Turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#220055
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
Bog'liq
turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar

HOJI BAYRAM 
(1352–1429)
 
O‘z davrida shoir va shayx sifatida juda katta e’tiborga sazovor 
bo‘lgan Hoji Bayram Chubuk daryosining vodiysidagi Zulfozil qish-
log‘ida  dunyoga  keldi.  Uning  otasi  Ahmad  dehqonchilik  bilan 
shug‘ullangan.  Boshlang‘ich  ma’lumot  olgach,  tahsil  olishni  mad-
rasada davom ettiradi. Hijoz va Shomga borib tasavvuf shayxlaridan 
ta’lim  oladi.  Bursa  va  Oqsaroyda  bo‘lib,  so‘ngra  Anqaraga  kelib 
mudarrislik  qiladi.  Tasavvuf  ta’limotini  puxta  o‘rgangan  Hoji  Bay-
ramning o‘zi ham pirlik maqomiga yetib “Bayramiylik” (Malomati-
ylik)  tariqatiga  asos  soladi.  Malomatiy  tariqatidagilar  o‘zlarining 
fazilatlarini ko‘z-ko‘z qilmas, keng xalq ommasidan o‘zlarini yuqori 
qo‘ymas, aksincha  xalqning  og‘irini  yengil  qilishga  harakat  qilardi-
lar.  Hoji  Bayram  asos  solgan  tariqat  darveshlari  o‘zlarini 
ko‘pchilikdan  olib  qochmay  foydali  ish  bilan  shug‘ullanishi  darkor 
edi. Dehqonchilik, tijorat, hatto lozim bo‘lsa askarlik ham qilishardi. 
Umuman, xalqqa foydali bir ish bilan shug‘ullanish ularning maslak-
laridan bo‘lgan. Bayramiylik tariqati tasavvuf oqimining xalqqa foy-
dali,  xalq  manfaatini  ko‘zlovchi  yo‘llaridan  biri  desa  bo‘ladi.  Bay-
ramiylik  tariqati  xalvatiylik  va  naqshbandiylik  tariqatlari  asosida 
vujudga kelgan deyish mumkin. Bunda Hoji Bayramga Oqsaroydagi 
Shayx  Hamidiy  Valining  ta’siri  kuchli  bo‘lgan.  Hoji  Bayramning 
tasavvufiy  ruhda  she’rlar  aytuvchi  tekke  shoiri  va  shayx  sifatida 
obro‘si  shu  qadar  oshib  ketdiki,  undan  cho‘chigan  sulton  Murod  II 
uni Edirnaga yuboradi. Keyinchalik yana Anqaraga kelishiga ruxsat 
berib,  hatto  uning  darveshlarini  soliqdan  ozod  qiladi.  Hoji  Bayram 
Anqarada jome mudarrisi bo‘lsa ham dalada muridlari bilan barobar 
mehnat  qilgan.  Tirikchilik  uchun  lozim  narsalarni  o‘zlari  ishlab 
topib,  ortiqchasini  muhtojlarga  ulashgan.  Tasavvufning  buyuk 
shayxlari  va  fozillari  orasida  Hoji  Bayram  juda  obro‘li  bo‘lib,  uni 
Anqaraning ma’naviy qiyofasi sanardilar. Mavlono Jaloliddin Rumi-
ydan keyingi ulug‘ shayx va shoir deb bilardilar. Hoji Bayram tekke 
shoiri  sifatida  dovruq  qozongan  ekan,  turk  tekke  she’riyati  haqida 
biroz ma’lumot berish o‘rinlidir. 


 
51
Tekke-ma’lum  bir  tariqatdagi  darveshlarning  yig‘iladigan  dar-
gohi. Ilk tekke Shomda (Suriya) VIII asrda Abu Hoshim tomonidan 
qurilgan. Har bir tariqatdagi darveshlarning salomlashishi, kiyinishi, 
soch-soqol  qo‘yishlari  o‘ziga  xos  bo‘lgan.  Tariqatdagi  zikr  tushish 
usullari ham turlichadir. Tekkelarda asosan tasavvufiy ruhda she’rlar 
o‘qilib,  musiqaga  solingan.  Tekke  shoirlarining  ko‘pchiligi 
tariqatlardan yetishgan shayx va darveshlardir. Fikriy asosi islomiyat 
va tasavvuf. Ollohning go‘zal sifatlarini madh etish, jamoli mutlaqqa 
oshiqlik,  ishqi  ilohiy  ular  she’riyatining  asos  mazmunidir.  Tekke 
shoirlari devon shoirlaridan farqli o‘laroq, keng xalq ommasiga xito-
ban she’rlar yozganlar. Tariqatlarning markazdan uzoq qishloqlarda 
ham keng tarqalganligi, ommaning asosiy qismi savodsiz bo‘lganligi 
sabablari  ham  tekke  shoirlarining  sodda  tilda,  xalq  ommasiga 
tushunarli tarzda yozishlarini talab qilgandir. Tekke shoirlari o‘z as-
arlarini o‘qimishli fozillardan savodsiz cho‘pongacha tushunishlarini 
istardilar.  Ko‘pchilik  tez  ilg‘ab  olishi  uchun  asarlarni  kuyga  solib, 
qo‘shiq tarzida kuylashardilar. 
Tekke  shoirlari  ko‘proq  Anado‘li  shahar,  qishloqlarida  yashab 
ijod  etganlar.  Ommaning  ma’naviy  yuksalishida,  bilim  va  hunar 
egasi  bo‘lishida  bu  shoirlarning  xizmati  kattadir.  Ularning  o‘zlari 
ham ilmli kishilar bo‘lib, arab, fors tillarini bilar va zamonaviy bilim 
saviyasidan ham xabardor bo‘lganlar. Chuqur falsafiy fikrlarni xalq 
tushunadigan tarzda, sodda tilda anglata olganlar. 
Tekke  shoirlari  asarlarini  devon  shoirlaridek  g‘azal,  masnaviy 
shaklida  yoki  xalq  qo‘shiqlari  (ko‘shma,  turku)  tarzida  yozganlar. 
Maxsus tekke nazm shakli yo‘q. Vazn asosan barmoq vazni bo‘lib, 
aruz  ham  qo‘llanilgan.  Tekke  shoirlari  nazm  tiliga  alohida  e’tibor 
berganlar.  Tekke  she’riyati  tili  devon  she’riyatidek  murakkab,  yoki 
soz  shoirlarinikidek  juda  sodda  ham  bo‘lmagan.  Buning  sababi 
ularning she’rlarida tariqat tushunchalari, ilmi, falsafasi aks etishi va 
ayni  paytda  ko‘pchilik  anglay  oladigan bo‘lishi kerakligidir.  Aytish 
mumkinki, tekke shoirlari tili devon va soz shoirlari tili oralig‘idagi 
she’r  tilidir.  Tekke  shoirlari  asosan  so‘fiyona  ishq,  dunyoning  fo-
niyligi,  nafsning  qabohati,  insoniy  axloq  mavzularini  qalamga  olib 
jo‘shqinlik  bilan  kuylaganlar.  Ruhning  holati,  sog‘inch  va  istaklar 
ilohiy va real hayotning go‘zal tasvirlari bilan qorishiq holda aks et-
tiriladi. Bu yo‘lda tekke shoirlari devon she’riyatida xalq she’riyatida 
qo‘llangan  majozlar,  ramzlardan,  xalq  maqol,  matallaridan,  tariqat 


 
52
atamalaridan ustalik bilan foydalanadilar. Turk tekke she’riyati XIII 
asrdan  boshlanib,  XIV–XV  asrlarda  eng  gullagan  davridir.  XX 
asrgacha tekke shoirlari asarlar yaratsa-da, avvalgi shukuhi susaygan 
edi.  O‘rta  asrlar  turk  she’riyatidagi  asosiy  uch  yo‘nalishning  biri 
bo‘lgan  tekke  she’riyati  (yana  devon  shoirlari  va  soz  shoirlari  ijodi 
ko‘zda tutiladi) o‘ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib turadi. 
Ana shunday o‘z yo‘liga ega bo‘lgan shoir Hoji Bayram tariqatda 
o‘z  yo‘lini  ochganidek,  she’riyatda  ham  “maktab”  yaratganini  turk 
adabiyotshunoslari  alohida  ta’kidlaydilar  (mn:  A.  Qaboqli).  Uning 
xalifasi  bo‘lgan  yoki  tariqati  shayxlaridan  yetishib  chiqqan  shoirlar 
Vizoli Qayg‘usiz (?-1562) Ahmad Sarbon (1545-1646), Shayx Ibro-
him (?-1655), G‘oibiy (?-1663), Idrisiy Muxtefiy (?-1615), Sari Ab-
dullah (?-1660) kabi shoirlarni Hoji Bayram izdoshlari deyish mum-
kin. 
Hoji  Bayramning  she’rlari  Yunus  Emre  she’rlariga  ham-
ohangdek.  Bir  misra  yoki  baytda  ishqi  ilohiy  haqida,  biror  falsafiy 
fikrni tushunarli tarzda bayon qilib berish Hoji Bayram she’rlarining 
xususiyatlaridan. Turkiy tilda so‘fiyona qarashlarni nozik lirik uslub-
da  ifodalash,  o‘ynoqilik  xos  uning  she’rlariga.  Shoir  yonib  yash-
amoqni, ko‘ngli hamisha ilohiy ishq o‘tida yonishini istaydi. 
Ne bo‘ldi bu ko‘nglum, ne bo‘ldi bu ko‘nglum 
Dardu g‘am ila to‘ldi bu ko‘nglum 
Yondi bu ko‘nglum, yondi bu ko‘nglum 
Yonmoqda darmon topdi bu ko‘nglum 
Yon, ey ko‘ngul yon, yon ey ko‘ngul yon! 
Yonmoqdan bo‘ldi dardimga darmon 
Parvona kabi, parvona kabi 
Sha’m ishqida yondi bu ko‘nglum
17

(tarjima bizniki – A. A.) 
 
XIV asr oxiri XV asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan tekke 
shoirlarining peshqadami, faylasuf, bayramiylik tariqatining asoschi-
si Hoji Bayram millat ma’naviyatining yuksalishida muhim xizmati 
singgan shaxslardandir. 
                                                           
17
 Ќабоќли А. Турк адабиёти. 2-жилд. – Истанбул, 1997. – Б.394.
 


 
53

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish