Ahmad Zaki Validiyning yozishicha, Ochilbek 1921-yildan boshlab “Turkiston milliy birligi” tashkiloti ko‘rsatmalari asosida faoliyat ko‘rsatgan. Kitob atrofida 1923-yil 10-mayda qizil askarlar bilan bo‘lgan janglarning birida Ochilbek (u xalq o‘rtasida jasurligi uchun Ochildov sifatida mashhur bo‘lgan) mardlarcha halok bo‘lgan. Qo‘rboshilar faoliyati hamda qo‘rboshilar qurultoylari.
Qo‘rboshilar istiqlolchilarning harbiy rahbarlari bo‘lib, ular xalq o‘rtasida o‘z jangovarliklari bilan mashhur edi. O‘z vaqtida Farg‘ona vodiysida Kichik Ergash, Katta Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Islom Polvon, Samarqand viloyatida Ochilbek, Bahrombek va boshqalar harakatga rahbarlik qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |