Turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/58
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#220055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
turk adabiyoti tarixi xiii-xviii asrlar

4.
 
Yedekli  (qo‘shimchali)  manilarda  mazmunni  kuchaytirish 
uchun band so‘ngida yana ikki misra qo‘shiladi. 
 
 
Dardim var bellar kabi 
 
 
So‘ylemem yellar kabi 
 
 
Qalbimi xuzuni var 
 
 
Yiqilmish ellar kabi 
 
 
 
Ko‘zlarimdan yosh oqar 
 
 
 
Bo‘shagan sellar kabi 


 
10
Shoirlar  ham  mani  shaklida  she’rlar  yozganlar.  Orxan  Seyfi 
Beyning quyidagi misralari bunga dalildir: 
 
 
Ne Hindda, ne Chindaymish 
 
 
Ajab nerdaymish, neymish 
 
 
Izlaganim mahalda 
 
 
Ko‘nglimni ichindaymish. 
K O‘    Sh    M    A 
Xalq adabiyoti nazm shakllaridan biri. Asosan 11 hijoli, bandlari 
to‘rt  misrali,  eng  oz  uch,  eng  ko‘p  6,  gohida  undan  ortiq  to‘rtlik 
bo‘ladi. Ko‘shmalar mazmuniga qarab turlicha nomlanishi mumkin. 
Tabiat  va  inson  go‘zalligidan  bahs  etganlari  go‘zalleme,  yigitlik 
mardlik, urush mavzusi bo‘lsa ko‘chaklama, o‘lim haqidagi ayit, bir 
kimsa yoki guruhning yomon tomonlarini ko‘rsatgani tashlama. Ko‘p 
uchraydigan qofiya shakllari. 
________ a _________ a __________ x 
________ a _________ b __________ b 
________ b _________ a __________ x 
________ a _________ b __________ b 
Ko‘shmalar ohang uslubiga ko‘ra, Ajam, Anqara, Kerem, Sivri-
hisar  ko‘shmalari  nomlari  bilan  atalishi  mumkin.  Tuzilishiga  ko‘ra 
ko‘shmalar  duz,  yedekli,  musammat,  ayakli  zanjirband  ayakli,  zin-
jirleme kabi turlarga bo‘linadi. 
Musammat ko‘shmaning ilk bandidagi birinchi va ikkinchi bay-
tlarida besh hijoli ziyoda bog‘lovchi so‘z bo‘ladi. 
Ey banim jononim, jon ichra jonim 
Sho‘x navjuvonim o‘lma bevafo  
Rahmayla bana 
 
 
Men sana qurban kel kes gardanim 
 
 
To‘k yerlarga qonim faqat bo‘l oshino  
 
 
 
 
Bo‘lma bevafo 
Ko‘shma  so‘zi  “qo‘shoq”  fe’lidan.  Prof.  Fuad  Ko‘pruli 
qo‘shmani “so‘zga kuy bog‘lamoq va moslamoq” deydi. 
K O‘ Sh M A 
 
Go‘zal ko‘zlarini sevdigim dilbar 


 
11
 
Kel bizim ellarni kez, karam ayla 
 
Go‘la qo‘llaring var, kezar qalamla 
 
Ol meni daftara yoz, karam ayla 
 
Yiroqtir yo‘llarim, adashdim keldim 
 
Totlidir tillaring, aylandim keldim 
 
Vafolim bo‘ynuna, endi men o‘ldim 
 
Mozor ko‘ksinga qaz, karam ayla 
I L O H I Y 
Diniy mavzulardagi oshiq adabiyoti she’riy shaklidir. Tekkelarda 
olloh ishqida kuylagan manzumalardir. Ilohiy – Allohga oid demak. 
Ilohiylarda,  asosan,  tangri  sevgisi  va  diniy  mavzular  aks  ettirilgan. 
Xalq  adabiyotidagi  ilohiy, devon  adabiyotidagi  “tavhid”  va  “muno-
jotlarga” o‘xshash. Ilohiy diniy – tasavvufiy mavzuda bo‘lgani bilan, 
biror tariqatning o‘ziga xosligi, afzalligini targ‘ib etmaydi. 
Tariqatlarning  o‘ziga  xosligini  ifoda  etgan  ilohiylar  bektoshiy-
likda – nafas, yassaviylikda – hikmat, mavlaviylarda ayin, gulshehri-
lar  –  tapuu,  xalvatilarda-durak,  boshqa  tariqatdagilarda  jumhur 
deyilgan. 
Ilohiylar  7,8,11,14,16  hijoli  vaznlarda  yozilgan.  7-8  hijoliklari 
to‘rtlik,  11,14,16  hijoliklari  bayt  shaklida  yozilgan.  Bayt  shaklida 
yozilganlari  g‘azal  kabi  qofiyalangan.  Aruz  vaznida  yozilgan 
ilohiylar ham bor. Ilohiylar mavlud va bosh-qa diniy bayram kunlari 
ko‘pchilik  bo‘lib  tekkelarda  (bir  tariqat  yo‘lidagi  darveshlarning 
yigiladigan joyi) ham aytiladi. 
Ilohiyning eng yaxshi namunalarini Yunus Emre ijodida ko‘rish 
mumkin. 


 
12

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish