may oyiga kelib ushbu forumda 230dan ortiq qatnashchilami
birlashtirgan. 0 ‘sha yiliyoq WSIS (World Summit on Information
Society) tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va
vazifalami qo‘ygan.
1. WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda
axborot hamda kommunikatsion texnologiyalami rivojlantirish
(ko‘pgina chekka hududlarda telefon hamda
kabel tarmoqlaming
umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda). 2. WiMAX
yordamida yer sharining yarim aholisini axborot hamda kommu
nikatsion texnologiyalarga yo ‘ Ini ochish.
WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: WiMAX tizimi ikki
asosiy qismdan iborat.
1. WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yoxud
maxsus ustunga o‘matilishi mumkin).
2, WiMAX qabul qilgich (qabul qiluvchi antenna,
PC card
yoki tashqi kartalar asosida).
Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi
oralig‘idagi bogianish past chastotali diapazon (2-11 GHz) orqali
amalga oshiriladi. Bunday bogianish eng yaxshi sharoitlarda 20
Mb/s tezlikda maiumot uzatishga imkon beradi va to‘g‘ridan-
to‘g‘ri signal ko‘rishni talab etmaydi.
Qo‘shni baza stansiyalari bilan OYCh (o‘ta yuqori chastota 10-
66 GHz) to‘g‘ridan-to‘g‘ri radioaloqa rejimida doimiy bogianish
o'matiladi. Bunday bogianishlar 120 Mb/s tezlikda maiumot
almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish orqaligina bir-biri bilan maiumot
almashinishi bu WiMAX ning minus tomoni.
Ш Ш Й Х
F O R U M
172
Наг bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bog‘lanish orqali
(T3 va shunga o‘xshash) provayder bilan doimiy bog‘lanib turadi.
Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi
asosida teng baza
stansiyalariga taqsimlash mumkin.
IEEE 802.16 tarmog‘i strukturasi odatiy mobil aloqa
tarmog‘iga o‘xshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 km
radiusda xizmat ko‘rsata oladi.
WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud.
- Fixed WiMAX - fiksatsiyalangan aloqa;
- Nomadic WiMAX - seansli aloqa;
- Portable WiMAX - siljish rejimidagi aloqa;
- Mobile WiMAX - mobil aloqa.
Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa 10-66
GHz chastota
diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapazon kuchli so‘nish
tufayli uzatuvchi hamda qabul qiluvchilaming to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bir-birini ko‘rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa
tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy
muammo bo‘lmish signalning ko‘pnurli tarqalishini oldini oladi va
signal uzatish tezligini 120 Mb/s gacha ko‘tarilishiga olib keladi.
Nomadic WiMAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol
joydan-joyga ko‘chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan
ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin. Ushbu rejim asosan
portativ qurilmalar uchun keng qo‘llaniladi.
Portable WiMAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza
stansiyalararo aloqani uzmagan holda
avtomatik ravishda ulanish
imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining joydan-
joyga ko‘chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. To‘g‘ri,
ushbu rejimdan shaharda foydalanish mumkin, lekin avtomo-
billarda foydalanish biroz muammo tug‘ diradi.
Mobile WiMAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan
bo‘lib, foydalanuvchining joydan-joyga ko‘chib
yurish tezligini
iriaksimal 120 km/soatgacha bo‘lganda sifatli aloqani ta’minlay
oladi. Mobil rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali
sanab o‘tishimiz mumkin:
1.
Ko‘pnurli signal tarqalishi hamda shaxsiy xalaqitlarga
bardoshliligi.
173
2. Kanalning yuqori o‘tkazuvchanligi.
3. Time Division Duplex (TDD) texnologiyasi yordamida
assimetrik traffikni qayta ishlab, kanallaming
estafeta shaklidagi
sessiyasi orqali antennalaming boshqaruvini osonlashtiradi.
4. Hybrid-Automatic Repeat Reqest (H-ARQ) texnologiyasi
esa foydalanuvchining tezkor joydan-joyga ko‘chishidagi aloqani
stabilligini ta’minlab beradi.
5. Yuklanmaning kattaligida ham foydalanuvchi qurilmasidan
kanalning yuqori tezlikdan eng maksimal darajada foydalana olishi.
6. Kutish rejimida energiyaning minimal darajadagi sarf-
xarajati.
7. Network-Optimized Hard Handoff (HHO) texnologiyasi
kanaldan-kanalga ulanishdagi vaqtni 50
millisekund va undan kam
vaqtni tashkil etishida.
8. Multicast and Broadcast Service (MBS) texnologiyasi DVB-
H, MediaFLO hamda 3GPP E-UTRA funksiyalarini o‘zida jamla-
gan.
9. Smart Antenna texnologiyasi kanallararo sessiyalaming ula-
nishida subkanallar hamda estafeta shaklidagi yuborishni ta’min-
laydi.
10. Fractional Frequency Reuse texnologiyasi kanallaming
qayta ishlashidagi minimal yo‘qotishlami boshqara olishni ta’min-
laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: