Turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar


Sulton Valad g‘azallaridan



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#220055
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Bog'liq
turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar

Sulton Valad g‘azallaridan 
Qaro qoshlar, qaro ko‘zlar jonim oldi, jonim oldi, 
Musulmonlar nedir bu, kim menga keldi, menga keldi? 
Birodarlar, oshiq bo‘ldim, ichib mayni dalli bo‘ldim, 
Kim aytur chaqirib endi: “Davo qildi, davo qildi!” 
Seni ko‘rdim, senga keldim, qo‘lim tutgil, o‘tga tushdim, 
Nido berdi, dalli bo‘ldim, meni Tangrim senga soldi. 
Ne totlidir sening ishqing, ki mendan ko‘nglimni oldi, 
Anga bir jon fido etdim, ikki ming jon menga berdi. 
Aning, kim joni nurlidir, Iso yanglig‘ ko‘kka boqdi, 


 
34
Ulovi jonli yer uzra ikkilanib ortda qoldi. 
Seni ko‘rdim, senga keldim, ko‘zim ochdim, yuzing ko‘rdim, 
Sado berdi, dalli bo‘ldim, meni ishqing senga soldi. 
Seni ko‘rdim: kechar eding, jonim yo‘lin ochar eding, 
Oshiqlaring sechar eding
6
, qolganin yildirim
7
 oldi. 
Keksa-yu yosh seni sevar, seni istar, seni so‘ylar, 
Quyosh yanglig‘ yuzing porlar, butun olam nurga to‘ldi. 
Ey xaloyiq, jonni asrang, bu dunyodan qo‘lni siltang, 
Ko‘zni oching, ko‘zni oching, ko‘ring Tangri nelar qildi. 
Valad keldi, sizga aytar, ne istarsiz – sizingladir, 
Oqil bo‘lgan meni bildi, dengiz bo‘ldi, guhar topdi. 
 
* * * 
Sening yuzing quyoshdir, yo‘qsa oydir, 
Jonim oldi, ko‘ngil dag‘i ne aytur? 
Mening ikki ko‘zim, bilgil, jonimsan; 
Meni jonsiz qoldirding, bil, bu qaytur. 
Ko‘zimdan chiqmagin, bu yer seningdir, 
Mening ko‘zim senga yaxshi saroydir. 
Ne o‘qdir bu, ne o‘qki tegdi sendin, 
Mening bo‘ynim sundirdi; endi yoydir. 
Tomosho-chun buyon kel va ko‘rgil sen, 
Netay: ko‘zim yoshi daryoyu soydir. 
Bu kun ishqing o‘tidan bahra oldik, 
Biz(g)a qayg‘u emas, gar qoru loydir. 
Valad yo‘qsil edi sensiz jahonda, 
Seni topdi, demakki endi boydir. 
* * * 
                                                           
6
 Сечар эдинг – танлар эдинг.
 
7
 Йилдирим – чаќмоќ.
 


 
35
Mavlonodur avliyoi barhaq, biling, 
Ul neni buyursa gar, uni qiling. 
Tangridan rahmatdur aning so‘zlari, 
Tinglasa ko‘rlar – ochilgay ko‘zlari. 
Qay kishikim bu so‘zla yo‘l olgay, 
Tangri aning mukofotin tom bergay. 
Yo‘q oxir molim ham mulkim-ki beray, 
Do‘stligim mol birla ravshan ko‘rsatay. 
Molni, ki Tangri menga berdi, budir, 
Kim bu molni istayur, ul eslidir. 
Esli kishining moli so‘zlar erur, 
Molini berur, bu so‘zlarni olur. 
Mol tuproqdir, bu so‘zlar esa qolur, 
Eslilar moldin qochur, bunda turur. 
So‘z qolar boqiy, dunyo foniy bo‘lur, 
Boqiyni tut, quvgil anikim o‘lur. 
Yolvorib zori-zori qilib anga; 
Rahm ayla, Sen lutfingdin manga. 
Ko‘zimni och, ki seni ravshan ko‘ray, 
Tomchi kabi dengizga kirib, turay. 
Men dag‘i tomchi kabi dengiz bo‘lay, 
o‘lmayin, dengiz bo‘lib tirik qolay. 
Eslilar hayron qolurlar bu so‘za, 
Kim: “Xaloyiq xoliqi netgay biza?” 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish