Tuk xalq og‘zaki ijodi haqida
T U R K U
Turkular maxsus bir ohang, musiqa jo‘rligida aytilgan xalq
qo‘shiqlaridir. Qadimda butun xalq qo‘shiqlarini ham turku deb
atashgan. Turkularning asosiy mavzusi atrof muhit, tabiat, yoki biror
voqea ta’sirida paydo bo‘lgan tuyg‘ularni tilga ko‘chirishdir. Shu
jihatdan mavzu rang-barang. Asosiy fikr bir misrada bo‘lib, boshqa
misralar shu fikrni to‘ldiradilar. Anonim xalq adabiyotining nazmiy
shakli bo‘lgan turku ko‘pincha 11 hijoli bo‘lib,
___________ a
___________ a
___________ a
___________ x
___________ x
___________ v
___________ v
___________ v
___________ x
___________ x
___________ s
___________ s
___________ s
___________ x
___________ x
tarzida qofiyalanadi. Anadolu turkulari xalq orasida mashhur. Tur-
kular turli mavzuda - sevgi, tabiat, go‘zallik, ayriliq, o‘lim va hokazo
mavzularda bo‘lishi mumkin. Turkularda har banddan so‘ng
bog‘lovchi misralar bo‘ladi. Bu misralar kavushtak deb ataladi
(sharqiylardagi naqorat kabi). Turkular millatning tarixi, urf-odatlari,
an’analarining o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi milliy nazm shaklidir.
Turkiyaning viloyatlarida turkular naqorat misralariga ko‘ra bo‘zlak,
koshma, xo‘yrat, chuqurova nomlari bilan ham ataladi. Turkularning
8
muayyan bir qoidasi yo‘q. Ba’zi misralar sarbast bo‘lib, naqorat band
o‘rtasida kelishi ham mumkin.
T U R K U
Iki turnam gelir, oqli qorali,
Birin shaxin vurmush, biri yarali,
O yavruya so‘run, asli nereli?
Qator, qator o‘lmush, gelir turnalar,
Ayrim, ayrim ne xo‘sh gelir turnalar.
Ketma turnam, ketma xabar so‘rayin,
Qanoting tagiga nomam solayin
Nozli jononima xabar berayin.
Qator, qator o‘lmish, gelir turnalar
Ayrim, ayrim, ne xo‘sh gelir turnalar.
Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar turkularda aks etishi mumkin,
ya’ni turkularda so‘z qo‘llanishi, mavzu zamonaviylashadi.
Masalan:
Poezd gelir, xo‘sh gelir
Xonalari bo‘sh gelir
M A N I
Mani to‘rt misralik mustaqil she’rdir. Mani arabcha ma’no
so‘zidan bo‘lib, anonim xalq adabiyoti nazm namunasi. Ozariylarda
bayoti, qirg‘izlarda o‘lan, o‘zbeklarda xalq qo‘shiqlari kabi. Manilar
to‘rt misralik, 7 hijo o‘lchovida aytilib, ko‘pincha
___________ a
___________ a
___________ x
___________ a
shaklida qofiyalanadi. Yozma adabiyotda ruboiy, tuyuq (XIV-XV)
janrlari mani asosida paydo bo‘lgan. Mustaqil she’r bo‘lgan manil-
arda asosiy mazmun so‘nggi ikki misrada bo‘ladi. Manilar turli
mavzularda bo‘lishi mumkin. Sof hazil uchun tuzilgan, kulgili ma-
nilar ham bor. Ko‘proq ayollar tilidan aytiladigan manilar niyat, fol,
9
sevgi, maktub, to‘y mazmunida yoki falsafiy va boshqa mavzularda
bo‘lishi mumkin.
Manilar shaklan to‘rt xil bo‘ladi:
1) Duz mani (oddiy mani); 2) Jinasli (so‘z o‘yinli) mani;
3) Kesik mani; (oyoqli, zinapoya shaklidagi mani); 4) Yedekli mani;
(qo‘shimchali mani)
Do'stlaringiz bilan baham: |