qurolli qo`zg`olon yo`li bilan qo`lga olishga ko`rsatma berdi.

1917 yil 27 oktabrda Petrograddan Oktabr to`ntarishi haqida, Muvaqqat hukumatning ag`darib tashlangani va sovetlarning II Butunrossiya s`yezdida bolsheviklar yetakchisi Lenin boshchiligidagi Xalq Komissarlari Kengashi saylangani haqida xabar olinishi qurolli qo`zg`olonning amalda ro`yobga chiqarilishi uchun turtki bo`ldi.18

1917 yil oktabr-noyabr oyiga kelganda o`lkadagi siyosiy vaziyat keskin o`zgardi. Petrogradda hokimiyatni bolsheviklar tomonidan zo`rlik bilan qo`lga olinishi Turkiston taraqqiyparvarlarini o`z rejalarini o`zgartirishga majbur etdi.

Toshkentda 15-22 noyabr kunlari ishchi, soldat va krestyan deputatlari Sovetlarining III- o`lka s`yezdi bo`lib o`tdi. S`yezd so`l eser, bolshevik va maksimalistlardan iborat Turkiston Xalq Komissarlari Soveti (raisi- F.I. Kolesov) tuzilganligini e`lon qiladi. Hukumat tarkibiga mahalliy aholidan bironta ham vakil kiritilmadi. Turkiston Xalq Komissarlari Soveti dastlabki kunlardanoq o`zining shovinistik, yangicha ko`rinishdagi mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Yangi hukumat mahalliy aholiga past nuqtai nazar bilan qarab, umumiy aholining 95% idan ortig`ini tashkil etuvchi yerli millat vakillarini hukumatga yaqinlashtirmaslik, ularning diniy va milliy urf-odat va an`analarini mensimaslik kabi siyosatni olib bordi. Bundan norozi bo`lgan o`lka taraqqiyparvarlari kutilayotgan Ta`sis Majlisidan umidlarini uzdilar hamda faoliyatlarini sharoitga moslashtirgan holda davom ettirdilar.

«Sho`roi Islomiya» va boshqa mahalliy tashkilotlarning tashabbusi bilan 1917 yil 26-29 noyabr kunlari Qo`qonda o`lka musulmonlarining IV-favqulodda s`yezdi bo`lib o`tdi. S`yezd ishida Turkistonning barcha hududlaridan 300 dan, ortiq jumladan, rus tashkilotlari vakillaridan ham delegatlar ishtirok etdi.

27 noyabr kuni s`yezd Ta`sis Majlisining chaqirilishiga hech qanday umid qolmaganligi va yagona yo`l muxtoriyat e`lon qilish ekanligini e`tirof etgan holda, Turkiston Muxtoriyati tuzilganligini e`lon qildi.

IV-favqulodda s`yezdning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida, jumladan, shunday deyiladi: «Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da`vat etgan xalqlarning o`z xuquqlarini o`zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e`lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta`sis majlisiga xavola etadi». Shundan keyin s`yezd «Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi xuquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e`lon qiladi».

28 noyabrda tashkil topayotgan mazkur davlatning nomi «Turkiston Muhtoriyati» deb ataladigan bo`ldi. Hokimiyatni esa Ta`sis s`yezdi chaqirilgunga qadar Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo`lida bo`lishi ta`kidlandi.

Muvaqqat hukumat tarkibiga quyidagi a`zolar saylanadi:

1. M.Tinishpayev — bosh vazir, ichki ishlar vaziri, II-chaqiriq Davlat Dumasining a`zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a`zosi, muhandis.

2. Islom Sulton Shoahmedov (Shagiaxmedov) — bosh vazir o`rinbosari, Butunrossiya Musulmonlari Kengashi Markaziy Qo`mitasining a`zosi, huquqshunos.

3. Mustafo Cho`qayev — tashqi ishlar vaziri, Turkiston Musulmonlar Sho`rosi Markaziy Qo`mitasining raisi, xuquqshunos.

4. Ubaydulla Xo`jayev — harbiy vazir, Butunrossiya musulmonlar kengashi MK, a`zosi, xuquqshunos.

5. Yurali Agayev — yer va suv boyliklari vaziri, agronom.

6. Obidjon Mahmudov — oziq-ovqat vaziri, Qo`qon shahar dumasining rais o`rinbosari, tog`-kon sanoati muhandisi.

7. Abdurahmon O`razayev — ichki ishlar vazirining o`rinbosari, xuquqshunos.

8. Solomon Abramovich Gersfeld — moliya vaziri, huquqshunos.

Muvaqqat hukumat tarkibiga 12 a`zo o`rniga 8 kishi saylanganligining sababi yana to`rt kishi — yevropalik aholi vakillari ichidan nomzodlar ko`rsa­til­gach, qayd etilishi ko`zda tutilgan edi.19

Sovetlarning III O`eka s`yezdi shovinistik qarorlariga qarama-qarshi o`laroq musulmon qurultoyi o`z ishining barcha bosqichlarida chinakam baynalmilalchilik tamoyili, o`lkaning ko`p millatli, shu jumladan yevropalik qismi aholisi manfaatlarini hisobga olishdan kelib chiqdi. Bunday insonparvarlik yondashuvi IV musulmon qurultoyi ochilgan paytdanoq namoyon bo`ldi. Jumladan, Mahmudxo`ja Behbudiy s`yezdning huquqiy asosga egaligi haqidagi nutqida shuni alohida ta`kidladiki, «S`yezdda Turkistonning yevropalik aholisi vakillari ishtirok etayotgani uchun ham s`yezd qarorlari yanada obro`lidir». M.Behbudiy s`yezd hay`atiga turli musulmon, rus, yahudiy va hokazo guruhlardan vakillar kiritili­shi­ni taklif etdi. Undan keyin so`zga chiqqan Qo`qin vakili Obidjon Mahmudov ham «hay`atga saylovlarda viloyat va ayrim diniy hamda milliy guruhlar bo`yicha emas, balki bilimdon va ishchan kishilarni tanlash asosida kirishish» zaruriyati haqida gapirdi.

Mahalliy xalq joylarda ushbu xabarni shodu-hurramlik bilan kutib oldi. S`yezdda hukumat organlari: Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati va Milliy Xalq Majlisi tuzildi. Xalq Majlisi 54 kishidan tashkil topgan bo`lib, 13 o`rin yevropalik millat vakillari uchun ajratildi.

1918 yil 10-11 yanvar kunlari Andijonda «Muayyan ul-islom» jamiyati idorasida musulmon jamoat tashkilotlarining s`yezdi bo`lib o`tdi. Delegatlar tomonidan uyezd ma`muriyatidagi barcha shaxslardan Turkiston Muxtoriyati Muavqqat hukumatini tan olganligi haqidagi tilxatni olish uchun s`yezd prezidiumi a`zolaridan maxsus komissiya tuzish haqida taklif bildirildi. Bundan tashqari, Muxtoriyatni qo`llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun har bir volostdan vakillarni jalb etgan holda xalq milisiyasini tashkil qilish haqida qaror qilindi.

Bolsheviklar har qanday yo`l bilan bo`lsa ham, Turkiston Muxtoriyatiga xalqni qarshi qo`ymoqchi bo`ldilar. Bunga javoban, Farg`ona viloyati musulmon mehnatkashlarining s`yezdi (1917y. dekabr) musulmon mehnatkashlarini barcha vositalar bilan Muxtoriyatni qo`llab quvvatlashlarini bildirdi.

Muxtoriyat hukumati tomonidan madaniy ma`rifiy ishlarni yaxshi yo`lga qo`yish maqsadida maxsus «Musulmon xalq maorifi» bo`limi tashkil qilindi. Uning rahbari etib, Farg`ona «Sho`roi Islomiya»sining faollaridan Sayyid Nosirxonto`ra tayinlandi.

Biroq, hujjatli ma`lumotlarga ko`ra, Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi va uning o`lka mahalliy aholisi manfaatlariga mos tushuvchi siyosati bolsheviklar tomonidan salbiy tarzda kutib olindi. Voqealar rivoji Qo`qonda tuzilgan Muxtor hukumatning 1918 yilning fevral oyida qonga botirilishi bilan xotima topdi. 18 fevraldan 19 fevralga o`tar kechasi Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tomonidan yuborilgan 11 eshelon harbiy qismlar Qo`qonga yetib keldi. Otliq askarlar, artilleriya va piyoda qismlari bilan birga harbiy komissar YE. O. Perfilyev ham keldi. Tish tirnog`i bilan qurollangan bolsheviklar qo`shini Turkiston Muxtoriyatini zo`rlik bilan tor-mor qildi. 20

Turkistonda «buyuk oktabr inqilobi»dan keyingi sodir bo`lgan voqealar jarayoni shuni ko`rsatadiki, markaziy sovet hukumati o`lka xalqlariga nafaqat mustaqillik, xatto milliy muxtoriyatni ham ravo qurishni istamadi. To`g`ri, bu achchiq xaqiqatni dastavval barcha Turkiston xalqlari tushunib yetmadi. Buni faqat milliy vatanparvarlar, jadidlar, ayrim rahbar xodimlargina tasavvur qilolgan edilar. Bolsheviklarning makkorona siyosatiga ishonib, uning tarafdori bo`lgan yoki unga xayrixox bo`lganlar ham oz emas edi. Ular Turkistonda mavjud bo`lgan zavod va korxonalarda yevropalik ishchilar bilan yonma-yon ishlagan, ularning ta`siriga berilgan mahalliy aholi vakillaridan bo`lgan ishchilar, shaharlarda oilasini boqish uchun sarson bo`lib ish qidirib yurgan ishsizlar (mardikorlar), qishloqlarda yersiz bo`lib, chorikorlik, mardikorlik qilib kun kechirib yurgan kambag`al dexqonlarning bir qismini tashkil qilar edi.

Turkiston Muxtoriyati hukumatining tor-mor etilishi va shundan keyin mahalliy aholiga qarshi jazo kompaniyasining avj olishi, vodiyda istiqlolchilik harakatining kelib chiqishiga, Vatan va millatning, avvalo Farg`onaning asl farzandlarini erk va ozodlik uchun qo`llariga qurol olishga majbur etdi.

Ozodlik osonlikcha qo`lga kiritilmasligini tushunib yetgan milliy vatanparvarlar qo`lga qurol olib bolsheviklar rejimiga qarshi istiqlolchilik harakatini boshlab yubordilar. Sovet mustabid tuzumi mafkurasi hukmronligi yillarida ularga «bosmachilar» deb tamg`a osilib, ataylab kamsitilgan edi.

Istiqlolchilik harakati «Turkiston Muxtoriyati hukumatining tor-mor qilinishi bilan boshlanganligi» deyarli barcha tarixchilarning asarlarida e`tirof qilinadi. Aslini olganda, muxtoriyat hukumati ag`darib tashlanmaganida ham yoki bu hukumat hatto mutlaqo bo`lmaganida ham istiqlolchilik harakatining vujudga kelishi tabiiy bir xol edi. Zotan, bu davrda Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat istiqlolchilik harakatining boshlanishini muqarrar qilib qo`ygan edi. Chunki Turkistonda istiqlolchilik harakatining boshlanishi uchun muxtoriyatning tor-mor qilinishi bilan birga boshqa bir qator jiddiy sabablar ham mavjud edi.21


Download 135,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish