1919-yil 12-oktyabrda Pomirning Ergashtom ovulida bo‘lgan anjumanda Madaminbek boshchiligida Farg‘ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 nafar tub aholi va 8 nafar ruslar kiritilgan edi. Madaminbek hukumat boshlig‘i bo‘lish bilan birga qo‘shinning Oliy bosh qo‘mondoni etib ham tayinlandi. 1919-yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo‘l ostida 30 000 nafarga yaqin yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar. Bu paytda Shermuhammadbek qo‘l ostida 20 000, Katta Ergash qo‘rboshida 8000 nafar askar bo‘lgan. Ana shu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo‘naltirib turdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |