Turkistonda rossiya imperiyasi mustamlaka boshqaruv tuzumining qaror topishi


«Farg`ona Muvaqqat Muxtoriyat hukumati»



Download 135,5 Kb.
bet5/5
Sana08.08.2021
Hajmi135,5 Kb.
#142040
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5260762096336898632

«Farg`ona Muvaqqat Muxtoriyat hukumati» tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 musulmon va 8 rus, hammasi bo`lib 24 kishi kiritildi. Madaminbek hukumat boshlig`i bo`lishi bilan bir qatorda bosh qo`mondon qilib ham tayinlandi.

Oradan sal o`tmay, ya`ni 1919 yil oktabr oyining so`nggi kunlarida Farg`ona vodiysidagi barcha yirik qo`rboshilar Oyim qishloqda to`plandi. Tarixiy hujjatlarning dalolat berishicha, istiqlolchilik harakati tarixida eng yirigi bo`lgan bu qurultoyda, Farg`ona vodiysida harakat kilayotgan 150 tacha qo`rboshi dastalari to`rtta yirik lashkarboshi: Madaminbek, Ergash, Shermuhammadbek, Xolxo`ja Eshon qo`mondonligi ostida birlashtirildi. qurultoyda islom qo`shinlarining Oliy Bosh Qo`mondoni — «Amir al-muslimin» qilib Madaminbek saylandi. Ammo bu birlashuv kutilgan natijani bermadi. Qurultoydan keyinoq Xolxo`ja Eshon bosh qo`mondon Madaminbekka bo`ysunmas­ligini aytib, mustaqil harakat boshladi. U o`zining ta`sir doirasidagi hududlarda Islom shariati asosida qattiq-qo`llik bilan tartib-qoida o`rnatdi. Bu davrda Madaminbek qo`l ostida 30 mingga yaqin, Shermuhammadbekda 20.000, Ergash qo`rboshida esa 8.000 yigit bo`lib, aynan shu uchta lashkarboshilar vodiydagi jangovar harakatlarni boshqarib turgan edilar.25

Biroq, Farg`ona vodiysiga tobora qo`shimcha kuchlarning tashlanishi nati­ja­sida 1920 yil yanvar oyining o`rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo`liga o`tdi. Farg`ona fronti qo`shinlari (qizil armiya) birinchi bo`lib Katta Ergash qo`rboshini mag`lubiyatga uchratishdi. P.Paramonov boshchiligidagi yig`ma otryad Qo`qondan chiqib 1920 yil 18 yanvarda Ergashning qarorgohi joylashgan Bachqir qishlog`ini egalladi.

Harbiy tashabbus qo`ldan ketganligini, har qadamda qiyonat ta`qib qilayotganini ko`rgan Madaminbek o`z yigitlari hayotini saqlab qolish maqsadida Farg`ona qo`shinlari qo`mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif qildi. Natijada Mada­minbek bilan 2-Turkiston o`qchi diviziyasining boshlig`i Veryovkin-Raxalskiy o`rtasida 1920 yil 6 martda Skobelev (hozirgi Farg`ona) shahrida yarash bitimi imzolandi. Madaminbek bilan birga sovet hokimiyati tomoniga uning o`nlab qo`rboshilari va 3500 yigitlari o`tgan edi.

Sovetlar tarafiga o`tgan Madaminbek qizil askarlarning katta kuchga ega ekanligini, istiqlolchilar bu kuchga bardosh bera olmasliklarini o`sha davrdayoq yaxshi tushungan edi. Kurboshilarga ishonib o`z hayotlarini ozodlikka tikkan yigitlar behuda qurbon bo`lib ketishini istamagan Madaminbek ularning qurolini tashlab, tinch hayotga qaytishga undash uchun sovetlar tomonida turib harakat qildi. Lekin Madaminbekning diplomatik tadbirlari samarasiz tugadi. Sovetlar tomonidan muzokaralar o`tkazish uchun qo`rboshilar orasiga yuborilgan Madaminbek Shermuhammadbekning roziligi bilan Xolxo`ja Eshon tomonidan 1920 yil 14 mayda Qorovul qishlog`ida o`ldirildi. 26

Farg`ona vodiysida boshlangan istiqlolchilik harakati keyinchalik butun Turkiston o`lkasiga yoyildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligiga qarshi sovet­larning harbiy huruji bu yerlarda ham musulmon aholisining ommaviy qurolli qarshiligini keltirib chiqardi. Tengsiz janglarda yuzlab vatanparvar lashkar­boshilar istilolchilar safidan yetilib chiqdilar. Ulardan Madaminbek, Shermuhammadbek, Katta va Kichik Ergashlar, Muhiddinbek, Omon polvon, Nurmuhammadbek, Junaidxon, Islom qo`rboshi, Ibrohimbek va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Turkistondagi bu milliy-ozodlik harakati 1936 yilga davom etdi. Son va harbiy-texnik jihatdan ustunlikka ega bo`lgan qizil armiya qo`shinlari g`alabaga erishgan bo`lsalar-da, Turkiston xalqini ozodlik uchun kurash g`oyalarini yo`qqa chiqara olmadi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyingina istiqlol uchun qurbon bo`lgan vatanpar­varlarimiz haqidagi asl haqiqat xalqimizga yetkazilmoqda.

Turkiston bolsheviklar tomonidan zabt etilgach, bevosita markaziy hududlarda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga tortildi. Chunonchi, Markaziy hududlarda ro`y bergan ocharchilik tashvishlari turkistonliklar hayotiga hamta`sir etmay qolmadi.

Xulosa

1917 yil mart oyining boshlarida o`lka musulmon ziyolilarining «Sho`roi Islomiya» jamiyati tuzildi. Bu tashkilotning vujudga kelishi tasodifiy bo`lmay, balki Turkiston xalqlari siyosiy fikrlari tadrijiy rivojlanishi­ning qonuniy mahsuli edi. Uning tarkibini turli xil dunyoqarashdagi, biroq, milliy ozodlik g`oyalarini o`zlarining asosiy maqsadi deb bilgan o`lka ziyolilari tashkil qilar edi.

Ushbu tashkilotning yuzaga kelishida Turkiston jadidlari muhim rol o`ynadilar. Tez orada turli shaharlarda «Sho`roi Islomiya»ning sho``balari tashkil topdi. Jadidlar ommani «Sho`roi Islomiya» atrofida jipslashishga da`vat etdilar.

Turkiston o`lkasiga muxtoriyat berish masalasi birinchi bor musulmonlar­ning I Butun-Turkiston s`yezdida (1917 i. aprel) qo`yildi. Shuningdek, bu masala «Sho`roi Islom» Markaziy Qo`mitasi doirasida ham muhokama qilingan edi. «Kengash» gazetasining dalolat berishicha, Markaziy Qo`mita a`zolari muxtoriyatni shunday tushunishar edi: Turkistonning o`ziga maxsus idora va ijroiya muassasalari, ya`ni qonun ishlab chiqadigan parlamenti, ish yuritadigan hukumati bo`lishi lozim. Tashqi siyosat, moliya, yo`llar, harbiy ishlar Umumros­siya Federasiyasi hukumatining ishi deb hisoblandi. Maorif ishlari, mahal­liy yo`llar masalasi, mahalliy idoralar, adliya hamda yer masalalarining hammasi mahalliy muxtoriyat hukumati doirasidagi ishlar deb qaraldi.

Muxtoriyat masalasi musulmonlar orasida 1917 yil may oyining boshida Moskvada bo`lib o`tgan Butunrossiya musulmonlarining birinchi s`yezdidan keyin yanada faolroq qo`yila boshladi. Biroq s`yezd rahbarlari har qancha harakat qilish­ma­sin, yagona fikrga kelish nihoyatda mushkul bo`ldi. Chunki, mamlakatning musulmonlar yashaydigan hududlari muxtoriyati xususidagi masala keskin bahs va tortishuvlarga sabab bo`lgan edi. Muxtoriyat xususidagi tortishuvlar, chiqishlar s`yezdni ikkiga bo`lib yubordi. Natijada, Rossiyaning Turkiston, Qirg`iziston, Kavkaz, Qrim va hokazo o`lkalari vakillari federativ respublika tarafdori bo`lganliklari uchun o`zlarini «federalistlar», Rossiyaning ichki guberniyalari va Volga bo`yi musulmonlari vakillari esa unitar (bir butun, qo`shma) respublika tarafdori bo`lganliklari uchun o`zlarini «unitaristlar» deb atadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar



1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1.-T., 1996 y.

  1. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.5.-T., 1997 y.

  2. Karimov I.A. Havfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10.-T., 2002 y.

  3. 4.Karimov I.A.Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T: ’’O`zbekiston’’ 2005 - 96 bet

  4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T: «O’zbekiston” 2003 yil.

  5. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi. O`zbekiston Respublikasi Oily Majlisining ahborotnomasi. 1997 yil 9-son

  6. .Saidov A.X.Hozirgi zamon huquqiy tizimlari T: TDYU 2004 – 428 B

  7. Saidov A.X.Xalqaro huquq. 2-tom T: 2001 yil

  8. Raxmonqulov X.-A. Mustaqil O`zbekiston yangi huquq tizimining shakillanishi va rivojlanishi. “O`zbekistonda ijtimoiy fanlar”. 2006 yil 4-5 sonlar 8-14 betlar

1 Rasulov A. Turkiston va Volgabo`yi, Uraloldi xalqlari o`rtasidagi munosabatlar.(1917-1924 yillar).-Toshkent: Universitet, 2005.-B.95-96

2 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.-T.: Sharq,1998y

3 Фан ва турмуш. Т., 1990 й №7 сони.

4 Inqilob jangchilari.-T.: O`zbekiston, 1996 y

5 Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi.-T.: Fan, 1991 y

6 Агзамходжаев С. История Туркестанской Автономии.-Т.: Тошкент Ислом университети, 2006.-268 с

7 Karimov I.A. O`zbekiston xalqi o`z yo`lidan qaytmaydi. Asarlar. 4-jild.-T.: O`zbekiston, 1996 y

8 Vatan tuyg`usi.- T.: O`zbekiston, 1996 y

9 Rasulov A. Turkiston va Volgabo`yi, Uraloldi xalqlari o`rtasidagi munosabatlar.(1917-1924 yillar).-Toshkent: Universitet, 2005.-B.95-96

10 A`zamxo`jayev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000y

11 A`zamxo`jayev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000y

12 Ziyoyeva D.H. Bosmachilik: haqiqat va uydirma.-T.: O`zbekiston, 2000.-32 b

13 A`zamxo`jayev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000y

14 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.-T.: Sharq,1998y

15 A`zamxo`jayev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000y

16 Karimov I.A. O`zbekiston xalqi o`z yo`lidan qaytmaydi. Asarlar. 4-jild.-T.: O`zbekiston, 1996 y

17 Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi.-T.: Fan, 1991 y

18 A`zamxo`jayev S. Turkiston Muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000y

19 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.-T.: Sharq,1998y

20 Amir Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi.-T.: Fan, 1991 y

21 Ziyoyeva D.H. Bosmachilik: haqiqat va uydirma.-T.: O`zbekiston, 2000.-32 b

22 Rasulov A. Turkiston va Volgabo`yi, Uraloldi xalqlari o`rtasidagi munosabatlar.(1917-1924 yillar).-Toshkent: Universitet, 2005.-B.95-96

23 Ziyoyeva D.H. Turkiston milliy ozodlik harakati.-T.: Adabiyot va san`at, 2000.-176 b

24 Tohir Qahhor. Hur Turkiston uchun.-T.:Cho`lpon,1994 y

25 Ibrohim Karim. Madaminbek.-T.: Yozuvchi, 1993 y

26 Rasulov A. Turkiston va Volgabo`yi, Uraloldi xalqlari o`rtasidagi munosabatlar.(1917-1924 yillar).-Toshkent: Universitet, 2005.-B.95-96

Download 135,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish