Turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#220055
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
Bog'liq
turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar

SULTON VALAD 
(1226–1312) 
Karmanada tug‘ilgan Sulton Valad Mavlono Jaloliddin Rumiyn-
ing  to‘ng‘ich  o‘g‘lidir.  U  bir  umr  otasining  tarbiyasini  olgan, 
mavlaviylar  muhitida  tarbiyalanib  voyaga  yetgan  zot.  Konya  va 
Shomdagi  eng  mashhur  madrasalarda  tahsil  olib,  ilohiy  bilimlarni 
chuqur  egalladi.  Otasi J.  Rumiy  vafotidan  so‘ng mavlaviylar  suluki 
shayxi  Husomiddin  Chalabiy  bo‘ladi,  keyin  S.  Valad  shayx  bo‘lib, 
Rumiy  ta’limotini  elga  tanitmoq  uning  umrlik  maqsadiga  aylandi. 
S.Valadning shaxs sifatida shakllanishida Shams Tabriziyning ta’siri 
ham kuchli bo‘lgan. Sulton Valad shoir sifatida otasi Jaloliddin Ru-
miy darajasiga yetolmasa-da, uning tashkilotchiligi kuchli edi. U bir 
umr  otasining  ta’limotini  rivojlantirish  va  targ‘ib  qilishni  o‘ziga 
maqsad  qilib  qo‘yadi.  J.Rumiy  asos  solgan  “mavlaviylik”  tariqat 
o‘laroq Sulton Valaddan boshlanadi, keyinchalik o‘g‘li Orif Chalabiy 
ham shu ishni davom ettiradi. 
Sulton  Valad  buyuk  faylasuf  bo‘lmasa-da,  mavlaviylik 
tariqatining ba’zi  qoidalarini  ishlab  chiqdi.  Uning  asarlari  mazmuni 
ham  mavlaviylik  tariqati  xususida  bo‘lib,  asosan  didaktik  ruhdadir. 
Sulton Valadning bobosi Bahoiddin Valad va boshqa o‘ziga zamon-
dosh shayxlar haqida yozib qoldirganlari ayniqsa ahamiyatlidir. Ru-
miyning ba’zi asarlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Valad yozib qoldirgan man-
balardan olingan. 
Sulton Valad turk tilida yozilgan ilk she’rlar namunasini bergan 
shoir  sifatida  ham  qadrli.  Tasavvufiy  ruhda  bo‘lgan,  mavlaviylik 
ruhiyatini  keng  xalq  ommasiga  singdirish  uchun  yozilgan  turkiy 
she’rlarning  uslubi  o‘ziga  xosdir.  Sulton  Valadning  devonida  uch 
masnaviysi – “Ibtidonoma” (1291) “Rubobnoma” (1301) “Intihono-
ma”  va  “Maorif”  nomli  nasriy  asari  bor.  Shoirning  adabiy  merosi 
asosan  fors  tilida  bo‘lsa-da,  devonda  turkcha-forscha,  turkcha-
forscha-rumcha  aralash  baytlar,  hamda  turkcha  she’rlar  uchraydi. 
Jami 156 baytni tashkil qilgan “Rubobnoma”dagi bu turkiy she’rlar 
1301  yilda  Kichik  Osiyoda  yozilgan  sanasi  aniq  bo‘lgan  ilk  turkiy 
yozma  adabiyot  namunasidir.  Shoirning  turkcha  devonini  birinchi 
marotaba 1925 yilda Valad Chalabiy Izbudaq “Devoni Turkiy-i Sul-
ton  Valad”  nomida  jamlab  e’lon  qilgan.  Devonda  asosan  shoirning 
turkiyda  yozgan  adabiy  merosi  va  masnaviylaridan  parchalar  olin-


 
32
gan.  Adabiyotshunos  olim  Majdut  Mansur  o‘g‘li  1958  yili  “Sulton 
Valadning turkcha manzumalari”ni tayyorlab nashr ettirdi. Shoirning 
turkiy  tildagi  adabiy  merosi  adabiyotshunoslikda  “ilk  saljuqiy 
she’rlar” nomida ham ataladi. 
Sulton  Valadning  adabiyot  oldidagi  asosiy  xizmati  tasavvufiy, 
falsafiy  ruhda  turk  tilida  birinchi  bo‘lib  asar  yaratganidir.  S.Valad 
asarlari mazmunan va shaklan yangilik bo‘lmasa-da, o‘sha davr ada-
biy  mahsuli,  til  xususiyatlari  jihatidan  qimmatbaho  merosdir.  Turk 
tilida adabiy asarlar yaratishga turtki bergan shoir mavlaviylikni sod-
da  tilda,  oddiy  misollar  bilan  tushuntirishga  harakat  qiladi.  Tomchi 
suv  ummonga  singib  ketganidek,  inson  ruhi  ham  abadiyatga  singib 
ketishini  uqtiradi.  Ko‘zni  ochib  “tomchidek  dengiz  sari  to‘g‘ri 
yurish, tomchidek dengizga qorishib mangu qolish” ya’ni abadiy ruh 
saltanatida  bo‘lish  har  bir  so‘fiy  uchun  maslakdir.  Sulton  Valad 
so‘fiy shoir sifatida, asarlarida davr adabiy muhitini aks ettiraoldi-ki, 
bugungi kun uchun bu juda ahamiyatlidir. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish