Turistlarga xizmat korsatish jarayonidagi talablarni loyihalashtirish.
Turistlarga xizmat korsatish jarayonidagi talablarni batafsil korsatuvchi hujjatlarga quyidagi elementlar kiritilishi lozim:
turistlarga xizmat korsatish jarayoni, shakli va usullarini bayon etish;
turistlarga xizmat korsatish jarayoni tavsifining ahamiyati;
foydalaniladigan vositalar turi, miqdori va xizmat qilish imkoniyatlariga ega bolgan talablar;
zarur xodimlar miqdori va ularning professional tayyorgarlik darajasi;
xizmat va mahsulotlar yetkazishning kelishilgan taminoti;
kafolatlar;
zarur kelushuvlar (rekreatsion resurs egalari, sanitar epimidemiologik organlar va yongin nazorati, davlat avtoinspeksiyasi va h.k.).
Alohida turdagi turistlik xizmatlar loyihalashtirilishi qanday kechishini misol orqali korib chiqamiz. Masalan: «Chimyon toglari» turistlik firmasiga Chimyon Bildirsoy rekreatsion hududi boylab turistlik sayohat xizmatini loyihalashtirishga kirishildi. Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Turistlarga xizmat korsatish dasturiga muvofiq har bitta turdagi xizmatlarni loyihalashtirish;
Xizmatlarni tolaligicha loyihalashtirish.
Firma tomonidan amalga oshiriladigan turni loyihalashtirish korxona imkoniyatlarining turistlar talabiga mos kelishini kozda tutadi.
Bu yerda aholining ehtiyojlari va tolovga qodir talablarini organish asosida tuzilgan xizmatlarning qisqa bayonini kiritish qabul qilingan. Masalan, Toshkent aholisining Toshkent viloyati Chimyon - Bildirsoy rekreatsion hududidagi turistlik sayohatlar turi, shakllari va imkoniyatlari.
Xizmat korsatish dasturini ishlab chiqish quyidagilarni aniqlashni oz ichiga oladi:
marshrutni aniqlash, yani kilometrdagi masofa (5, 10, 20 km va hakozo) va qanday joydaligini (past baland, togli, suvli, ormonli va x.k.);
turistlik korxonalar royxatini - xizmatlar ijro etuvchi (mehmonxonalar, transport tashkiloti, restoran, ekskursiya byurosi, ijara punkti);
har bir xizmat korsatuvchi tomonidan turni taqdim etish vaqti (ish vaqti, mavsum);
ekskusiya tarkibi va diqqatga sazovor obektlar (yani guruhning ixtisoslashuvi va ornitologik, tarixiy, ekologik, yolda uchraydigan tabiiy va tarixiy joylar);
turistlik safar va sayohatlar royhati (muhitga togri keladigan yuklamani hisobga olgan holda mavsumda qancha sayohat uyushtirish mumkinligi);
bosh vaqtda otkaziladigan tadbirlar majmuasi(diskoteka, oyin zallari va boshqalar);
har bir marshrut punktida turish davomiyligi (yani, turistlar necha soat/ kun dam olish joylarida toxtaydilar);
sayohatda qatnashayotgan turistlar soni (aniqlangan guruhlar hajmi);
marshrut ichidagi tashishlar uchun transport turlari (mashina, vertalyot, otlar, velosiped);
turizm boyicha instruktor-metodist ekskursavotlar, gid- tarjimonlar, boshqa xizmat korsatuvchi xodimlarga va ularni qoshimcha tayyorlashga bolgan talab;
zarur miqdordagi tranport vositalari miqdori;
reklama, informatsion va kardografik materiallar shakllari va tayyorlanishi, turistlik putyovkadagi informatsion varaqalar uchun sayohat bayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |