ALIMBEKOV A. Turk adabiyoti tarixi (XIII–XVIII asrlar).
-T.: ToshDShI nashriyoti. 2005. -B.132.
Mas’ul muharrir
filologiya fanlari doktori,
professor Q. SODIQOV
© Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, 2005
3
KIRISH
Tarixi ming yillar bilan o‘lchanadigan Sharq adabiyoti o‘zining
boy adabiy merosi bilan jahon adabiyoti tarixida alohida o‘rin tutadi.
Sharq badiiy olamida turk adabiyotining o‘ziga xos o‘rni bor. Ming
yillardan beri o‘zining yozuv tarixiga ega Sharqda turk adabiyoti
nisbatan yoshdir. Turk adabiyoti tarixi hozirgi turklarning ajdodlari
bo‘lmish turkiy o‘g‘uz qabilalarining XI-XIII asrlarda Kichik Osiyo
yerlarini zabt etilishidan boshlanadi.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, o‘g‘uz qabilalari VI-VIII
asrlarda Markaziy Osiyoda yashaganlar va muntazam boshqa turkiy
qabilalar bilan aralashish protsessida bo‘lgan. VIII asrda O‘rta
Osiyoda Sirdaryo bo‘ylariga ko‘chib kelgan o‘g‘uz qabilalari islom
dinini qabul qilgach XI asrda saljuqiylar sulolasi boshchiligida
Kichik Osiyo yerlariga bostirib kiradilar. Bu paytda Kichik Osiyoda
Vizantiya hukmronlik qilardi. Umuman turkiy qabilalar VIII-X
asrlardayoq Kichik Osiyo yerlarida paydo bo‘lib, qarluqlar,
qipchoqlar Vizantiya imperiyasiga qarshi doimiy urush olib
borganlar. Qabilalardan bir qismi bosib olingan yerlarda joylashar va
mahalliy aholiga qo‘shilib ketardi ham. XI asrda saljuqiylar sulolasi
boshchiligidagi o‘g‘uzlarning Kichik Osiyo territoriyasiga bostirib
kirishi nihoyatda kuchaydi. Shunday qilib
,
poytaxti Konstantinopol
bo‘lgan Kichik Osiyodagi Vizantiya imperiyasi o‘rnida ikkita turkiy
davlat – poytaxti Sivas shahri, Donishmandiylar davlati (1067-1180)
poytaxti Konya bo‘lgan Saljuqiylar davlati (1077-1307) paydo
bo‘ldi. Kichik Osiyoning sharqiy-janubida va markaziy qismida joy-
lashgan bu ikki davlat XV asrning o‘rtalarida Vizantiya imperi-
yasining tamoman yemirilishida muhim rol o‘ynadi.
Turk yozma adabiyoti manbai xalq og‘zaki ijodidirkim, uning
ildizi o‘g‘uzlar Kichik Osiyoga kelgunlaricha ko‘chmanchi bo‘lib
yashagan yerlariga borib taqaladi. Turk adabiyoti boshqa turkiy
xalqlar madaniyati bilan o‘zaro chambarchas aloqada paydo bo‘ldi
va shakllandi. Turkiy qabilalar azaldan bir-biri bilan uzviy aloqada
bo‘lganlar va umumturkiy bo‘lgan madaniy yodgorliklarni – qadimgi
turk yozma yodgorliklarini
,
yaratganlar. Qadimgi turk yozma yodgor-
liklari – O‘rxun-Enasoy (VI-VIII asrlar) yodnomalari bunga misoldir.
Turkiy qabilalar o‘rtasida o‘zaro adabiy aloqalar bo‘lgan. Ayrim
obrazlar, syujetlar deyarli barcha turkiy xalqlar og‘zaki ijodida
4
uchraydi. Keyinchalik har bir xalq adabiyoti ma’lum ijtimoiy-tarixiy
sharoitda o‘ziga xos rivojlanish yo‘lidan bordi. Mana shu o‘ziga xos-
likni, har bir adabiyotning taraqqiyot tendensiyalarini chuqur
o‘rganish adabiyotshunoslikning vazifalaridandir. Adabiy merosga
bo‘lgan munosabatga qarab turk adabiyotshunoslarini ikki guruhga
bo‘lish mumkin.
Birinchi guruh olimlari turk adabiyotining boy adabiy merosga
egaligini ta’kidlab, hozirgi zamon turk adabiyoti o‘tmish adabiy
an’analariga suyangan holda rivojlanayotganli-gini aytsalar, ikkinchi
guruh vakillari o‘tmish turk adabiyoti taqlid adabiyotidir, asosan fors
va arab adabiyotiga taqliddan boshqa narsa emas, bu adabiyot davr
haqida to‘liq ma’lumot berolmaydi deyishadi va hozirgi adabiyotdagi
qusurlarni ham adabiy merosning zaif tomonlarini o‘zlashtirishdan
deb biladilar.
Jahon adabiyoti tarixida adabiy merosga noto‘g‘ri munosabatda
bo‘lish juz’iy hol emas. Bir vaqtlar eronliklar, arablar, hindlar ham
o‘z adabiy merosiga shunday munosabatda bo‘lganlar.
Hozirgi vaqtda adabiy meros turk adabiyotshunoslari va boshqa
turkologlar tomonidan har tomonlama jiddiy o‘rganilmoqda.
Turk adabiyotshunoslari adabiyot tarixini uch yirik davrga
bo‘ladilar:
1.
Turklarning islom dinini qabul qilgunigacha bo‘lgan davr. X
asrgacha bo‘lgan bu davr adabiy merosi barcha turkiy xalqlarga
tegishli deb qarash kerak.
2.
Islom dini qabul qilingandan so‘nggi davr.
3.
Yangi davr, ya’ni g‘arb adabiyoti madaniyati ta’siri sezila
boshlagandan keyingi davr.
Bular o‘z navbatida ijtimoiy muhitdan kelib chiqib yana bir
qancha nom bilan kichikroq davrlarga ajratiladi.
Islomiyatdan avvalgi adabiyotni ikkiga ajratish mumkin:
1.
Og‘zaki adabiyot
2.
Yozma adabiyot
Islom dini qabul qilingandan so‘nggi turk adabiyoti uch bos-
qichga bo‘lib o‘rganiladi.
1.
O‘tish davri adabiyoti
2.
Xalq adabiyoti
3.
Mumtoz turk adabiyoti
5
Yangi, g‘arb adabiyoti va san’ati ta’siri sezila boshlagan uchinchi
davrni yaratilgan asarlar ruhidan, umuman
,
zamon talabidan kelib
chiqib oltiga bo‘lish mumkin:
1.
Tanzimot davri turk adabiyoti;
2.
“Sarvati - funun” adabiyoti;
3.
“Fejri - Ati” adabiyoti;
4.
Milliy adabiyot;
5.
Milliy mujodala davri adabiyoti;
6.
Jumhuriyat davri turk adabiyoti;
Adabiyotni davrlashtirishni nisbiy tushunish kerak, chunki ikki
davr o‘rtasiga “xitoy devori” qo‘yib bo‘lmaydi, albatta.
Turk adabiyotshunoslari turk xalq adabiyotini mazmun
mohiyatidan kelib chiqib quyidagicha tasniflaydilar.
1.
Anonim turk xalq adabiyoti
2.
Diniy – tasavvufiy turk adabiyoti
3.
Oshiq tarzi turk adabiyoti
Anonim turk xalq adabiyotining nazmiy shakllari:
1.
Turku
2.
Mani
3.
Ayit (yo‘qlov)
4.
Tekerleme
5.
Bilmeje (topishmoq)
6.
Ninni (alla)
Nasriy shakllar:
1.
Masal (ertak)
2.
Doston
3.
Afsona
4.
Fikra (latifa)
5.
Xalq hikoyasi
6.
Otaso‘zi (maqollar)
7.
An’anaviy xalq tomosha o‘yinlari
Diniy-tasavvufiy turk adabiyotining nazmiy shakllari:
1.
Ilohiy
2.
Nafas
3.
Nutq
4.
Shatxiye
6
5.
Davriye
6.
Munojaat
7.
Tavhid
8.
Naat
9.
Mavlud
Nasriy shakllari:
1.
Futuvvatnoma
2.
G‘azovotnoma
3.
Manoqibnoma
4.
Battolnoma
Oshiq tarzi turk adabiyotining janrlari:
1.
Koshma
2.
Varshagi
3.
Samoiy
4.
Doston
5.
Go‘zallama
6.
Kochaklama
7.
Tashlama
Turk adabiyotining rivojlanishida fors, arab adabiyotlari-ning
ta’siri katta bo‘lgan. Shoirlar fors hamda turk tillarida ijod qilganlar.
Turkiyaga fors saroy adabiyoti bilan birga xalq og‘zaki ijodi ham
kirib kelgan. “Tazkira” tuzish ham turklarga eron adabiyotidan
o‘tgan.
Turk adabiyotini o‘rganish, o‘rta asrlardan boshlanadi deyish
mumkin. Tanqidiy qarashlar ham bo‘lgan buningdek antologiyalar
turk adabiyoti haqida Yevropada ilmiy adabiyotlar paydo bo‘lishiga
asos bo‘ldi. XVIII asrning 70-yillarida Venesiyada e’lon qilingan
turk adabiyoti tarixiga oid kitob va “Turkiyadagi har xil fanlar ahvo-
li” deb nomlangan Abbat Toderining ilmiy ishi, XIX asr boshlarida
e’lon qilingan Avstraliyalik sharqshunos Hammer Prugshtalning to‘rt
tomlik “Istoriya osmanskogo izyashnoy slovesnosti” (“Usmonli so‘z
san’ati tarixi”) kitoblari shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda jahon sharqshunoslari tomonidan turk adabiyoti
tarixi izchil o‘rganilmoqda.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |