Turk tili leksikologiyasi



Download 224,88 Kb.
bet11/43
Sana13.06.2022
Hajmi224,88 Kb.
#664270
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
Turk tili leksikologiyasi-fayllar.org

Ma’noning umumiylashuvi (anlamın genelleşmesi) deganda bir otning vaqt
o‘tishi bilan boshqa bir narsaning nomiga qo‘yilishi, ya’ni xususiy ma’nodan
umumlashgan ma’noga o‘tishi tushuniladi. Masalan, “söz” so‘zi turk tilida ham

so‘z”, ham “gap” ma’nosiga ega. Ya’ni bir maqsadni ifoda etish uchun aytilgan


so‘z yoki so‘zlardan tashkil topgan birikma yoki gapga “söz” deyiladi. Ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lgan bir tilning shaxs tomonidan maxsus qo‘llanilishi “söz”
(nutq)dir. Usmonli turk tilida “so‘z” o‘rniga “kelam” atamasi ham qo‘llanilgan.


Kontekst. So‘z alohida holda har doim ham to‘laqonli ma’no kasb etavermaydi.
Uning ma’nosi birikma yoki gap ichida ochiladi. Turk tilida bir yoki bir necha gap
(ko‘pincha abzas)dan yuzaga keladigan umumiy ma’noga bağlam (kontekst)
deyiladi. Turk tilshunosligiga oid kitoblarda kontekstga quyidagicha ta’rif beriladi:
“Bir ko‘rsatkichning birga kelgan boshqa ko‘rsatkichlar bilan tashkil etgan va
umumiy ma’noga oydinlik kirituvchi butunlikka bağlam (kontekst) deyiladi.
Korsatkichning kontekstga muvofiq ma’no kasb etishi tilning o‘ziga xosligini
ko‘rsatadi. Masalan, turkcha Gemi limandan ayrıldı gapidagi “ayrılmak”(ketmoq,


chiqmoq, uzoqlashmoq ma’nosida) fe’li Kadın kocasından ayrıldı (Ayol eri bilan
ajrashdi) gapida qo‘llanganda “ajralish” ma’nosini beradi. Lekin Kadın kocasından


ayrılıp, otobüse bindi (Ayol eri bilan xayrlashib, avtobusga chiqdi) deganda

ayrılmak” fe’li yana o‘z ma’nosiga (ketmoq, chiqmoq, uzoqlashmoq ma’nosida)


qaytadi. Yoki köprü so‘zining asosiy ma’nosi “oqar suv yoki yo‘lning ikki
qirg‘og‘ini birlashtirib turuvchi qurilma, inshoot”dir. Lekin köprü (ko‘prik)
so‘zining bir necha ko‘chma ma’nolari (yan anlamlari) ham mavjud: 1. oqar suv
yoki yo‘lning ikki qirg‘og‘ini birlashtirib turuvchi qurilma, inshoot. Masalan,

Köprüdengeçince sağa dönün gapida köprü so‘zi o‘z ma’nosida kelgan. 2. Üst
5
Hozirgi paytda o‘zbek tilida ham odamlar bir-biriga “taqsir” deb murojaat qilgani kabi.

15





dişlerimin köprüsü kırıldı gapida esa “yasama tish” ma’nosi anglashilib turadi.
Shuningdek, masa deganda “stol”dan tashqari bo‘lim, bo‘linma ma’nolari ham
tushuniladi: kaçakçılık masası – kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi, yabancılar

masası – xorijliklarga viza berish boshqarmasi. Yoki dal (shox; daraxt shoxi)
deganda soha, tarmoq, bo‘lim, kafedra ham tushuniladi: Ruhbilim dalında yapılan


araştırmalar (Ruhshunoslik sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar), Fizik Anabi-

limdalı (Fizika kafedrasi) va b.
Turk tiliga boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar ham kontekstga ko‘ra farqli
ma’nolar kasb etishi mumkin. Masalan acayip sifati acayip işler (g‘alati ishlar)
birikmasida salbiy, acayip başarılı (judayam omadli) birikmasida ijobiy ma’no
kasb etadi.
Turk tili leksikologiyasida durum bağlamı (situativ kontekst) atamasi ham
qo‘llaniladi. Bunda ma’noning ro‘yobga chiqishida g‘ayrilisoniy omillar (dil dışı

etkenler), so‘zlovchining o‘ziga xos jihatlari, vaziyat hisobga olinadi. Masalan, bir
narsani olish uchun birga sarf-xarajat qilgan ikki kishidan biri ikkinchisiga: “Yarın


akşam seninle hesaplaşırız” deganda “hesaplaşmak” fe’li “pul hisob-kitobini
amalga oshirish” ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, bir nimadan jahli chiqqan kishi-
ning boshqa biriga aytgan xuddi shu gapi umuman boshqa ma’no, ya’ni “o‘ch
olish”, “qo‘rqitish”, “do‘q-po‘pisa” ma’nosini ifodalaydi. Bu yerda vaziyat,
insonlar orasidagi munosabat ma’noning belgilanishida muhim rol o‘ynaydi. Yoki:

Size yardımcı olmak isterim” birining boshqasiga haqiqatdan ham yordam


bermoqchi ekanligini, taklifni ifodalaydi. Vaziyatga ko‘ra ayni gap kishining
yordam ko‘rsatish imkoniyati yoki xohishi yo‘qligi bois uzr so‘rashini ham bildirib
kelishi mumkin. 
So‘zning ma’nosi ba’zan bir gap doirasida aniqlashmasligi ham mumkin, unda
so‘zning ma’nosini abzas doirasida, hatto matn doirasida aniqlashtirish kerak
bo‘ladi.
Agar ona tili turk tili bo‘lgan kishilarga boğaz so‘zi aytilsa, ularning zehnida
inson vujudining bir qismi – tomoq (bo‘g‘iz) tushunchasi paydo bo‘ladi. Lekin
muayyan kontekst ichida olib qaralganda vaziyat ravshan bo‘ladi.

Anjin hastaliği boğaz mukozasının şişmesine neden olur”, bu gapda kontekst


bilan birga mavzu ham (shifokorlik, sog‘liq) yaqqol namoyon. Buning aksi “Şimdi


boğaz konusunu elealıyoruz” gapida mavzu aniq emas. Agar ushbu gap tibbiyot
muassasasida, anatomiya darsida aytilgan bo‘lsa, inson tomoği (bo‘g‘iz)
anglashiladi. Geografiya darsida aytilgan bo‘lsa, u holda dengizlar qo‘shilgan
“bo‘g‘oz” tushuniladi. Agar gap Istanbul hokimiyati majlisida aytilgan bo‘lsa, u
holda Turkiyadagi har qanday bo‘g‘oz, qo‘ltiq emas faqat “Istanbul bo‘g‘ozi”
(Bosfor bo‘g‘ozi) ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Agar “Evde dört boğaz beni bekliyor”
gapida boğaz “qorni to‘yg‘azilishi shart bo‘lgan kishi” ma’nosini ifodalaydi.
16





Download 224,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish