O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi
(mln. dollar)
|
2000
|
2010
|
2015
|
2016
|
O‘sish, marta
|
Tashqi savdo
aylanmasi
|
6212,1
|
21 842,2
|
25286,1
|
24309,4
|
3,9
|
shundan:
|
|
|
|
|
|
Eksport
|
3264,7
|
13 044,5
|
12870,6
|
12178,7
|
3,7
|
Import
|
2947,4
|
8799,7
|
12415,5
|
12130,7
|
4,71
|
Saldo
|
317,3
|
4244,8
|
455,1
|
48
|
-
|
Jadval malumotlaridan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi 3,9 barobar o‘sdi. Eksport va importning o‘sish sur’atlari ham shunga yaqin keladi. Qator yillardan buyon O‘zbekistonda faol tashqi savdo balansi shakllanib keladi: eksport hajmi import hajmidan ko‘proqni tashkil etadi.
Keyingi yillardan eksport va import operatsiyalari tarkibi ham takomillashib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi eksporti tarkibi (foizda)
|
2000
|
2010
|
2015
|
2016
|
Paxta tolasi
|
27,5
|
11,3
|
5,7
|
5,2
|
Oziq-ovqat mahsulotlari
|
5,4
|
9,7
|
10,2
|
5,7
|
Kimyo mahsulotlari va
ulardan buyumlar
|
2,9
|
5,1
|
4,8
|
6,9
|
Energiya tashuvchilar
va neft mahsulotlari
|
10,3
|
22,8
|
25,9
|
14,1
|
Qora va rangli metallar
|
6,6
|
6,9
|
6.4
|
5,8
|
Mashina va asbob-uskunalar
|
3,4
|
5,5
|
1,2
|
1,8
|
Xizmatlar
|
13,7
|
10,2
|
24,5
|
26,3
|
Boshqalar
|
30,2
|
27,7
|
21,3
|
34,2
|
Mustaqillikkacha mamlakatdan xomashyo chiqarilib, tayyor mahsulot, asosan, iste’mol tovarlari olib kelinar edi. O‘zbekiston bugun yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulot eksport qilish yo‘lidan borib, ustun darajada yuqori texnologiyali milliy ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiyalashga mo‘ljallangan asbob-uskunalar import qiladigan mamlakatga aylanmoqda. Ammo eksportda energiya tashuvchilar va neft mahsulotlarining ulushi 2000-2016 eillarda 1,4 martaga o‘sib, hozir uning 14 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etmoqdaki, bu holat hali butunlay xomashyoga asoslangan eksportdan qutula olmaganimizni bildiradi. Paxta tolasining eksportdagi ulushi muttasil kamayib bormoqdaki, bu yaxshi tendensiya hisoblanadi.
Yengil avtomobillar, mineral o‘g‘itlar, paxta ip kalavasi, trikotaj, sabzavot va poliz mahsulotlari eksporti o‘smoqda. Kichik biznesning eksportdagi o‘rni sezilarli o‘zgarmoqda.
Import tarkibida oziq-ovqat tovarlari ulushi borgan sari kamayib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi importi tarkibi (foizda)
|
2000
|
2010
|
2015
|
2016
|
Mashina va asbob-uskunalar
|
35,4
|
44,1
|
40,5
|
41,4
|
Kimyo mahsulotlari va ulardan buyumlar
|
13,6
|
14,3
|
17,0
|
17,5
|
Energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari
|
3,8
|
6,0
|
5,8
|
4,8
|
Qora va rangli metallar
|
8,6
|
8,4
|
7,4
|
7,6
|
Oziq-ovqat mahsulotlari
|
12,3
|
10,9
|
12,8
|
11,9
|
Xizmatlar
|
8,5
|
4,7
|
7,7
|
6,6
|
Boshqalar
|
17,8
|
11,6
|
8,8
|
10,2
|
Mamlakat importida mashina va asbob-uskunalarning ulushi 41 foizdan oshib ketdi. Bu holat ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va yuqori texnologiyali innovatsion iqtisodiyotga o‘tishda zarurat bo‘lib hisoblanadi. Don, go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini, qayta ishlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, alkogolli va alkogolsiz ichimliklarni, gilam va poyandozlar, trikotaj, tayyor kiyim va poyabzal import qilish sezilarli darajada pasayib bormoqda.
Eksport tarkibini diversifikatsiyalash, eksport tarkibida qo‘shilgan qiymat darajasi yuqori bo‘lgan tovarlar ulushini oshirish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Gap shundaki, eksport qilinadigan xomashyoning ko‘pchilik turlari, masalan, oltin, mis, neft, ko‘mir va gaz tiklanmaydigan va cheklangan resurslar guruhiga kiradi. Qishloq xo‘jaligi xom- ashyosi, jumladan, paxta tolasi eksportiga keladigan bo‘lsak, uning ob-havo sharoitiga bog‘liqligi va tashqi bozorda narxlar tebranish darajasining yuqoriligi natijasida undan keladigan daromadlarning beqarorligini ham aytib o‘tish joiz. Buning ustiga O‘zbekistonda dehqonchilik yer va suv resurslariga bog‘liq. Ularning zaxiralari esa cheklangan.
Tashqi savdo geografiyasi ham diversifikatsiyalashib bormoqda. 2016-yilda mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasida boshqa xorij mamlakatlarining ulushi 65,2 foizni, MDH mamlakatlarining ulushi esa 34,8 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2000-yilda mos ravishda 63 foiz va 37 foizni tashkil etgan edi. 2016-yilda O‘zbekiston eksportining 36,7 foizi MDH mamlakatlariga to‘g‘ri keldi. MDH doirasida asosiy savdo hamkorlarimiz Rossiya va Qozog‘iston hisoblanadi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar, MDH mamlakatlaridan tashqari, ko‘proq Xitoy, Turkiya, Eron, Janubiy Koreya kabi davlatlarga eksport qilinadi. Boshqa xorij davlatlaridan import qilinayotgan tovar va xizmatlar asosan Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, AQSH va Italiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
2017-yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning soni 5008 taga yetdi. Ularda 200 mingga yaqin kishi band. Bu turdagi korxonalarning 50 foizga yaqini sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |