Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


-Mavzu. MINERAL XOMAShYo RESURSLARI



Download 1,39 Mb.
bet33/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

5-Mavzu. MINERAL XOMAShYo RESURSLARI

Reja:

5.1. Mineral xomashyo resurslarining tavsifi

5.2. Mineral xomashyo resurslari

5.3. Mineral xomashyo resurslaridan foydalanish
Tabiat resurslari rang-barang bo‘lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga ishlab chiqarilmaydigan, ya’ni tiklanmaydigan resurslar – yer, neft, gaz, ko‘mir va boshqa yerosti qazilma boyliklari kiradi. Ikkinchi guruhga tiklanadigan resurslar, yerusti boyliklari – qishloq xo‘jaligi xomashyolari kiradi. Birinchi guruhni, odatda, mineral xomashyo resurslari deb atash qabul qilingan. Mineral xomashyo resurslari yoki yerosti qazilma boyliklari zamonaviy industriya va fan-texnika taraqqiyotining qator yo‘nalishlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Mineral xomashyo resurslari deganda kelib chiqishi minerallardan iborat energiya, xomashyo va materiallar ajratib olishda foydalaniladigan tabiiy moddalar tushuniladi.

Mineral resurslardan tovarlar ishlab chiqarishda mehnat predmeti sifatida foydalaniladi. Ular ishlab chiqarishni rivojlantirishning moddiy asosi va faol unsuri bo‘lib xizmat qiladi. Fanning rivojlanishi, mehnat resurslarini takomillashtirish bilan mineral resurslarning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va mujassamlashtirishning muhim omili sifatida ahamiyati oshib boradi.

Mineral xomashyo resurslari iqtisodiy taraqqiyotda muhim o‘rin tutadi, u mamlakat iqtisodiy qudratining asosiy o‘lchovlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Dunyoda hammasi bo‘lib mineral xomashyoning 250 dan ortiq turidan foydalaniladi. Mineral xomashyo resurslarining yana bir xarakterli tomoni uning notekis joylashganligidadir. XX asrdan boshlab uni qazib olish juda tez sur’atlarda o‘smoqda. Hozirgi sharoitda yoqilg‘i-energetika va rangli metallar rudasini qazib olish birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan foydali elementi kam bo‘lgan minerallarning yangi konlari foydalanishga tortilmoqda. Ko‘pchilik foydali qazilma boyliklar qazib olishga ekstremal tabiat sharoitiga ega hududlarga ko‘chmoqda (Shimol, Sahroi Kabir, Ustyurt, shelflar). Qazilma boyliklarni qazib olish va ulardan foydalanishda atrof-muhitni himoya qilish xarajatlari oshib bormoqda.

Ko‘pchilik minerallar alohida uchramaydi. Masalan, aluminiy ko‘plab minerallar tarkibida bor. Ular, ayniqsa, silikat birikmalarida (40 foizgacha) mavjud. Boksitlar ham aluminiyga boy. Neft va gaz nafaqat yoqilg‘i (benzin, kerosin, mazut) va elektr energiyasi hosil qilish uchun zarur, balki kimyo sanoati uchun ham xomashyo hisoblanadi. Neft kimyosi sanoati o‘g‘it, kauchuk, plastmassa, sintetik tolalar ajratib oladi.

Yoqilg‘ining muhim turlaridan biri ko‘mir. Uning 70 foizi toshko‘mir. 30 foizi qo‘ng‘ir ko‘mir hisoblanadi. Yoqilg‘ilar orasida tiklanadigan yagona tur torf (O‘zbekistonda torf yo‘q. Rossiyada jahon torfining 50 foiz zaxirasi joylashgan). Undan energetikada foydalaniladi. Keyingi yillarda slaneslarga katta ahamiyat berilmoqda. Undan nafaqat yoqilg‘i, balki kimyo sanoatida ham foydalanilmoqda.

Mineral xomashyo resurslari iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi, u mamlakat iqtisodiy qudratining asosiy o‘lchovlaridan biri. Keyingi yillarda butun dunyoda uglevodorod va aluminiy xomashyosi, oltin va nodir metallar, marganesli va xromli rudalar, platina guruhiga kiruvchi metallar qazib olish va ulardan foydalanish yuqori sur’atlarda rivojlandi. BMT ekspertlari hisob-kitoblariga qaraganda yaqin yillarda bu tendensiya saqlanib qoladi.

O‘zbekistonda 2700 dan ortiq konlar, 100 ga yaqin mineral xomashyo turlari ochilgan. O‘zbekiston oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi, qazib olish bo‘yicha to‘qqizinchi, mis bo‘yicha o‘ninchi o‘rinda, uran bo‘yicha 7 –  8-o‘rinda, MDH mamlakatlari orasida esa oltin zaxiralar bo‘yicha ikkinchi, mis, qalay, qo‘rg‘oshin, volfram bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi.

Mamlakat hududining qazilma boyliklarga serobligi mustaqillikning iqtisodiy asoslarini mustahkamlashda, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda, oltin-valuta zaxiralarini to‘ldirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Yer qa’ridan qazib olingan mineral xomashyo va uni qayta ishlash Rossiyadek mamlakat valuta tushumining 65 –  70 foizini, yalpi ichki mahsulotning 30 –  35 foizini bermoqda.

Ammo yer va tabiat resurslari tabiat obyekti sifatida cheklangan miqdorda mavjud. Shuning uchun ham ular u yoki bu mamlakat milliy boyligining jiddiy unsuri hisoblanadi. Ishlab chiqarilmaydigan (tiklanmaydigan) resurslarning neft, gaz, ko‘mir va boshqa qazilma boylik turlaridan muntazam foydalanish ularning miqdorini kamaytirib yuboradi. To‘g‘ri, yangi konlar qidirib topiladi, minerallarning o‘rnini bosadigan materiallar paydo bo‘ladi, bu resurslardan foydalanish samaradorligi oshadi. Lekin mamlakat o‘zining qazilma boyliklaridan uzluksiz foydalana borib, energiya resurslari, xomashyo va materiallarning yangi noan’anaviy turlarini ishlab chiqarmas ekan, uning tabiat resurslari qashshoqlashib boradi. Oxir-oqibatda esa bu holat uning milliy iqtisodiy salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tabiat resurslarini to‘xtovsiz qazib olish, ulardan pala-partish foydalanish atrof-muhitning ifloslanishini, toza suv muammosini, ekologik tanglikni keltirib chiqaradi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish