Turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar


XVI asr turk adabiyotiga umumiy nazar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#220055
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
Bog'liq
turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar

XVI asr turk adabiyotiga umumiy nazar 
XVI asr turk mumtoz adabiyotining eng gullagan, yuqori cho‘q-
qisiga  chiqqan  “oltin  davri”dir.  Bu  “oltin  davr”da  usmonlilar 
imperiyasi siyosiy, harbiy jihatdan qudratli, uch qit’aga yoyilgan bir 
davlat  edi.  Usmonlilarning  ulug‘  hukmdorlari  ham  shu  davrda 
yetishib  chiqdi.  Imperiya  sarhadlari  shimolda  Rus  dashtlariga, 
Janubda  Hind  okeaniga,  G‘arbda  Yunoniston,  Sharqda  Ajam  (arab) 
ichkarisigacha  yetib  borgan.  Yevropa  davlatlari  ham  turk  sultoni 
bilan hisoblashardi. Davlat siyosiy nufuzining mustahkamligi, albatta 
                                                           
21
 Тўфанг – милтиќ.
 


 
86
ilm-fan,  san’at-madaniyat,  adabiyot  rivojiga  zamin  yaratdi.  Savdo-
sotiq  ishlari  rivojlangan,  ko‘plab  xorijiy  ellardan  Istambulga 
karvonlar  oqib  kelar,  bu  o‘z  navbatida  xalqlar  o‘rtasidagi  madaniy 
aloqalarni  kuchaytirardi.  Diniy,  irqiy  nizolarga  barham  berilib, 
shaharu  qishloqlarda  osudalik  hukm  surdi.  Istambul  adabiyot,milliy 
madaniyat  gullab  yashnayotgan  shaharga  aylandi.  Sultonning  va 
beklarning  saroylarida  ilmiy-adabiy  munozaralar  uyushtirilar,  ijod 
ahliga  e’tibor  qilinardi.  Istambul,  Bursa,  Edirna,  Manisa,  Konya  va 
boshqa yirik shaharlarda ko‘plab jome, xonaqoh, madrasa, kutubxona 
karvonsaroylar qurilib, ajoyib me’morlik yodgorliklari bunyod etildi. 
Turk  mumtoz  she’riyatining  eng  yorqin  yulduzlari  Mahmud 
Abdul  Boqiy,  Hayoliy,  Ruhiy  kabi  shoirlar  ham  o‘sha  davrning 
adabiy, madaniy muhiti tufayli yetishib chiqdi. Istambuldagina emas, 
boshqa  yirik  shaharlardagi  saroy  va  madrasalarda  ham  o‘ziga  xos 
adabiy  guruhlar  to‘plandi.  Imperiyaning  madaniy  markazlari 
bo‘lmish  Istambul,  Edirna,  Bursa,  Konya,  Uskup,  Diyorbakir 
shaharlarida  adabiy  muhit  o‘ziga  xos  tarzda  rivojlandi.  Endi  turk 
shoirlari  forsiy  tilda  ijod  qilgan  buyuk  shoirlarga  emas,  Ahmad 
Posho,  Najotiy  kabi  turkiy  tilda  ijod  qilgan,  aytish  mumkin  bo‘lsa, 
o‘z vatandosh ustozlari ijodiga ergashib ijod qila boshladilar. Devon 
she’riyati,  asosan,  aruz  vaznida  yaratilgani  uchun  she’riyatda  arab, 
fors  kalimalari  nihoyatda  ko‘p  qo‘llanilardi.  Bu  davrda  she’riyat 
tilini  “turkiylashtirish”ga  intilishlar  ham  shu  sabablidir.  “Turki 
basit”,  ya’ni  sodda  xalq  turkchasi  va  xalq  tushunadigan  majozlarda 
she’r  yozish  tarafdorlari  ham  bor  edi.  Oydinli  Visoliy,  Edirneli 
Nazmiy  kabilar.  Ammo,  bu  yo‘nalish  tarafdorlari  uncha 
muvaffaqiyatga erisha olmadilar. 
XVI  yuz  yilda  tazkirachilik,  tarixchilik,  masnaviy  yozish 
borasida ham ijobiy siljishlar bo‘ldi. Xalq hikoyalari yo‘lida didaktik 
asarlar  yaratildi.  Ishqiy,  axloqiy,  diniy  mavzularda,  pand-nasihat, 
tarixiy  voqealarni  aks  ettiruvchi  asarlar,  jumladan  Ibni  Kamolning 
“Yusuf  va  Zulayho”,  Qora  Fazliyning  “Gul  va  Bulbul”,  Toshlijali 
Yahyoning “Xamsa”si yaratildi. 
Shaklan  murabbaga  o‘xshash,  ammo  sodda  tilda,  kuyga  solib 
aytish uchun yozilgan, sharqiy nomini olgan she’rlar ham asosan shu 
davr  mahsulidir.  XVI  asrda  “Shaharangiz”  janrida  Istanbul,  Bursa, 
Edirna,  Diyorbakir  kabi  shaharlarga  bag‘ishlangan  ko‘plab  asarlar 
vujudga  keldi.  Lomiyning  Bursa  ta’rifi  keltirilgan  “Shaharangiz”i 


 
87
ayniqsa  mashhurdir.  Umuman  XVI  asrda  avvalgi  yuz  yilliklardagi 
adabiy  yo‘nalish  yanada  mukammallashib,  turk  klassik  adabiyoti 
mazmunan  ham,  shaklan  ham  ancha  boyidi.  Bu  davrda  ko‘plab 
g‘azalnavis,  masnaviynavis  shoirlar  yetishib  chiqib,  turk  adabiyoti 
sahifasini  yanada  bezadilar.  Zotiy,  Boqiy,  Ishoq  Chalabiy,  Fig‘oniy, 
Rahmiy,  Hayratiy,  Lomiy  Haqqoniy,  Nazmiy,  Shohidiy,  Shukriy, 
Jaloliy,  Behishtiy,  Sharifiy,  G‘azoliy,  Shamsiddin  Sivasiy,  Nihoniy, 
Hotamiy,  Vasfiy,  Haylik  Bey,  Usuliy,  Kamol  Poshozoda,  Bag‘dodli 
Ruhiy  XVI  asr  turk  klassik  adabiyotining  eng  ko‘zga  ko‘ringan 
vakillaridir. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish