AHMADIY
(1329-1413)
Tojiddin Ahmad ibn Ibrohim hayoti va ijodi xaqida bizgacha
yetib kelgan ma’lumotlarda chalkashliklar mavjud. Manbalarda,
shoir tug‘ilgan va vafot etgan sana ko‘rsatkichlarida ham farq bor.
Garmiyonda (ba’zi manbalarda Sivas, Istambul ko‘rsatilgan)
tug‘ilgan Ahmadiy boshlang‘ich ma’lumot olgach, bilim olish uchun
Qoxiraga jo‘naydi. Qohirada o‘z davrining mashhur tabibi Shamsid-
din Muhammad al Fanoriydan tabobat ilmini o‘rganadi. Ahmadiyn-
ing Qoxirada necha yil yashaganligi va qachon vataniga qaytganligi
haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.U 1403 yili Amasega kelganda,
Anqara yaqinidagi jangda Boyazid ustidan g‘alaba qozongan Amir
Temur ham o‘sha yerda ekan. Ahmadiy Temurga bag‘ishlab qasida
yozadi va Temur uni o‘ziga nodim qilib oladi. Lekin, tez orada Ah-
46
madiy Amasedan qochib, Boyazidning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda
Sulaymon hukmdorlik qilayotgan Edirna shahriga boradi.
Taxt talashgan shahzoda Mexmet o‘z akasi Sulaymonni 1410
yilda o‘ldiradi. Ahmadiy yana Amasega qaytib kelib umrining oxiri-
gacha shu yerda qoladi.
Shahzoda Sulaymon saroyida yashagan vaqt Ahmadiy uchun
sermahsul ijodiy davr bo‘ldi. U hukmdorni ulug‘lovchi bir qancha
qasidalar va g‘azallar yozadi. Ahmadiy nomini turk adabiyoti tarixi-
ga olib kirgan mashhur “Iskandarnoma” dostonini ham shoir o‘sha
vaqtda yaratgan.
Iskandar Zulqarnayn mashhur tarixiy shaxslardan bo‘lib, uning
haqida ko‘plab afsona va rivoyatlar to‘qilgan. Sharqda birinchi bo‘lib
Iskandar obrazini badiiy adabiyotga olib kirgan shoir Abulqosim Fir-
davsiydir. Firdavsiyning “Shohnoma”si bu paytda xali turk tiliga
tarjima qilinmagan bo‘lsa ham arab va fors adabiyoti bilan yaxshi
tanish bo‘lgan Ahmadiy “Shohnomada”dan xabardor bo‘lishi mum-
kin. Ahmadiy o‘z dostonini yaratishda asosan Nizomiyga suyansa-
da, shunchaki ergashgani yo‘q, balki ijodiy yondashdi. U dostonga
Kichik Osiyo tarixidan hikoya qiluvchi butun bir bob kiritdi. Ahmad-
iy “Iskandarnoma”sida o‘z davrining ilm-fani xaqida ancha keng
ma’lumotlar berganki, bu ayniqsa qimmatlidir. Shuningdek u Us-
moniylar sulolasining tarixini ham ancha mukammal yozadi.
Tradision Sharq adabiyotida Iskandar obrazi olijanoblikka xizmat qi-
luvchi hukmdor, adolatparvar, ideal shoh sifatida tasvirlangan.Bu
narsa Ahmadiy dostonida xam ko‘rinadi. Ahmadiy Iskandarni Eron
taxtining vorisi, makedoniyalik Filippning qiziga uylangan Doroning
o‘g‘li sifatida tasvirlaydi. U buyuk allomalar Arastu, Suqrot, Aflotun,
Gippokratlardan ta’lim oladi. U harbiy yurish qilib, Hindiston, Xitoy,
Misr va boshqa ko‘pgina mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Is-
kandarning sarguzashtlari nihoyatda qiziqarli qilib hikoya qilinadi.
Iskandar Zulqarnayn muqaddas shahar Makkani ham zabt etgach,
o‘zini butun dunyo hukmdri deb bilib, endi o‘lmaslikning, bu dun-
yoda boqiy qolishning yo‘lini qidiradi. U tiriklik suvini topish uchun
Zulmat mamlakatiga safar qiladi. Ammo tiriklik suvini topish unga
nasib qilmaydi va tez orada Iskandar vafot qiladi. Ahmadiy doston
yozishda faqat Firdavsiy va Nizomiy asarlarigagina suyanib qolmadi.
U Iskandar haqidagi xalq to‘qigan afsonalardan ham foydalandi.
Shuning uchun Iskandar bilan Gulshohning muhabbati haqida ishqiy-
47
romantik tarixni dostoniga kiritdi. So‘fiyona asarlarga xos bo‘lgan
ikki yo‘nalishlik, ya’ni real borliq va majoziylikning qorishib ketishi
“Iskandarnoma”ning xarakterli xususiyatlaridan. Ahmadiy ilm-fanni
tiriklik suvi deb biladi. Ilm-fanni chuqur egallagan kishining nomi
abadiylikka erishadi. Iskandar bilan olishadigan yovuz kuchlar in-
sondagi illatlar timsolidir.
So‘fiy adabiyotida ilm-fan haqiqatga olib boruvchi yo‘l sifatida
qaralgan. Shuning uchunmi shoir dostonida ilm-fan haqida keng
ma’lumot berilgan. Badiiy jihatdan doston juda yuksak darajada
emas. Ammo, 16500 misradan iborat bo‘lgan bu doston, turk tilida,
dunyoviy temada yaratilgan ilk masnaviy sifatida, o‘sha davr adabiy
saviyasi, ma’rifiy darajasi, til namunasi sifatida ahamiyatlidir. Ah-
madiyning ikkinchi dostoni “Jamshid va Xurshid” xam fors adabiyoti
ta’sirida yozilgan. Chin podshosining o‘g‘li Jamshid tushida go‘zal
bir qizni ko‘rib sevib qoladi. Jahonning ko‘p mamlakatlarini kezgan
sayyoh rassomdan tushida ko‘rgan qiz yunon hukmdorining qizi –
Xurshid ekanligini biladi. Jamshid yuz minglik qo‘shin bilan Rum
eliga qarab jo‘naydi. U suvsiz sahrolardan, qalin o‘rmonzorlardan
o‘tib, yirtqich hayvonlar bilan olishadi, jang qilib ajdarhoni, devni
yengadi. Dengizda kemasi halokatga uchrab, o‘zi tasodif bilan
qutulib qoladi va Rumga keladi.Xurshid ham bir ko‘rganda Jamshid-
ni yaxshi ko‘rib qoladi. Ikki sevishganlar o‘rtasidagi muhabbatga
Xurshidning onasi qarshi chiqadi. Ko‘pgina sarguzashtlar, raqiblar
bilan yakkama-yakka jang qilishlar va g‘olib kelish oqibatida ikki
sevishgan murodlariga yetadilar va Jamshidning vatani Chin yurtiga
keladilar. Ahmadiyning bu dostoni ham tasavvufiy ruhda bo‘lib,
obrazlar allegorik ma’noga ega. Jamshid va Xurshid haqiqat va iloh
bo‘lsa, ajdaho – manmanlik, uning yetti boshi – hasad, kibr,
ochko‘zlik va boshqa illatlarning timsolidir. Ahmadiy o‘z dostonlari-
da tasavvufni targ‘ib qilishga intilgan bo‘lsa, lirik she’rlarida real
hayotga bir muncha yaqinlashadi. Fuzuliy Ahmadiyni xayot shod-
liklarini kuylashda Abunuvosga tenglashtirgandi.Ahmadiy shoir bo‘-
libgina qolmay, mohir tarjimon ham edi. Ibn Sinoning “Al-qonun”
kitobini turk tiliga tarjima qilgan.
Sakkiz ming baytdan ortiq devoni qasidalar, g‘azallar, tar-
kibandlardan iborat. Qasidalarning ko‘pi Amir Sulaymonga
bag‘ishlangan. Zamonasining mashhur shoiri bo‘lgan Ahmadiy xat-
totlik ham qilgan, musavvir bo‘lgan.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |