Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan



Download 1,39 Mb.
bet142/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

16.3. O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan

investitsiyalar dinamikasi va tarkibi
Faol investitsiya siyosatini yuritish barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni diversifikatsiyalashning muhim omillaridan hisoblanadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyot tarkibida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, mavjud tabiiy-iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 1996-yildan boshlab o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib kelmoqda. Iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalarning yildan yilga o‘sib borishida mavjud investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti alohida ahamiyat kasb etmoqda.

2016-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 49770,6 mlrd. so‘m yoki AQSH dollari hisobida 16 milliard 782 million dollardan ko‘proqni tashkil etdi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 2016-yilda 1991 yilga nisbatan 4,2 marta, 2000 yilga nisbatan 5,4 marta, 2005 yilga nisbatan 4,3 marta va 2010 yilga nisbatan 170,1 foizga ko‘paydi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda investitsiya hajmi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da, uning o‘sish sur’atlari turli yillarda turlicha bo‘lgan.


2000-2016 yillarda O‘zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning qo‘shimcha o‘sish sur’atlari va YIMdagi ulushining o‘zgarishi, foizda
Xususan, 2000  – 2008-yillarda investitsiyalar o‘sish sur’atlarining oshib borishi kuzatiladi: agar 2000-yilda 1999-yilga nisbatan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2008-yilda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. Mazkur yilda investitsiyalarning qo‘shimcha o‘sish sur’ati 34,1 foizga yetgan. Biroq 2007-yilda AQSH ipotekali kreditlash tizimidan boshlangan va keyinchalik global tus olgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri natijasida investitsiyalar o‘sish sur’atlarining pasayishi kuzatiladi. Bu pasayish 2011-yilgacha davom etib, mazkur yilda investitsiyalarning qo‘shimcha o‘sish sur’ati 3,8 foizga teng bo‘ldi.

2012  – 2014 yillarda investitsiya faoliyatining jonlanishi kuzatiladi. Bu yillarda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o‘rtacha qo‘shimcha o‘sish sur’ati 11,9 foizga teng bo‘ldi. Biroq 2015-2016 yillarda o‘rtacha qo‘shimcha o‘sish sur’ati yana 8,6 foizgacha pasaydi.

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich nisbatan barqaror bo‘lib, 2000  – 2016-yillar davomida o‘rtacha  23,9 foizni tashkil etmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, istiqbolda yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlarda o‘sishini saqlab qolish uchun investitsiya normasini 30  – 35 foizga yetkazish talab etiladi.

Respublikamizda investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlari joriy etilishi bilan ularni moliyalashtirish manbalari yildan yilga o‘zgarmoqda. Bu o‘zgarishlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri jami investitsiyalar tarkibida markazlashgan investitsiyalar ulushining pasayayotganligi bilan bog‘liq. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2016-yilda jami investitsiyalarning 21,1 foizi markazlashgan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, markazlashmagan investitsiyalarning ulushi 78,9 foizni tashkil etdi. Vaholanki, 2000-yilda markazlashgan investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi 50,3 foizni tashkil etar edi.



Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy faoliyatga davlat aralashuvini pasaytirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy erkinligini oshirishga yo‘naltirilgan ma’muriy islohotlar natijasida davlat budjeti mablag‘larining investitsiyalardagi ulushi 2000-yilda 29,2 foizdan 2016-yilda 4,5 foizgacha pasaydi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish