Kommunal sohaning rivojlanishi. Mustaqillikning dastlabki yillarida amalga oshirilgan «kichik» xususiylashtirish natijasida 96 foizdan ziyod oila ilgari davlat tasarrufida bo‘lgan uy-joylarni shaxsiy mulk qilib olishdi.
Aholining uy-joy bilan ta’minlanish darajasi 1990-yilda har bir kishiga 12,1 kvadrat metrni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda bu raqam 16 kvadrat metrga yetdi yoki 1,3 barobar ortdi. Bugungi kunda qariyb 77,4 foiz oila alohida uy va kottejlarda istiqomat qilmoqda. Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash davlat dasturining amalga oshirilishi natijasida bu sohadagi vaziyat tubdan yaxshilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |