Majburiy zaxira jamg‘armasiga o‘tkazish me’yorlari,
% hisobida
Amal qilish muddati
|
Talab qilib
olguncha va
1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatli depozitlar
|
Muddati 1 yildan
3 yilgacha bo‘lgan muddatli depozitlar uchun
|
3 yildan
oshiq
muddatli
depozitlar
uchun
|
Chet el
valutasidagi depozitlar uchun
|
1994-yil maydan
|
30
|
30
|
10
|
30
|
1995-yil yanvardan
|
25
|
25
|
10
|
25
|
1996-yil iyuldan
|
25
|
25
|
10
|
|
1997-yil dekabrdan
|
20
|
20
|
10
|
|
2000-yil maydan
|
20
|
20
|
20
|
|
2005-yil 1-fevraldan
|
15
|
15
|
15
|
5
|
2005-yil 1-avgustdan
|
15
|
15
|
15
|
8
|
2007-yil 1-sentabrdan
|
13
|
13
|
13
|
13
|
2008-yil 1-noyabrdan
|
15
|
15
|
15
|
15
|
2009-yil 1-sentabrdan hozirgacha
|
15
|
12
|
10,5
|
10,5 –15
|
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatining uchinchi bosqichi 1997-yildan 2003-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi va samarali pul-kredit siyosatini amalga oshirish uchun real shart-sharoit vujudga keldi.
1997-yilda inflyatsiyaning o‘rtacha yillik darajasi 28 foizgacha pasaydi. Oylik inflyatsiya darajasi o‘rtacha 2,1 foizga teng bo‘ldi. 1998-yilda inflyatsiyaning o‘rtacha yillik darajasi 24 foizni, o‘rtacha oylik darajasi 1,9 foizni tashkil etdi. Inflyatsiyaning mazkur darajasi 1999 va 2000-yillarda ham saqlanib qoldi.
1998-yildan boshlab 2001-yilgacha bo‘lgan davrda qayta moliyalashtirish stavkasi 24 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, keyingi yillarda inflyatsiya darajasining faol pasayishi sababli Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi ham sezilarli pasaytirildi. Jumladan, qayta moliyalashtirish stavkasi 2002-yilda 22 foizni, 2003-yilda 20 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2004-yil davomida uning hajmi ikki marotaba o‘zgartirildi: iyul oyidan boshlab 18 foiz va dekabr oyidan 16 foiz etib belgilandi.
Mazkur yildan boshlab Markaziy bank majburiy zaxira jamg‘armasiga o‘tkazish me’yori ham barqarorlashdi. Xususan, 2004-yilda majburiy zaxiralar me’yori talab qilib olingunga va 3 yilgacha bo‘lgan muddatli depozitlar 20 foiz, 3 yildan oshiq bo‘lgan muddatli depozitlar uchun 20 foiz etib belgilandi.
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatining keyingi bosqichi 2004-yildan, ya’ni iqtisodiyotning asosiy moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlariga erishilgan bosqichdan bugungi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2004-2006-yillarda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi 16 foiz darajasida saqlanib qolgan bo‘lsa, bu davrda majburiy zaxiralar jamg‘armasiga o‘tkazish me‘yorida bitta o‘zgarish yuz berdi, ya‘ni chet el valutasidagi depozitlar uchun bu me‘yor 5 foizdan 8 foizga oshirildi.
2007-yil sentabrdan boshlab Markaziy bankning majburiy zaxiralar me‘yori barcha depozitlar uchun 13 foiz, 2008-yil noyabrdan esa 15 foiz etib belgilangan bo‘lsa, qayta moliyalashtirish stavkasi 2006-yil 15 iyuldan 14 foizni tashkil etdi. Bu davrda inflyatsiya darajasi ham barqarorlashib 6,8-7 foizga teng bo‘ldi.
Pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda hamda tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilinishini yanada rag‘batlantirish maqsadida 2009-yilning 1 sentyabridan majburiy zaxiralar me‘yori tijorat banklari depozitlarining muddatiga qarab tabaqalashtirildi. Jumladan, majburiy zaxiralar me‘yori muddati 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun – 15 foiz, muddati 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun – 12 foiz, muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlar uchun - 10,5 foiz miqdorida o‘rnatildi.
Shu bilan birga, majburiy zaxiralarni hisob-kitob qilish davri bir oydan o‘n to‘rt kunga qisqartirildi va bu tijorat banklariga likvidlikni yanada samarali va tezkor boshqarish imkoniyatini berdi. Shuni ta‘kidlash lozimki, majburiy zaxiralarning ushbu me‘yori bugungi kungacha saqlanib turibdi. 2009-yil sentabrdan boshlab Markaziy bank pul taklifini boshqarishda pul-kredit siyosatining asosiy vositalaridan biri bo‘lgan qayta moliyalash stavkasidan foydalanib kelmoqda. Xususan, 2009-yilda amaldagi va kutilayotgan inflyasiya darajasidan kelib chiqib Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 14 foiz miqdorida ushlab turildi. Bu esa, o‘z navbatida pul bozorida foiz stavkalarining barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2011-yilning 1 yanvaridan yillik hisobda 14 foizdan 12 foizgacha tushirildi va yil davomida o‘zgartirilmasdan saqlab turildi.
Bu esa, o‘z navbatida pul bozorida foiz stavkalarining pasayishiga olib kelib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xarajatlarining kamayishi va buning natijasida ularning investitsion faolligini oshirishga xizmat qildi.
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidagi keyingi o‘zgarish 2014-yilning 1 yanvarida yuz berdi. Shu sanadan u yillik 12 foizdan 10 foizga tushirildi va yil davomida o‘zgartirilmagan holda saqlab turildi.
Qayta moliyalash stavkasining 2 foizga pasaytirilishi pul bozorida foiz stavkalarining pasayishiga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatlarini oshirishga hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirishga xizmat qildi.
Keyinchalik ham Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarish hamda iqtisodiy o‘sish jarayonlarini rag‘batlantirish maqsadlariga yo‘naltirildi. Shu sababli inflyasiya darajasi, pul massasining va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, qayta moliyalash stavkasi 2015-yilning 1 yanvaridan yillik 10 foizdan 9 foizga tushirildi
2017-yilning 28 iyunidan bu ko‘rsatkish 14 foiz etib belgilandi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosati oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Birinchidan, bank faoliyatini yanada erkinlashtirish asosida aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish. Bu aholi qo‘lidagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larni bank bo‘linmalariga jalb etish imkoniyatini beradi. Buning natijasida banklarning real sektorni kreditlash bo‘yicha imkoniyatlari yanada oshadi va banklarning korxonalar bilan hamkorligi kuchayadi.
Ikkinchidan, har qanday rivojlangan iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan kichik biznesning erkin rivojlanishini ta’minlash uchun ularni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash tizimini maksimal darajada soddalashtirish.
Uchinchidan, valuta munosabatlarini yanada erkinlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan ishlarni amalga oshirish va milliy valutaning hech qanday cheklovlarsiz to‘liq konvertatsiyasiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |