Turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#220055
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58
Bog'liq
turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar

“Maorif” asaridan 
-  Birov  menga  savol  beribdi.  Dedi:  ba’zi  darveshlarni  ko‘rdim, 
boshqa joylarda ta’qiqlangan samo’ va qo‘shiq majlislarini qizitadi-
lar.  Qanday  bo‘lar  ekan,  bu  darveshlik  mazhabiga  to‘g‘ri  keladimi, 
bunday ishlar ravomi? 
Men  javob  berib  dedim:  Buni  batafsilroq  qilib,  kengaytirib 
tushuntirish  kerak  edi,  ammo  muxtasar  aytadigan  bo‘lsam,  shuni 
bilginki,  agar  darvesh  sidqu  vafoli  bo‘lsa,  jahd  bilan  yillar  namozu 
ro‘za, zikru xilvatnishinlik shartlarini ado etib, Xudo talabida yurgan 
bo‘lsa,  botini  mezon  orqali  Uni  tark  etgan  va  o‘zining  ham  kamu 
ko‘sti (nuqsoni)ni anglagan bo‘lsa, u samo’ (majlisida ishtirok etib), 
doira va nay, tanbur va rubob (ovozini) eshitganda Xudovandga yana 
ham yaqinlashadi, holati o‘zgarib, ilohiy shavq ilhomida yonadi. Ishq 
va faqr muftilari buni u haqda ravo ko‘radilar. Negaki, uning bundan 
maqsadi qurb (yaqinlashish) va Iloh jamolidan lazzatlanishdir. 
Ammo  namoz  vaqtida  hol  va  vajdga  berilishga  qo‘ymadilar, 
chunki har bir maqsadning o‘z mavridi, suratu rusumi bordir. Biroq 
bular  bilan  birga  (ya’ni  namozu  ro‘za  bilan  birga)  samo’ga  berilib, 
huzurlansa  (ruhiy  halovat  topsa),  uni  boshqalarga  qiyoslab  hukm 
chiqarmaslik kerak. Zeroki, uning ibrati zohiran kufr bo‘lib tuyulsa-


 
33
da, lekin aslida bu kufr zamirida din bordir va ma’ni yuzasidan ayni 
iymondir. Ammo boshqalarning ishratlari kufr ustiga kufr va zulmat 
ustiga zulmatdir. Faqr yo‘lida qilinadigan qolgan barcha ishlar ham 
shariatning mag‘zidir, demak, har bir narsaning mag‘zi uning mux-
olifi  bo‘lolmaydi.  Yong‘oqning  mag‘zini  shaftoli  yoki  o‘rik  mag‘zi 
demaydilar.  Shariat  ommaning  ibodatu  toatidir  –  osonlashtirilgan 
yo‘ldir,  toki  kishilar  o‘z  yumushlarini  bajarib,  besh  vaqt  namoz 
vositasida  Xudoyim  taolo  ibodatini  ado  etsinlar  va  Xudoni  yodga 
olib  tursinlar.  Ularning  mayl  va  ishqlari  kuchsiz  bo‘lganligi  uchun 
bundan  ortiqqa  chidolmaydilar.  Quruqlikdagi  qushlar  doimo  suvda 
yurolmaydilar  va  tuproqdan  butkul  xalos  bo‘lolmaydilar,  illo,  goh-
gohida suv atrofida yuradilar, suvdan ichadilar va u bilan badanlarini 
tozalaydilar,  yana  o‘zlarining  quruqlikdagi  maskanlariga  uchib  bo-
radilar.  Bu  (ish)  baliqning  vazifasidirki,  “Alo  salotihi  doimuna” 
(namozlari  doimiydir).  Baliqlar  dengizdan  ajralib  yashashlari mum-
kin emas, ularning haqiqati dengizdan paydo bo‘lgan va dengiz bilan 
birgadir: “Rashsha alayhim min nuri” (nur yomg‘iri yog‘ilsin unga).  
Shariatdan  maqsad  suvga  va  daryoga  yuz  burishdir,  ammo  xos 
bandalar  bamisoli  baliqlardek  butkul  daryo  ichidadirlar  va  daryo 
ularning  jonidir,  ular  daryo  tufayli  tirikdirlar,  taomlari,  kiyimlari, 
maskan-manzillari,  oromu  uyqulari,  rizqu-ro‘zlari  ham  daryodir, 
ya’ni: “Allazina yazkurunalloha qiyoman va qu’udan va alo junubi-
him  va  yataffakkuruna  fi  xaqqis  samovati  val-arzi”  (Yeru  ko‘kning 
maxluqoti Alloh zikridadirlar va uning fikri bilan banddirlar). 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish