Farg‘ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo‘shimcha kuchlarning boshlanishi natijasida 1920-yil yanvar oyining o‘rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo‘liga o‘tdi
Farg‘ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo‘shimcha kuchlarning boshlanishi natijasida 1920-yil yanvar oyining o‘rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo‘liga o‘tdi.
Katta Ergash qo‘rboshining qo‘shini mag‘lubiyatga uchragach, Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib Oloy vohasiga chekindi. Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg‘ona fronti qo‘shinlari qo‘mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif qildi.
Shermuhammadbek
Turkistondagi harakat 1920-yilning yozi va kuzida o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi vatanparvarlar bilan bir qatorda endilikda Buxoro va Xorazmda ham bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurash boshlandi.