Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’zbekiston iqtisodiyoti fani bo’yichA


O‘zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari



Download 1,39 Mb.
bet141/310
Sana19.07.2021
Hajmi1,39 Mb.
#123242
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   310
Bog'liq
Ўзбекистон иқтисодиёти янги 2019

16.2. O‘zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari
Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi natijasida globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan bugungi kunda jahonda investitsiyalar uchun raqobat keskinlashmoqda. Bunday sharoitda har qanday mamlakat investitsiyalarni jalb etish orqali o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishga, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va yangilashga, yangi ishlab chiqarish turlarini yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi. Bu esa investitsiyalar jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar barpo etishni taqozo etib, unga maqsadga muvofiq investitsiya siyosatini amalga oshirish orqali erishiladi.

Shu munosabat bilan mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekiston hukumati investitsiyalar jalb etish uchun qulay muhit barpo etishga, uning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish va takomillashtirib borishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Xususan, islohotlar yillarida investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi 50 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. «Konsessiyalar to‘g‘risida»gi, «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi, «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi, «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi, «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi qonunlar ana shular jumlasidandir.

Qabul qilingan va amalda bo‘lgan qonunlar hamda me’yoriy hujjatlar iqtisodiy faoliyat erkinligini ta’minlash, xususiy mulkni himoya qilish, iqtisodiy faoliyat subyektlariga davlat organlarining aralashuvini cheklashga qaratilgan. Ayniqsa, xorijiy investorlarga qator kafolatlar tizimi taqdim etilgan bo‘lib, ular milliy, diniy va hududiy belgilar bo‘yicha cheklashlarning mavjud emasligida, o‘z mablag‘laridan erkin foydalanishlari uchun shart-sharoitlarning barpo etilganligida, investorlar faoliyatiga tegishli axborotlardan erkin foydalanish imkoniyatlarining mavjudligida va boshqalarda o‘z aksini topmoqda.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyati mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvorlik berilayotganida namoyon bo‘lmoqda. Shu maqsadda respublika investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishda qatnashayotgan korxonalarning yetti yil davomida foydadan olinadigan soliqdan ozod etilishini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining yana bir muhim xususiyati eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni tashkil etishga mo‘ljallangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. O‘zbekiston soliq qonunchiligiga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotning 30 foizidan ko‘prog‘ini mamlakatdan tashqariga sotayotgan korxonalar foydasiga soliq stavkasi ikki barobardan ziyodroqqa kamaytirilgan.

O‘zbekiston investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ilg‘or texnologiya va nou-xaularni jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotganligida o‘z aksini topadi. Negaki, ular jahon bozorida O‘zbekiston mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Ayni vaqtda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda aniq bayon etilgan taraqqiyot ustuvorliklari yetakchi transmilliy kompaniyalar va korporatsiyalarning O‘zbekistonga o‘z investitsiyalarini olib kirishiga yuqori darajada intilishini ta’minlaydi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi «To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra xorijiy investitsiyalar hajmi 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha bo‘lgan holatda 3 yil muddatga, 3 million dollardan 10 million AQSH dollarigacha – 5 yil muddatga, 10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda – 7 yil muddatga to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo‘yicha daromad solig‘i, mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi Farmoniga muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi. Unda xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o‘zgarishlar yuz bergan hollarda, respublikada amal qilayotgan soliqlar va ajratmalardan 7 tasini to‘lash bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tish sanasida amal qilgan me’yorlar va qoidalarni qo‘llashga haqli ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, 2013-yil 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2012-yil 10-apreldagi Farmoniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilinib, unga asosan, 2013-yilning 1-yanvaridan boshlab xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangi tashkil etilayotgan korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlab ikki yil mobaynida shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mol-mulk olib kirishda import bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilinishlari ko‘zda tutilgan.

Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda investorlarga aniq maqsadni ko‘zlab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mantig‘idan kelib chiqqan holda imtiyozlar taqdim etilmoqda. Bu esa amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samarali bo‘lishini ta’minlamoqda.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish