Geterogen tarmoqlarni muvofiqlashtirish tamoyillari.
Ikki va undan ortiq kompyuterlami bir-biriga ulab, tarmoqni
tashkil etish uchun tayanch tarmoq texnologiyasini qoilash kifoya.
Tayanch tarmoq texnologiyasi
- bu muvofiqlashtirilgan
protokollar to'plami va ulami amalga oshiruvchi dasturiy —
apparatli vositalarhing hisoblash tarmog‘ini qurishga yetarli qismi.
Misol sifatida Ethernet yoki Token Ring texnologiyalarini keltirish
mumkin.
Tayanch tarmoq texnologiyalari har xil bo‘lgan tarmoqlarni
birlashtirishda muammolar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko'pgina
qurilmalar bir-biriga mos kelmasligi ham mumkin. Chunki uni
ishlab chiqaruvchi firmalar o‘z standartlariga asoslanishadi.
Keyingi muammo bu har xil protokollar to‘plamidan foyda-
lanish hisoblanadi.
AQSH da barcha tarmoqlarni birlashtirish,
OSI protokollar
steki bo‘yicha amalga oshmadi. Buning sabablaridan biri bu ma
salan Internet uchun TCP/IP steki asosiy standartdek qoilanil-
moqda.
Har xil protokollami muvofiqlashtirishda quyidagi 3 ta asosiy
usullar qoilaniladi:
• inkapsulatsiya;
• translatsiya;
• multipleksiyalash.
Protokolni inkapsulatsiya (yoki tunnellashtirish) qilish, ya’ni
har xil tarmoqni
muvofiqlashtirish usuli, ularda ma’lumotlar
uzatishda har xil texnologiyalar qo‘llaniladi. Bunda usul bevosita
bir xil texnologiya asosida yaratilgan ikki tarmoq orasida
ma’lumotlar almashuvini tashkillashtirishda qoilaniladi. Bunday
tarmoqlar
bilvosita, ya’ni boshqa tarmoqlar orqali bogiangan
boiadi. Demak, inkapsulatsiya usuli bu yerda o‘rtada tarmoqni
tranzit sifatida ishlatadi, ya’ni
uning transport vositasidan
foydalanib maiumotlami uzatadi.
Protokollami muvofiqlashtirishda ushbu usul oddiy va tezkor
hisoblansada, u tranzit tarmoqdagi uzellari bilan o‘zaro aloqani
o‘mata olmaydi.
207
Translatsiya usuli - ikki tarmoqni muvofiqlashtirish
maqsadida birinchi tarmoq xabarlarini
ikkinchi tarmoq formatiga
o‘girtirish hisoblanadi, ya’ni translatsiya qiladi. Translatsiya
jarayonini ko‘p hollarda texnikaviy apparatlarga yuklatiladi.
Translatsiya jarayoni protokollami bir-biri bilan farqlanish
darajasiga bog‘liq. Masalan, Ethernet
xabarlarini Token Ring
xabariga o‘girtirish oson, sababi ular paketlami adreslashda bir xil
tizimdan foydalanishadi.
Translatsiya usulining afzalligi:
• ishchi stansiyalarda qo‘shimcha dasturiy ta’minotni
o‘matish talab etilmaydi;
• administratsiyalash jarayoni murakkab emas, tarmoq
xavfsizligini ta’minlash ham mumkin bo‘ladi.
. Kamchiliklari:
• translatsiya jarayonidan barcha ma’lumotlar o‘tishi
munosabati bilan uning o‘tkazish samarasi foydalanuvchilaming
o‘sishi bilan kamayadi;
• translatsiyaning o‘zi ko‘p vaqt talab qilishi mumkin,
bu ham
ma’lumotlar uzatishni pasaytiradi.
Multipleksiyalash - bu yerda uzellarda bir vaqtning o‘zida bir
nechta protokollami ishlashi ta’minlanadi. Natijada kelgan
xabarlami zaruriy protokol bilan qayta ishlash imkoniga ega bo‘-
ladi. Qaysi protokol steklari orqali xabar qayta ishlanishini maxsus
dasturlar, ya’ni multipleksor yoki protokol menejeri bajaradi.
Afzalliklari:
• ma’lumotni qayta ishlashda navbat paydo bo‘lmaydi;
Kamchiligi:
• administratsiyalash va tarmoq ishini nazorat qilish
murakkablashadi;
• ishchi stansiyalarda qo ‘ shimcha protokol steklarini о ‘ matish
talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: