5. Turizmni standartlashtirish jarayonidagi rasmiyatchiliklar
Turist va ekskursantlar hayoti va sogligi havfsizligi.
Barcha turistlik xizmat turlari istemolchilar sogligi, hayoti va mulki uchun havfsiz bolishi kerak. Turistlik xizmatlar havfsizligi normal sharoitda bolganidek, favqulodda holatlar (tabiiy ofat va boshqalar) da ham taminlanishi kerak. Turistlik trassalar ekologik qulay va sanitar- epidemiologik sharoitlari yaxshi bolgan hududlarda joylashtirilishi kerak.
Turistlik xizmatlarga va xizmat korsatish sharoitlarga talablar.
Korsatilayotgan turistlik xizmatlar istemolchilar uchun qoshimcha qulayliklarni oz ichiga oluvchi talablarga mos kelishi kerak. Turistlik xizmatlar va xizmat korsatish sohasiga tavsiya qilinuvchi talablar qoyidagilar:
turistlik xizmatlar xizmat korsatiladigan istemolchilar xohishi va jismoniy imkoniyatlariga javob berish kerak;
ijroning aniq va oz vaqtida bolishi istemolchilarga korsatilayotgan turistlik xizmatlar hajmi, muddati va xizmat korsatish shartlariga kora, yollanma, chipta, kvitansiyada kosatilgan talablarga mos kelishi kerak;
majmuiylik (koplekslilik) korsatiladigan turistlik xizmatlar nafaqat asosiy xizmatlarda balki, qoshimcha xizmatlardan (maishiy, aloqa, savdo) foydalanish imkonini yaratish kerak;
xizmat korsatuvchi xodimlarning odob-axloqiligi, xizmat korsatuvchi xodimlar axloq normalariga rioya etishi kerak, xodimlar istemolchilarga nisbatan muloyim xushmuomila bolishlari kerak;
qulaylik - turistlik xizmatlar istemolchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlarda korsatilishi kerak, bino loyihalari qulay, ratsional jihozlangan bolishi kerak;
estetiklik - binolarning badiiy masalalari, turistlik korxonaning hududi, tashkilot marshruti, bino intererlari jihozlanishi mos kelishi kerak, xodimlar tashqi korinishi va nutq madaniyati estetik talablariga tola mos kelishi kerak;
davomiylilik yani xizmat korsatish davomiyligi, turistlik va ekskursion marshrutlar davomiyligi va murakkabligi, ishlatilayotgan transport vositalari va boshqa xizmat korsatish vositalari turistlar jismoniy va ruhiy imkoniyatlariga mos kelishi kerak.
Ozbekistonda turistlik xizmatlarni loyihalashtirishda hujjatlarni korib chiqish tartibi mavjud. Shuningdek, turistlik-ekskursion xizmat korsatish sohasida standartlashtirish obektlari, standartlar kompleksining strukturasi va boshqa standartlarshtirish boyicha hujjatlarning maqsadi va vazifasini belgilovchi standart bor.Menejerlar turistlik xizmatlar uchun ishlab chiqiluvchi loyiha materiallari, korxona va turistlik xizmat korsatish obektlari (mehmonxonalar, turbaza, marshrutlar va boshqalar) davlat ekologik ekspertizasidan otishi shart. Xizmatlar esa amaldagi qonunlar va normativ hujjatlardagi talablarga mos kelishi kerak. Turistlik xizmatlarni loyihalashtirish turistlik korxonalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin yoki boshqa tashkilot tomonidan ham bajarilishi mumkin. Bu holda manfaati bolgan korxona yoki tashkilot tashabbusi bilan shartnoma tuziladi.
Xizmat korsatishni loyihalashtirishni asosi bu turistlik xizmatlarninig qisqa bayonidir, yani bozorni tadqiq etish natijasida aniqlangan, buyurtmachi bilan kelishilgan va ijro etuvchi imkoniyatlarini etiborga olgan talablar majmuasidir. Shu asosda, u quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
xizmatlar tavsifi normalarini belgilanishi;
turistlarga xizmat korsatish jarayoni texnologiyasini belgilash;
texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish;
sifat nazorati usullarini aniqlash;
loyiha tahlili;
loyihani tasdiqqa taqdim etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |