TURIZM XIZMATLARINI SERTIFIKATLASHTIRISH VA STANDARTLASHTIRISH
Reja:
1 Turizmda sertifikatlashtirishning turlari.
2 Turizm va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlash boyicha ishlarning kalkulyatsiyasi
3 Sertifikatlashtirishda Davlat standartlaridan foydalanish
4 Turizmda standartlashtirish jarayonining mazmuni va mohiyati
5 Turizmni standartlashtirish jarayonidagi rasmiyatchiliklar
1 Turizmda sertifikatlashtirishning turlari.
Sertifikatlash bu aholi salomatligini va xavfsizligini taminlash maqsadida tayyorlangan korxona mahsulotlari yoki xizmatlari sifatini tartibga solish jarayonidir. Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlash nafaqatgina chetdan kelayotgan import tovar va xizmatlarga, balki mahalliy ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarga ham tegishlidir. Ekspert malumotlari boyicha Ozbekistonda 2.5 mingdan ortiq tovar va xizmatlar sertifikatlanadi.
Turizm va mehmonxona xizmatlari sertifikatlashda majburiy hisoblanadi. Turizm sohasida tovar va xizmatlarni sertifikatlash quyidagi maqsadlar uchun amalga oshiriladi:
inson hayoti, atrof-muhit uchun havfli bolgan mahsulotlarni, huquqiy va jismoniy shaxslar mulkini sotishni nazorat qilish;
jahon bozorini raqobatbardosh mahsulotlar bilan taminlash;
istemolchini insofsiz ishlab chiqaruvchidan himoya qilish;
mahsulotni yaratilgan (kelib chiqqan, ishlab chiqarilgan) manzilini tasdiqlash;
ishlab chiqaruvchi taqdim etadigan mahsulotlarning/xizmatlarning sifat korsatkichlarini tasdiqlash.
Turizmda sertifikatlash «mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash togrisida»gi qonuni hamda boshqa meyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Uning obektlari bolib, mahsulotlar, xizmatlar hamda sifat tizimlari kiradi. Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlashni ikki turi qollaniladi majburiy va ixtiyoriy sertifikatlash.
Ixtiyoriy sertifikatlash qoyidagi holatlarda qollaniladi, uchinchi shaxslar yoki qoshma korxonadagi chet el sheriklari ishlab chiqariladigan tovarlar va taqdim etiladigan xizmatlar uchun qoshimcha sertifikatni talab etgan vaziyatlarda foydalaniladi.
Sertifikatlash jarayoni davlat organi bolib, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi standartlash, sertifikatlashtirish va metrologiya agentligi (Ozdavstandart) hisoblanadi. Bundan tashqari, holi bolgan sertifikatlashtirish markazlari, tadqiqot labarotoriyalari, sertifikatni nazorat qilish organlari hamda Ozdavstandart tomonidan tan olingan yoki akkreditlashga mos ravishdagi turli sertifikatlashtirish funksiyalarini bajaruvchi sifat ekspert-auditorlari ham faoliyat korsatadi.
Sertifikatlash davomiyligi sertifikatsiyalanadigan mahsulotlar xizmatning kategoriyasiga bogliq ravishda 1 kundan to 1 oygacha bolishi mumkin. Mana shu omil sertifikatlashtirish organiga beriladigan hujjatlar soniga ham tasir korsatadi. Turizm korxonalarida bu oltita hujjatdan iboratdir. Turmahsulot marshrut (yonalish) ni sertifikatlashtirish uchun tolov miqdori «Ozbekturizm» Milliy kompaniyasi tomonidan belgilanadi hamda mutahassisni bir kun davomida sarflangan vaqtiga nisbatan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |