Aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining
iste’mol qilinishi, aholi jon boshiga, kg. hisobida
|
2000
|
2005
|
2010
|
2016
|
Non va non mahsulotlari
|
167
|
166
|
160
|
152
|
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari
|
34
|
35,2
|
38
|
44,4
|
Sut mahsulotlari
|
162
|
187,6
|
239
|
279,6
|
Tuxum (dona)
|
47
|
84
|
138
|
213,6
|
Sabzavot va poliz
|
128
|
179,2
|
238
|
277,2
|
Kartoshka
|
36
|
38,2
|
45
|
56,4
|
O‘simlik yog‘i va boshqa moylar
|
12
|
12,5
|
13
|
24
|
Shakar
|
16
|
16
|
17
|
32,4
|
Meva, jumladan, uzum
|
42
|
66,1
|
83
|
148,8
|
O‘zbekiston sanoati aholining sifatli mebel, gilam mahsulotlari, yengil avtomobillarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlayapti. Mamlakatimizda televizorlar, konditsionerlar va ekologik xavfsiz muzlatgichlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada o‘sib, trikotaj mahsulotlari, oyoq kiyimlar tayyorlash va yengil sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlab chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Uy xo‘jaliklari sifat jihatdan eski buyumlardan keskin farq qiladigan yangi, zamonaviy mahsulotlarni tez sotib olmoqda. Raqamli televizor va fotoapparatlar, sun’iy yo‘ldosh antennalari va mobil telefonlar, DVD pleyerlar, kompyuter va unga qo‘shimcha qurilmalar, noutbuklar va boshqa elektron texnikalar, qurilish materiallarining yangi turlari va boshqa ro‘zg‘or ashyolari shular jumlasidandir.
Aholining uzoq muddatli foydalaniladigan mahsulotlar bilan ta’minlanishi
(har 100 xonadonga to‘g‘ri keladigan tovarlar soni)
|
2000
|
2005
|
2010
|
2016
|
Televizorlar
|
88
|
109
|
132
|
153
|
Sovutgich va muzlatgichlar
|
86
|
91
|
99
|
102
|
Konditsionerlar
|
11
|
14
|
19
|
34
|
Elektr changyutgichlar
|
30
|
33
|
37
|
54
|
Personal kompyuterlar
|
0,2
|
5
|
12
|
49
|
Fotoapparat va videokameralar
|
21
|
22
|
24
|
|
Kir yuvish mashinalari
|
69
|
71
|
75
|
80
|
Mobil aloqa vositalari
|
18
|
79
|
145
|
246
|
Avtomobillar soni o‘rtacha har
1000 nafar aholiga, birlikda
|
38,9
|
42
|
51,5
|
80
|
Avtomobillar soni o‘rtacha har
100 xonadonga, birlikda
|
20
|
22
|
27
|
43
|
Uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan buyumlar ta’minoti bo‘yicha 2016 yilda har 100 xonadonga 153 ta televizor, 102 ta sovutkich, 246 ta mobil telefon to‘g‘ri keldi. Shuningdek, har 100 xonadonga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni ortib, 2010-2016 yillarda 20 tadan 43 tagacha ko‘paydi.
Aholining xarid qobiliyati, ya’ni o‘rtacha oylik maosh xarid qobiliyatining o‘sish dinamikasi, minimal iste’mol savati bilan qiyoslanganda, 2000 – 2016-yillarda 4,2 barobar oshdi.
Aholining jamg‘arma mablag‘lari iste’mol budjetining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Aholi omonatlari hajmi barqaror oshib bordi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanib borishi aholining yalpi xarajatlari tarkibida yangi yo‘nalish – tadbirkorlik faoliyati uchun xarajatlar yo‘nalishi paydo bo‘lishiga olib keldi. Ularning ulushi hozirgi paytda 8,5 foizni tashkil etmoqda. Bu usul oila xo‘jaligining asosiy kapital uchun mablag‘ jamg‘arishning samarali shakli bo‘lib, xususiy mulk asosida o‘z daromadlarini shakllantirish va ko‘paytirishni bildiradi.
Aholi turmush darajasi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining ishga tushirilishi, mavjudlarining kapital ta’mirlanishi hisobiga o‘zgarmoqda. Mustaqillik yillarida ijtimoiy soha obyektlarining qurib foydalanishga topshirilishi respublikaning har bir fuqarosini qariyb 15 kv.m uy-joy bilan ta’minlashga, markazlashgan suv ta’minotining 84 foizdan oshishiga, tabiiy gaz ta’minotining 82 foiz bo‘lishiga imkoniyat berdi.
Aholi turmush sifati ta’limning barcha bosqichlarida kishilarga bir xil imkoniyatlar yaratish va zamonaviy talablardan kelib chiqib ta’lim sifatini oshirishga bog‘liq. Ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy soha tarmoqlari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, sohaning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanmoqda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati oshirilayapti, mazkur sohalarda yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan talablardan kelib chiqib kadrlar malakasini oshirishga erishilmoqda.
Aholi farovonligi o‘sishining muhim tarkibiy qismi xizmat ko‘rsatish va xizmat turlariga nisbatan oshib borayotgan talabning ta’minlanishidir. Xizmatlar sohasini rivojlantirish natijasida 2000 – 2016-yillarda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2,3 martaga o‘sdi va 2,9 mln. so‘mni tashkil etdi. Shu davrda aholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan bank, moliya va sug‘urta xizmatining hajmi 4 barobar o‘sdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |