Keng miqyosdagi qatag‘onlar va qizil armiya tomonidan harbiy harakatlarning kuchaytirilishi ham istiqlolchilarni kurashdan qaytara olmadi. Farg‘ona armiya gruppasi shtabining “mutlaqo maxfiy” ma’lumotlariga qaraganda, 1921-yil iyun – sentyabr oylarida viloyatda 200 dan ortiq qo‘rboshi guruhlari harakat qilgan.
1921-yil 13-sentyabrda Farg‘ona vodiysida favqulodda holat e’lon qilindi. 1921-yil noyabrda Farg‘ona viloyatida sovet hokimiyati tomonidan harbiy diktatura o‘rnatildi va Turkiston fronti harbiy inqilobiy kengashi a’zosi P.Baranov Farg‘ona viloyatining harbiy diktatori qilib tayinlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |